Yomgʻir (qisqa hikoya)
Asl nomi | inglizcha: Rain |
---|---|
Muallif(lar) | William Somerset Maugham |
Mamlakat | Buyuk Britaniya |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | hikoya |
Nashr etilgan sanasi | 1921-yil |
Nashriyot | The Smart Set |
„Yomgʻir“ — ingliz yozuvchisi W. Somerset Maugham tomonidan yozilgan qisqa hikoya. Mazkur hikoya dastlab 1921-yil Amerikadagi adabiy jurnallardan biri — „The Smart Set“da „Miss Thompson“ nomi bilan chop etilgan. „Yomgʻir“ hikoyasi Maughamning shu nomli hikoyalar toʻplami tarkibiga kiritilgan. „Yomgʻir“ nomli hikoyalar toʻplami tarkibidan, shuningdek, „The Trembling of a Leaf“ toʻplamidagi bir nechta hikoyalar ham oʻrin olgan.[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1916-yil dekabr oyida tinch okeani boʼylab sayohat davomida Maugham va uning hamrohi Gerald Haxton „Sonoma“ kemasida Amerika Samoaning poytaxti Pago-pagoga tashrif buyurishadi. Karantin tekrishuvi sababli Maugham va Haxton orolda ushlab qolinadi hamda shu yerdan turar joy topishga majbur boʼlishadi. „Sonoma“ kemasi yoʼlovchilari orasida Thompson xonim, tibbiy missioner va uning rafiqasi, „Yomgʻir“ hikoyasida ishtirok etgan boshqa obrazlar bor edi.
Pago-pago shahri yaqinida Rainmaker togʼi joylashgan boʼlib, u sababli Pago-pago bandargohida juda koʼp yogʼingarchilik sodir boʼladi[3].
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kema Tinch okeanidagi Apia yoʼlida joylashgan Pago-pagoda toʼxtaydi. Yoʼlovchilar orasida shifokor Macphail va uning rafiqasi hamda missioner Davidson bor ( voqealar Macphail tomonidan hikoya qilinadi). Orolda qizamiq epidemiyasi (mahalliy aholi uchun jiddiy kasallik) tarqalgani sabab, kema ekipaj aʼzolaridan hech biri kasallik yuqmaganligiga ishonch hosil qilinmagunicha keta olishmaydi. Macphail, Davidson va savdogar Horn birgalikda turar joy topishadi. Ular qoʼnim topgan hududda kuchli yomgʻir yogʼadi.
Shuningdek, kema aʼzolaridan Thompson xonim ham orolda qolgan edi. Uning xonasidan koʼpincha gramafon va erkaklar ovozi eshitilardi. Oroldagi kema aʼzolarining xotirlashlaricha, u Honolulu bandargohidan ularning saflariga qoʼshilgan.
Davidson orol gubernatori bilan koʼrishadi va undan Thompson xonimni San Franciscoga ketadigan navbatdagi kemaga koʼchirishini talab qiladi. Gubernator qarorini oʼzgartirmaydi. Thompson xonim San Franciscoga qaytsa, jazo oʼtash muassasasiga yuborilishini oʼylab xavotirga tushadi. Davidson Thompson xonim bilan tez-tez vaqt oʼtkazadi va uni Sadie deb atashni boshlaydi. Unga Thompson xonimning shaxsiyati oʼzgarib, xuddi qilmishlariga pushmayon boʼlgandek tuyiladi. Davidson Macphailga u haqida shunday deydi: „Thompson xonim goʼyo qayta dunyoga kelgandek... Uning tundek qora boʼlgan qalbi endi toza va oq“[4].
Bir necha kundan keyin sohilda Davidsonning jasadi topiladi; uning tomogʼi ustara bilan kesib tashlangan edi. Macphail orolga qaytgunga qadar bu qanday sodir boʼlganligini tushunmaydi[4]. U toʼsatdan gʼalati ahvolda gohi baqirib, gohi kulib nafrat bilan gapirayotgan Sadie Thompsonni uchratadi. „Siz erkaklar nomard, iflos, sassiq choʼchqasizlar. Hamma erkaklar bir xil“[4].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Rain“ (PDF) - Lone Star kollejidan. W. Somerset Maughamning qisqa hikoyasi.„Rain“.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Literature for Sadie Thompson at the Internet Movie Database
- ↑ „The Trembling of a Leaf: Little Stories of the South Sea Islands“. Library of Congress Catalogue. Library of Congress. Qaraldi: 2022-yil 3-sentyabr.
- ↑ Rainmaker Mountain Lonely Planet, accessed 27 November 2016.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 "Rain".
Vikiomborda Yomgʻir (qisqa hikoya) haqida turkum mavjud |