Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Lebkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yevgeniy Lebkov
Tavalludi 1928-yil 2-avgust
Vafoti 2005-yil 11-yanvar
Partizansk, Primorsk o'lkasi, Rossiya
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Faoliyat yillari 19502005-yil

Yevgeniy Dmitriyevich Lebkov (1928-yil 2-avgust, Smolensk viloyati, Nechayevo qishlogʻi – 2005-yil 11-yanvar, Primorsk oʻlkasi, Partizansk) – sovet va rus shoiri, yozuvchisi, RSFSR Yozuvchilar uyushmasi Saxalin boʻlimi (keyinchalik Rossiya Yozuvchilar uyushmasining Saxalin viloyati boʻlimiga aylantirildi) asoschilaridan biri[1][2]. RSFSRda xizmat koʻrsatgan oʻrmonchi[3], Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

Yozuvchi Nechayevo qishlogʻida (hozirgi Rognedinskiy tumani, Bryansk viloyati) tugʻilgan. Bryansk oʻrmon xoʻjaligi muhandislik institutini tamomlagan. 1951-yilda Saxalinga koʻchib oʻtgan. U yerda Saxalin viloyatining turli aholi punktlari oʻrmon xoʻjaligida ishlagan[4]. Lebkov 1968-yilda RSFSRda xizmat koʻrsatgan oʻrmonchi unvonini olgan. Xuddi shu yillarda Vladimir Sangi va Ivan Belousov bilan birgalikda RSFSR Yozuvchilar uyushmasining Saxalin boʻlimini tuzgan.

1987-yilda Uglekamensk qishlogʻiga koʻchib oʻtgan. U yerda „Rodnik“ adabiy birlashmasi va „Rossiyane“ adabiy-musiqiy klubiga rahbarlik qilgan. Oʻsha paytlarda „Nejdanno-negadanno“ kitobini nashr etgan. Yevgeniy Lebkov ijod qilishni davom ettirgan, lekin uzoq vaqt nashr etilmagan. 14 yillik tanaffusdan soʻng, 2001-yilda „A chto je mne delat v Rossii?“ toʻplami nashr etilgan.

Yozuvchi 2005-yilda Partizanskda vafot etgan.

Yevgeniy Dmitriyevich maktab yillarida she’r yoza boshlagan. 1949-yilda birinchi marta Bryansk yozuvchilarining „Vatan“ almanaxida uning asarini nashr etilgan. Lebkovning birinchi sheʼriy toʻplami „Solnechniy samosev“ 1962-yilda, Dolinskda yashayotgan paytda, nashr etilgan. Shoirning asarlari „Yosh gvardiya“, „Sovremennik“, „Sovet yozuvchisi“ nashriyotlarida, „Saxalin“, „Uzoq Sharq“ jurnallarida, Primorye, Bryansk, Orel va Saxalin viloyatlari gazetalarida nashr etilgan.

Yozuvchining hammasi boʻlib 17 ta sheʼriy va nasriy kitoblari nashr etilgan. Lebkov she’rlari bolgar, yahudiy, litva va eston tillariga tarjima qilingan.

Shoir nasrda ham, nazmda ham asosan tabiat haqida yozgan. Uning ijodida Janubiy Kuril orollari mavzusi muhim oʻrin tutgan. Yevgeniy Tinch okeanining direktori laqabini olgan[5].

Yozuvchi 2002-yilda (tirikligida) Partizanskning faxriy fuqarosi unvonini olgan. 2013-yilda Dolinsk markaziy shahar kutubxonasiga uning nomi berilgan.

Saxalin viloyatining koʻplab aholi punktlarida shoir xotirasini saqlashadi. Uning she'rlari maktablarda oʻqitilib, bolalar va yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirishda foydalaniladi[6].

Mahalliy aholining soʻzlariga koʻra, birinchi boʻlib Saxalinda qarag'ay oʻstira boshlagan inson Lebkov boʻlgan[7].

  1. „Кто стоял у истоков островного Союза писателей“ (ru). ASTV. 2017-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.
  2. „Почётные жители Партизанска“ (ru). Сайт администрации Партизанского городского округа. 2017-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.
  3. „Б. С. Мисюк, ответственный секретарь Приморской организации Союза российских писателей: Биография Евгения Лебкова“ (ru). Сайт «Литературное Приморье». 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.
  4. „Б.С. Мисюк, ответственный секретарь Приморской организации Союза российских писателей: Биография Евгения Лебкова“ (ru). Сайт «Литературное Приморье». 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.
  5. „Биография Евгения Лебкова“ (ru). Сайт Долинской централизованной библиотечной системы. 2017-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.
  6. „Творчество сахалинских авторов Е. Д. Лебкова и А. М. Орлова: Методико-библиографические материалы“ (ru). Сахалинская областная универсальная научная библиотека. 2017-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.
  7. „В Долинске планируют восстановить старый парк“ (ru). Sakh.com. Qaraldi: 2017-yil 17-iyun.