Arshali (tuman)
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Akmola viloyati |
Maʼmuriy markazi | Arshali |
Asos solingan sanasi | 1930-yil |
Akim | Marjikpayev Yermek Boʻranbayevich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2013) | 27,103[1] |
Zichligi | 4,6 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Ruslar - 46,95% Qozoqlar - 28,87% Ukrainlar - 7,56% Olmonlar - 6,76% Beloruslar - 2,81% Tatarlar - 1,60% boshqalar - 5,45%[2][3] |
Dinlar tarkibi | xristianlar, musulmonlar |
Maydoni | 5 800 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Pochta indeksi | 020200-020214[4] |
Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
Xaritada | |
50°49′53″N 72°10′53″E / 50.83139°N 72.18139°E |
Arshali tumani — Akmola viloyatining janubiy-sharqida joylashgan. Maydoni 5,8 ming km². Aholisi 27,1 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 4,6 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Arshali qishlogʻi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman 1930-yili tashkil topdi. 1939-yilning oktyabr oyigachaa Qaragʻandi viloyatining tarkibida boʻldi. 1930-yil Kommunist, 1935-yil Vishnevka tumani deb nomlandi. 1997-yildan buyon Arshali tumani deb nomlanmoqda.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):[2][3]
- ruslar — 11 426 kishi (46,95 %)
- qozoqlar — 7 025 kishi (28,87 %)
- ukrainlar — 1 839 kishi (7,56 %)
- olmonlar — 1 645 kishi (6,76 %)
- beloruslar — 684 kishi (2,81 %)
- tatarlar — 389 kishi (1,60 %)
- ingushlar — 150 kishi (0,62 %)
- moldavanlar — 147 kishi (0,60 %)
- polyaklar — 128 kishi (0,53 %)
- udmurtlar — 125 kishi (0,51 %)
- ozarbayjonlar — 108 kishi (0,44 %)
- chechenlar — 93 kishi (0,38 %)
- boshqalari — 576 kishi (2,37 %)
- Umumiy — 24 335 kishi (100,00 %)
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharqiy qismida Yereymentau tumani bilan, janubiy qismida Qaragʻandi viloyati bilan, gʻarbiy va shimol qismlarida — respublika ahamiyatiga ega shahar Astana bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Astana — Qaragʻandi, Astana — Pavlodar temir yoʻl, Astana — Qaragʻandi avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, uzoq. Yozi sernam issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm[5].
Aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arshali tumanining aholi punktlari: Aqtasti, Jibek Joʻli (Aleksandrovka), Arshali (Vishnevka), Beloyarka, Volgodonovka, Arnasay (Vyacheslavka), Doneskoe, Ijevskoe, Konstantinovka, Jaltirkoʻl (Martinovka), Mixaylovka, Aqbulaq (Michurino), Bulaqsay (Novovladimirovka), Olginka, Bersuat (Razdolnoe), Sarioʻba, Turgen (Turgenevka).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ 2,0 2,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года
- ↑ 3,0 3,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Informatsiya o rayone na sayte oblasti (Wayback Machine saytida 2011-09-03 sanasida arxivlangan)