Kontent qismiga oʻtish

Araymantov (tuman)

Koordinatalari: 51°37′8.4″N 73°5′45.6″E / 51.619000°N 73.096000°E / 51.619000; 73.096000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yereymentau tumanidan yoʻnaltirildi)
Araymantov tumani
Ерейментау ауданы
tuman
Tarkibida Oqmoʻla viloyati
Maʼmuriy markazi Araymantov
Asos solingan sanasi 1932-yil
Akim Duysenov Lashintay Jasqayrattovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 30,206[1]
Zichligi 1,7 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 60,71%
Ruslar - 23,00%
Ukrainlar - 6,96%
Olmonlar - 3,84%
Tatarlar - 1,57%
Beloruslar - 1,35%
boshqalar - 2,55%[2][3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 17,5 ming km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 020800-020810[4]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Araymantov tumani xaritada
51°37′8.4″N 73°5′45.6″E / 51.619000°N 73.096000°E / 51.619000; 73.096000

Araymantov tumani (qoz. Ерейментау ауданы, ەرەيمەنتاۋ اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining sharqiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 17,5 ming km². Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Araymantov shahri. Tuman hududi orqali Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Aysari temir yoʻli, Ostona — Araymantov — Pavlodar, Araymantov — Bestoʻbe avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi 30,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −16 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm[5].

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Verenka, Novodolinka, Yerkenshilik, Oʻljabay Batir (sobiq Blagodatnoe), Taybay, Oʻlenti, Qoʻytas, Boʻztal, Toʻrgʻay, (Novomarkovka).