Kontent qismiga oʻtish

Yelim rassomligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yelim rassomligirang-tasvirda asar yaratish usullaridan biri. Boʻyoq (pigment)ning bogʻlovchi moddasi hayvon suyaklarini qaynatib olinadigan yelimdan iborat boʻlgani uchun shunday nomlanadi. Ayrim hollarda oʻsimlik yelimi, sintetik yelimlar ham ishlatiladi. Koʻpincha asar boʻr asos ustida yaratiladi. Qadimdan maʼlum boʻlgan Yer tasvirning yorqinligini taʼminlaydi, lekin tashqi taʼsirga chidamsiz, tez yuvilib ketadi, asosi qalinroq (dagʻalroq) boʻlganda qasnoqlanib tushadi. Shuning uchun xona ichlarini bezashda — devoriy rassomlikda ishlatiladi. Hozir asosan kino va teatr dekoratsiyalari, bayram namoyonlari, muvaqqat plakatlar yaratishda qoʻllanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil