Yevgeniy Mamut
Yevgeniy Mamut | |
---|---|
Tavalludi |
9-iyul 1942-yil |
Fuqaroligi | SSSR AQSh |
Mukofotlari | Oscar |
Yevgeniy Shamayevich Mamut (1942-yil, Toshkent) ukrainalik va amerikalik kinematografik maxsus effektlar boʻyicha mutaxassis, animator, Oscar kino mukofoti laureati.
Oilasi, bolaligi, taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy Shamayevich 1942-yil 9-iyulda Toshkentda tavallud topgan. Ota-onasi va singlisi bilan 1977-yilda AQShga koʻchib oʻtishgan, bir yildan soʻng u yerdan ham koʻchib ketishgan.
Yevgeniy Mamut 1949–1959-yillarda Xarkov shahridagi 95, 48, 9-maktablarda oʻqigan. 1961–1963-yillar oraligʻida Xarkov qurilish texnikumida texnik-elektrik mutaxassisligi boʻyicha oʻqigan. 1971-yil elektr muhandisligi boʻyicha (XPI) diplom olgan. Yevgeniy 1970–1978-yillarda XPI kinostudiyasida muhandis boʻlib ishlagan. U mikroskop ostida suratga olish texnologiyasini ishlab chiqdi[1].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shamayevich 1996-yilda mashhur grafik va animatsiya ustasi Irina Borisovaga uylangan.
Kinostudiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy oʻz ijodiy faoliyatini dastlab 1957-yilda Vladimir Petrovich Zubara, keyinchalik esa 1965-yildan Arkadiy Mixaylovich Faustov rahbarligida Xarkov politexnika instituti xalq kinostudiyasida boshlagan.
Mamut „Mening hamkasblarim hozir dunyoga mashhur odamlar: vizual effektlar boʻyicha mutaxassislar jol Xaynek va Jeff Kleyzer“, – deb eslaydi.
Yevgeniy Mamut 1996-yilda Massachusets shtatining Lenoks shahriga koʻchib oʻtib, Mass Illusion kompaniyasi bilan ishlashni boshlagan. U yerda „Zvyozniy desant“ (Starship Troopers, 1997) va „Matritsa“ (The Matrix, 1999) filmlari uchun vizual effektlar yaratgan[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy Shamayevich 1962-yil Moskvadagi VDNX kumush medali bilan taqdirlangan.
1982-yil „Timex“ soatlarini reklama qilgani uchun „CLIO AWARD“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Yevgeniy Mamut 1987-yilda uchta hamkasbi bilan birgalikda „Oscar“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yevgeniy Mamut 700 ta reklama va 40 ta film yaratishda ishtirok etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ХАРЬКОВ КИНЕМАТОГРАФИЧЕСКИЙ…“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.
- ↑ „Харьковский «Чужой» с «Матрицей» для «Звездных войн»: история советского эмигранта, совершившего переворот в киноиндустрии США“. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.