Yetimtogʻ (togʻ)
Yetimtogʻ — Markaziy Qizilqumdagi qoldiqtogʻ. Ovminzatov bilan Tomditov togʻlari oraligʻida joylashgan. Eng baland joyi 622 m. Uzunligi 18 km. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Shimoli-gʻarbiy yon bagʻri tikroq. Yetimtogʻ gersin orogenezida koʻtarilgan, devon va karbon davrlarining ohaktosh va kremniyli slanetslaridan tarkib topgan. Togʻ etaklari keng prolyuvial shleyfdan iborat. Yon bagʻirlari quruq soy oʻzanlari bilan parchalangan. Tub jinslar nuragan jins parchalari bilan koʻmilib ketgan, faqat soylarning kuchli oʻyilgan joylari va suvayirgʻich qismida usti ochilib qolgan. Iqlimi keskin kontinental, yillik oʻrtacha temperatura 13°, yillik yogʻin miqdori 100–150 mm. Etaklari boʻr va paleogenning choʻkindi jinslari bilan qoplangan. Qoʻngʻir boʻz tuproqlarda boyalich, keyreuk, shuvoq, izen, biyurgʻun oʻsadi. Yaylovlarda qorakoʻl qoʻylari boqiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |