Kontent qismiga oʻtish

Yelim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nitrosellulozali yelim.
Polipropilen.
Yelimdan ishlangan buyumlar.

Yelim — asosan suyuqlangan yuqori molekular anorganik, koʻpincha organik moddalar yoki ularning eritmalari. Turli materiallarni bir-biriga yopishtirish uchun ishlatiladi. Yelim tarkibida qotiruvchi moddalar va qoʻshimchalar, mas, toʻldiruvchilar, erituvchilar, stabilizatorlar, plastifikatorlar, elastifikatorlar boʻladi. Qoʻshimchalar yelimning qovushkokligini, qotish tezligini, mustahkamligini, qattiqligini, issiqqa va sovuqqa chidamliligini oshiradi. Yelim suyuk (eritmalar, emulsiyalar, yakka monomerlar), quyuk yoki qattiq (donador, unsimon, ipsimon) boʻlishi mumkin. Yelimlar oddiy, konstruksion (mashinalar, uchuvchi apparatlar, qurilish konstruksiyalari va boshqani yigʻishda qoʻllanadigan) va maxsus (yopishkok tasmalar) turlarga ajratiladi. Bundan tashqari, ular tabiiy va sintetik boʻladi. Tabiiy yelim hayvonlar va oʻsimliklar (kraxmal) mahsulotlaridan olinadi. Aksarisi namlikka chidamsiz, o'z kuchini ancha tez yoʻqotadi, chiriydi. Yogʻoch, qogʻoz va boshqa buyumlarni elimlash uchun qoʻllanadi. Sintetik yelim (smola) — polimerlar eritmasi, emulsiyasi, shuningdek, erituvchi qoʻshilmagan smolalardan iborat. Namlik, issiq-sovuqqa, har xil temperatura, moylar, suyuq yonilgʻilar, turli zamburugʻlar taʼsiriga yaxshi chidaydi. Metall, chinni, yogʻoch, faner, penoplast, plastmassalar, organik oinalarni elimlash uchun ishlatiladi. Rezina yelim — kauchuklar (tabiiy va sintetik) yoki rezinali aralashmalarning organik erituvchilari (asosan, benzin)dagi eritmasi. Rezinani metallga, yogʻochga, sementga yopishtirishda ishlatiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil