Kontent qismiga oʻtish

Yangi Kaledoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangi Kaledoniya
Nouvelle-Calédonie
ShiorTerre de parole, terre de partage
Madhiya: Soyons unis, devenons frères[1]
Location of Yangi Kaledoniya
Poytaxt Numea
22°16′S 166°28′E / 22.267°S 166.467°E / -22.267; 166.467
Rasmiy til(lar) fransuz
Yetakchilar
• Prezident
Emmanuel Macron
• Hukumat prezidenti
Louis Mapou
Maydon
• Butun
18,576 km2
• Suv (%)
1.6
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
271 407[2] (184-oʻrin)
• Zichlik 14.5/km2
YIM (nominal) 2019-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$9.44 milliard[3]
• Jon boshiga
AQSh$34,780[3]
Pul birligi CFP franki (XPF)
Vaqt mintaqasi UTC+11
Telefon prefiksi 687
Internet domeni .nc

Yangi Kaledoniya (fransuzcha: Nouvelle-Calédonie) — Tinch okeanining janubi-gʻarbiy qismidagi orollar guruhi, Melaneziyada. Fransiyaning dengiz ortidagi hududi maqomiga ega. Maydoni 19,1 ming km2. Aholisi 271 407 kishi (2019)[2], asosan, melanezlar. Maʼmuriy markazi — Numea shahri. Rasmiy tili — fransuz tili. Orollarga ilk bor 1774-yil 4-sentabrda yevropaliklardan James Cook borgan.[4] Yangi Kaledoniya 1853-yildan Fransiya mulki. 1984-yilgacha Fransiya hukumati tomonidan tayinlanadigan oliy komissar boshqargan, 1985-yilgi saylovlardan so‘ng kongress (6 yil muddatga saylanadigan 54 ta aʼzo) boshqaradi. 1987-yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra, qatnashuvchilarning 98 % Yangi Kaledoniyani Fransiya tarkibida qolishi tarafdori bo‘lgan.

Orollarning yer yuzasi vulqon jinslaridan tuzilgan yassitog‘lik. Eng baland joyi — 1628 m. G‘arbiy qismi sertepa tekislik. Iqlimi tropik iqlim, yanvarning o‘rtacha temperaturasi 24—26°C, iyulniki 20°C. Yillik yog‘in sharqida 3000mm, g‘arbida 700 mm yog‘adi. Yozda tropik dovullar bo‘ladi. Daryo ko‘p. O‘simlik dunyosi baland bo‘yli o‘tlar, siyrak igna bargli o‘rmonlardan iborat. Endemik o‘simlik turlariga boy. Temir va nikel rudalari qazib olinadi. Yangi Kaledoniya aholisi, asosan, dehqonchilik, baliq ovlash, chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Sholi, maniok va makkajo‘xori ekiladi. Yog‘ochsozlik, oziq-ovqat korxonalari bor, chetga metall, kofe, kopra chiqariladi.

Davlat boshqaruvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyaning alohida maʼmuriy-hududiy tuzilmasi. Davlat rahbari — Fransiya prezidenti. Uning nomidan oliy komissar hududni boshqaradi. Ijroiya hokimiyatini mahalliy hukumat bajaradi. Bir palatali Kongress esa 5 yil muddatga saylanadigan 54 ta deputatdan iborat. Yangi Kaledoniya Fransiya parlamentida ikki deputatga va ikki senatorga ega. Kanak sotsialistik milliy ozodlik fronti (Mustaqillik uchun milliy ittifoq), Soʻl sotsialistlar tashkilotlari ittifoqi, Kanaklarni ozod qilish partiyasi, Melanez taraqqiyparvar ittifoqi, Kaledoniya ittifoqi, Okeaniya demokratik harakati, Xalq harakati uchun ittifoq, „Kaledoniya birgalikda“ partiyasi, Mehnat partiyasi, „Kaledoniya uchun majlis“ kabi partiyalar faoliyat yuritadi.

Maʼmuriy-hududiy tuzilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Kaledoniya maʼmuriy jihatdan 3 ta provinsiya va 33 ta kommunaga boʻlinadi. Davlat provinsiyalarga, provinsiyalar kommunalarga ajratilgan.

Janubiy provinsiya (zargʻaldoq) Shimoliy provinsiya (yashil) Luayote orollari (sariq)
1. Thio 14. Poya 31. Ouvéa
2. Yaté 15. Pouembout 32. Lifou
3. LʼÎle-des-Pins 16. Koné 33. Maré
4. Le Mont-Dore 17. Voh
5. Nouméa 18. Kaala-Gomen
6. Dumbéa 19. Koumac
7. Païta 20. Poum
8. Bouloupari 21. Belep-Inseln
9. La Foa 22. Ouégoa
10. Sarraméa 23. Pouébo
11. Farino 24. Hienghène
12. Moindou 25. Touho
13. Bourail 26. Poindimié
14. Poya 27. Ponérihouen
28. Houaïlou
29. Kouaoua
30. Canala
Aholisi
YilAholi±% y.oʻ.s.
1956 68 480—    
1963 86 519+3.72%
1969 100 579+2.60%
1976 133 233+4.03%
1983 145 368+1.26%
1989 164 173+2.06%
1996 196 836+2.61%
2009 245 580+1.68%
2014 268 767+1.79%
2019 271 407+0.19%
ISEE[5]

Aholining etnik tarkibi: melanezlar (kanaklar) — 39,1 %, oq tanlilar (asosan, fransuzlar) — 27,2 %, arablar va osiyoliklar avlodlari — 21 %, uveanlar va futunanlar — 8,2 %, polinezlar — 2,1 %, indonezlar — 1,4 %, ni-vanuatular — 1 %, vyetnamlik va hindixitoyliklar — 0,9 % ni tashkil etadi. Rasmiy tili — fransuz tili. Shuningdek, bu yerlik aholi 33 melanez va polinez tillarida soʻzlashadi. Xristianlar — 90 %, musulmonlar — 5 %, qolganlar — 5 %.

Geografik joylashuvi va tabiati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shu nomdagi yirik orolda va Tinch okeani janubi-gʻarbiy qismidagi koʻplab mayda orollar guruhida joylashgan.

  1. „La Nouvelle-Calédonie se dote d'un hymne et d'une devise“ (fr) (2010-yil 18-avgust). Qaraldi: 2013-yil 30-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „ISEE – Structure de la population et évolutions“.
  3. 3,0 3,1 „Evolution du PIB et du PIB par habitant“. Institut de la statistique et des études économiques (Isee). Qaraldi: 2021-yil 14-may.
  4. „Rapport annuel 2010“. IEOM Nouvelle-Calédonie. Qaraldi: 2013-yil 30-yanvar.
  5. „The Population at Different Censuses“. isee.nc. 11-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-noyabr 2020-yil.