Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Zamyatin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevgeniy Zamyatin
Tavalludi 20 yanvar (1-fevral) 1884
Vafoti 10-mart 1937[1][2]
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Yevgeniy Ivanovich Zamyatin [1884.20.1 (1.2), Tambov gubernyasi (hoz. Lipetskiy viloyati) Lebedyani sh. — 1937.10.3, Parij] — rus yozuvchisi. Peterburgdagi Politexnika institutining kemasozlik boʻlimini tamomlagan (1908). 3. adabiy faoliyatini erta boshlagan boʻlsada, "Uyezdnoy" (1913) qissasi chop etilgandan keyin haqiqiy yozuvchi sifatida tanildi. "Ajdar", "Fop", "Iks", "Gunohkorlar hamrohi", "Mamay" va b. asarlarida 1917-yil oktyabr davlat toʻntarishidan keyingi shafqatsiz hayotni ayovsiz fosh etadi. "Biz" fantastik romanida (1924) "inqilob beshigi"da roʻy berayotgan zoʻrovonlik, xoʻrlik, huquqsizlik mahorat bilan koʻrsatib berilgan. Shu bois bu romani chet elda (1931) bosilib chikali. 3. 20y.larning oxirlarida "Attila" nomli tarixiy tragediya yozadi. Unda gunnlarkshnt podshohi Attilaning shoh va inson sifatidagi fojiasi bayon qilingan. Bu asarni yozish jarayonida toʻplagan tarixiy hujjatlar asosida "Tangri qamchisi" romanini yaratadi. Roman oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1998).[3]

  1. // (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil