Kontent qismiga oʻtish

Fransiya prezidenti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Norasmiy Emblemasi
Fransuz Respublikasi Prezidenti
Atamasi: Fransuz Respublikasi Prezidenti
Asl atamasi: fransuzcha: Président de la République française
Mamlakat: Fransiya bayrogʻi Fransiya
Tayinlangan: Emmanuel Macron
Imzosi:
Tayinlanadi: Xalq saylovlari ostida
Vakolat muddati: 5 yil xalq saylovi oʻtkazilishi sharti bilan va 2 marotiba oʻz nomzodini qoʻyish huquqiga ega
Tayinlangan sanasi: 7-may 2017-yil
Maoshi: €14 910 (har oyda)[1]
Paydo boʻlishi: 28-dekabr 1848-yil , 31-avgust 1871-yil , 16-yanvar 1947-yil
Birinchi saylangan: Lui Napoleon Bonapart III

Fransiya Prezidenti rasmiy ravishda Fransuz Respublikasi Prezidenti - (fransuzcha: Président de la République Française) har zamonda Palata prezidentlari bilan almashtirib yubormaslik uchun qisqartirilgan[2] holda Respublika Prezidenti sifatida tilga olinadi. Bu mansabga saylanga har bir shaxs Fransuz Hukumatining bosh raisi hisoblanadi.

Umumiy ma'lumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq davrni bosib o’tgan besh Fransuz respublikalarining har birida Prezident alohida va muhim mamlakat raisi sifatida ko’rilgan va hurmat qilingan. Ba’zi manbalarda keltirilishicha har bir fransuz respublikasi o’z konstitutsiyasining matnlarida Prezidentning vakolati, burchi va tuzilmalariga turlicha o’zgartirishlar kiritilib , bir-biriga nisbatan katta farq qilgan.

1965-yildan Prezidentlik saylovlari umumhalq ovozi tomonidan o’tkazilish haqida Fransiya konstitutsiyasida yangi qonun joriy etilgan.

2002-yilgacha prezidentlik vakolati (qonun 2000-yilda joriy etilgan) 7-yilgacha belgilangan bo’lib (septennat) keyinchalik 5–yillikga (quinquennat) qisqartirilgan.

2008-yilda mamlakat deputatlari Fransuz Konstitutsiyasining baʼzi bir moddalariga umumkengash qarori roziligi ostida Prezident vakolatini 2 yil muddatga qisqartirish haqida qonun qabul qilgan. Yangi qonunda keltirilishicha: «Hech qaysi Fransuz Respublikasi fuqarosi Prezidentlikga ikki martadan ortiq oʻz nomzodini qoʻyish huquqiga ega emasdir».[3]

Hozirgi vaqtdq respublika prezidenti 2012-yilning 15-mayidan Beshinchi Fransuz Respublikasining 24-chi Prezidenti etib Fransua Olland saylangan.

Prezident qarorgohi — Parijdagi Yelisey qasri hisoblanadi. Jumladan prezidentning rasmiy qarorgohlari sifatida Rambuye qalʼasi, Parijning «Marini mehmonhonasi» ham tilga olinadi.

Fransiyaning hozirgi oʻzgartirish kiritilgan konsyitutsiyasidan Prezidentgta tegishli parchalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstitutsiyaviy qoidalarga koʻra Fransiya prezidenti fransuz konstitutsiyasining II bobida keltirilgan moddalarga amal qilishi kerak.

5-chi modda
Prezident albatta Konstitutsiyaga muvofiq qonunga rioya qilish kerak. O’zining oliy hokimiyatdagi ko’rinish shakli bilan davlatni rivojlanishiga turtki bo’lib mamlakat vorislarini etuk ishlar bilan taminlaydi. U (Prezident) miliy mustaqillikning, hudud yahlitligining halqaro shatnomalarga rioya qilingan holda yurt himoyachisi hisoblanadi.

8-chi modda
Respublika prezidenti Fransiya Bosh vazirini tayinlaydi va hokimiyatdagi navbatdagi istefodan so’ng u yangi Bosh vazir saylash huquqiga ega. Bosh vazirning taklifiga qarab Hokimiyatning barcha a’zolari yangitdan tayinlanadi.

9-chi modda
Президент республики председательствует в Совете министров.

10-modda
Fransuz hokimiyatidagi har bir qonun uning a’zolari bilan chuqur tanishib chiqilib prezident huzuriga farmon tasdiqlanishi uchun etkaziladi va prezident etkazilgan qonunni uzog’I bilan 15 kun ichida muhokama qilish huquqiga ega. Bu muddat ichida agarda prezidentni Hokimiyat tomonidan chiqarilgan qonun qoniqtirmasa u Parlament yordamida qaytadan muhokama qilishi mumkin va yangi muhokamadan keyin barch munozaralar tahlil qilinadi agar Parlament yangi o’zgartirishlarga qarshi chiqsa unda president Parlament a’zolari yordamida qonunni bekor qilish mumkin.

11-chi modda
Respublika presidenti Parlament seminari chog’ida hokimiyat vakillari yoki ikki palatali Parlament takliflariga ko’ra rasmiy ravishda mamlakatga tegishli biron bir siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy o’zgarishlar va halqaro kelishuvlar borasidagi yangiliklarni mamlakat Konstitutsiyasiga zid bo’lmagan holda umumhalq telekanallari orqali rasmiy e’lon qilishi kerak.

12-chi modda

Respublika prezidenti bosh vazir va palatalar rislari bilan alohida yig’in tashkil qilib Milliy kengash yig’ilishi o’tkazilishi haqida e’lon qiladi. Umuhalq saylovlari kamida 20 uzog’I bilan 40 kun ichida ruhsat beriladi. Milliy Kengash majlisi saylovlardan keyingi ikkinchi payshanba kuni to’laqonli huquqga ega ravishda yig’ilishadi. Agarda kengash o’z vaqtida o’tkazilmasa 15 kun muddati ichiida ochiladi. Yangi kengash 1 yil davomiga cho’zilmasligi shart.

13-chi modda
Prezident vazirlar mahkamasi qoshida barcha mansablarga oid qarorlarni imzolaydi. U (Prezident) barcha fuqaroviy, harbiy va davlat amaldorlarini tayinlaydi. Qolgan mamlakatdagi muhim sanalgan vazifalarga shaxslar Vazirlar mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Huquq tartibot organlari hodimlari vazirlar mahkamasi qarorlari yordamida boshqa vazifadagi shaxslarni mansabga tayinlaydi va Prezident tomonidan berilgan vakolatdan kelib chiqilib favquloddagi vaziyatlarda prezident nomidan farmon berish huquqiga ega.

14-chi modda
Mamlakatning tashqi siyosatini oʻrganish borasida elchilar tayinlanadi va boshqa mamlakatlar elchihonalari qurilishiga faqat Prezident ijozati bilan erishiladi.

15-chi modda
Respublika prezidenti Qurolli kuchlar qoʻmondoni hisoblanadi. U barcha oliy milliy mudofa qoʻmitalar va oliy maslahat kengashi raisidir.

Inauguratsiya marosimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buyuk Magistr Zanjiri ordeni

Inauguratsiya ushbu marosim Fransiyada odatda oldingi prezident oʻzining yangi saylangan vorisini yangi mansab bilan tabriklab Prezident qarorgohi tomon chorlaydi. Shu hodisalar bilan birga ular birgalikda Prezident kabinetida yarim soat mamlakat rivoji haqida eks-Prezident bilan yangi prezident oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashishadi va mamlakat ramzlaridan biri boʻlgan asosiy narsa yadroviy qurolning maxsus maxfiy kodlari yangi Fransuz Respublikasi Prezidentiga topshiriladi.[4] Shundan soʻng yangi prezident oldingi prezidentni odddiy fuqaro sifatida Yelisey qasridan turib kuzatib qoʻyiladi.

Keyinchalik zalda yangi prezidentning inauguratsiya (oʻzbekcha: Qasamyod etish) marosimi boshlanadi[5] va nihoyat rasmiy ravishda saylovlavlar natijasini eʼlon qilishadi shu bilan birgalikda yangi prezidentni ham.

  1. Président de la République : 14 910 € bruts par mois, Le Journal Du Net
  2. Dépenses de campagne: énorme ardoise pour LO, la LCR s'en tire sans déficit[sayt ishlamaydi], Metro France, 24-aprel 2007-yil (Fransuzcha)
  3. arxiv nusxasi, 2005-03-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-03-18
  4. For all this section, see Articles 67 and 68 and La responsabilité pénale du président de la République, Revue française de droit constitutionnel, n° 49 –2002/1, P.U.F., ISBN 978-2-13-052789-3
  5. The exact title is "President of the Senate, exercising provisionally the functions of the President of the Republic"; see how Alain Poher is referred to on signing statutes into law, e.g. law 69-412 (Wayback Machine saytida 2020-07-28 sanasida arxivlangan)