Kontent qismiga oʻtish

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati bilan Turkiya uyushmasi toʻgʻrisidagi bitim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yevropa iqtisodiy hamjamiyati bilan Turkiya uyushmasi toʻgʻrisidagi bitim(turkcha: Türkiye Cumhuriyeti ile Avrupa Ekonomik Topluluğu Arasında Bir Ortaklık Oluşturma Anlaşması, inglizcha: Agreement Creating An Association Between The Republic of Turkey and the European Economic Community) Turkiya va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida hamkorlikni amalga oshiradigan xalqaro shartnoma. Shartnomani imzolashdan maqsad Turkiya bilan oʻsha paytda Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YEC) oʻrtasida siyosat, savdo, madaniyat va xavfsizlikni mustahkamlash sohasidagi integratsiyani chuqurlashtirish edi.chuqurlashtirish edi.

Turkiya,  1959-yil iyul oyida YEC tashkil etilgandan soʻng,  1958-yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga aʼzo boʻlish uchun murojaat qildi.

Shartnoma Ankarada[1] 1963-yil 12-sentyabrda imzolandi. Unga koʻra, YEC va Turkiya oʻrtasida bojxona ittifoqini tashkil etishning uch bosqichli jarayoni boshlandi.

1970-yilda, Turkiya va Yevropa Ittifoqi shartnoma uchun qoʻshimcha protokol kelishib oldilar[2].

1995-yil 6-martda , Yevropa Ittifoqi-Turkiya uyushmasi Kengashi, bitimga muvofiq tashkil etilgan, Yevropa Ittifoqi va Turkiya oʻrtasida bojxona ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1995-yil 31-dekabrda bojxona Ittifoqi kuchga kirdi.

  1. Official Journal of the European Communities 1973, C113 p2
  2. Official Journal 1973, C113, p18