Orogenez
Qiyofa
Orogenez, orogenezis (yun. oros — togʻ va ... genez) — geosinklinalsa siquvchi massalar taʼsirida sodir boʻladigan faol tektonik harakatlar nati-jasida yuqoriga koʻtarilish. Orogenez terminini fanga amerikalik geolog G. Jil-bert (1890) kiritgan. Ilgari Orogenezdan burmalar va togʻliklar paydo boʻladi degan fikr mavjud edi. Olimlar fikricha, Orogenez faqat togʻ paydo boʻlish hodisa-sini bildiradi, burmalar esa togʻ paydo boʻlishiga qadar boshqa harakatlar natijasida yuzaga keladi. Orogenez Oʻrta Osiyoda neogen va antropogen davrlarida keng miqyosda sodir boʻlgan. Himolay, Tyanshan, Pomir va boshqa togʻlar Orogenez natijasida paydo boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |