Yekaterina II Alekseyevna
Yekaterina II | |
---|---|
Buyuk Yekaterina II | |
Tavalludi |
nemischa: Sophie Auguste Friederike von Anhalt-Zerbst-Dornburg 21.4.1729 |
Vafoti |
6.11.1796 Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi[1] va Prussiya qirolligi |
Bolalari |
Pavel I Petrovich Anna Petrovna Aleksey Grigorevich Bobrinskiy |
Otasi | Xristian-Avgust Angalt-Tserbstskiy |
Onasi | Ioganna-Yelizaveta Golshteyn-Gottorpskaya |
Imzosi | |
Yekaterina II Alekseevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — Rossiya imperatori (1762—96). Nemis knyazlari avlodidan, asli ismi Sofiya Frederika Avgusta Angalt-Tserbstskaya. 1744-yilda Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgach, pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseevna nomini qabul qilgan. 1745-yilda Pyotr III ga nikohdangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasagan (1762-yil 28-iyun) Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va oʻzi taxtga oʻtirgan. Uning ichki va tashqi siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 1775-yilgi gubernya islohoti, 1785-yilda dvoryanlarga berilgan imtiyozlar va boshqa tadbirlar dvoryanlar hukmronligini mustahkamlashga xizmat qildi. Yekaterina II davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shimoliy Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari qoʻshib olingan. Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va boshqa fransuz maʼrifatparvarlari bilan xat yozishgan. Koʻpgina dramatik, publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Чечулин Н. Д. Очерки по истории русских финансов в царствование Екатерины II. Спб-1906 г. на сайте Руниверс
- Брикнер А. Г. История Екатерины Второй (в 4 томах)на сайте Руниверс
- Бильбасов Василий Алексеевич. История Екатерины Второй (в 2 томах)на сайте Руниверс
- Екатерина II. Вольное, но слабое переложение из Шакеспира, комедия Вот каково иметь корзину и белье
- Екатерина II Великая. История России екатерининской эпохи[sayt ishlamaydi]
- Мемуары Екатерины II
- Предки императрицы Екатерины II Великой
- Эпоха правления Екатерины II
- Сочинения Екатерины II на сайте Lib.ru: Классика
- Виноградов В. Б., Нарожный Е. И. Плагиат Екатерины Второй