Kontent qismiga oʻtish

Muzaffereddin Yavlak Arslan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muzaffereddin Yavlak Arslan
3-Çobanoğulları beki
Saltanat 1280-1292
Oʻtmishdoshi Alp Yürek
Davomchisi Çobanoğlu Mahmud Bey
Vafoti 1292-yil
Koʻniya, Koʻniya sultonligi
Otasi Alp Yürek
Dini Sunni Islom

Muzaffereddin Yavlak Arslan — 1280-yildan 1292-yilga qadar hukmdorlik qilgan Çobanoğulları bekligi beki. Saltukname asarida Yavlak Arslan „Melik Muzaffereddin“ sifati bilan tilga olingan[1].

Hoylu Hasanning „Ḳavâʿidü’r-resâʾil“ nomli asarida Yavlak Arslan „Melik'ül-ümera“ ve „Sipah-bud-i diyar-i“ unvonlari bilan tilga olingan boʻlib, bobosi Hüsameddin Çoban kabi Yavlak Arslan ham uch beyi ekanligini, shimoliy-gʻarbiy Onadoʻlining Vizantiya bilan chegarasini qoʻriqlash va ushbu hududlarda hukmronlik qilish Çobanoğulları bekligiga oid ekanligini daʼvo qilgan[2].

Ilk hukmronlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onadoʻli bekliklari Hulokuiylar davlatiga qarshi bir necha isyonlar qilib turganlar. Ammo Yavlak Arslanning dastlabki hukmronlik davri otasi Alp Yürekning davrida boʻlgani kabi tinch va osoyishta kechgan va Hulokuiylar davlatiga oʻz vassalligini bildirgan.

İzzeddin Keykavus II taxtdan tushirilgandan soʻng, valiahd sifatida Mesud II ni tanlagan edi. Ammo taxtga avval Qilich Arslon IV, soʻngra Gʻiyosiddin Kayhusrav III oʻtirdi. İzzeddin Keykavus II 1279-yilda vafot etganidan soʻngra[3], koʻplab amirlar Mesud II ga bogʻliqligini bildirdi. Yavlak Arslan ham Sinop orqali Qrimga bordi va oʻz boʻgʻliqligini Mesud II ga bildirdi, shuningdek, asir olgan Rükneddin Keyümersni sultonga taslim etdi[4].

Yavlak Arslan Mesud II bilan birga Hulokuiylar davlati xoni Abaqaga oʻz itoatlarini bildirdilar. Abaqaxon Mesud II va Yavlak Arslanni bir muddat oʻz yonida tutdi. 1283-yil Abaqaxon oʻlimidan soʻngra Hulokuiylar davlati taxtiga oʻtirgan Ahmed Teküder Koʻniya sultonligini Gʻiyosiddin Kayhusrav III va Mesud II ga boʻlib berdi. Bu qarordan mamnun boʻlmagan Gʻiyosiddin Kayhusrav III Ahmed Teküder huzuriga arz qilish uchun borganida, allaqachon Hulokuiylar taxtiga Argʻunxon oʻtirgan edi. Koʻniya sultonligi taxtiga esa qaytadan Mesud II chiqdi va Gʻiyosiddin Kayhusrav III ning qatl etilish hukmini imzolagan edi[5][6].

1284-1289-yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yavlak Arslan Koʻniyadan Kastamonuga qaytgach, Gideros qalʼasini fath etishga tayyorgarliklarini boshlagan. 1284-yil 16-sentabr kuni Yavlak Arslan qoʻshini bilan qal’aga hujum qilib, bir necha haftada qal’ani qoʻlga kiritgan. 1284-yildan keyingi davrlarda ham Yavlak Arslan Mesud II va Argʻunxon bilan yaxshi munosabatlarini davom ettirgan[7]. 1289-yilda Yavlak Arslanning oʻgʻli Hoca Nâsıreddin Argʻunxon tarafidan Onadoʻli moliya ishlariga boshliq qilib tayinlangan[8].

Rükneddin Kılıçarslanning isyoni, Yavlak Arslanning oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1292-yilda Argʻunxonning vafot etishi va uning oʻrniga Hulokuiylar davlati taxtiga Geyhatuning oʻtirishi sababli Onadoʻlida turkman aholining bir qancha isyonlari boʻlib oʻtdi. Ushbu isyonlarni Mesud II ning ukasi Rükneddin Kılıçarslan oʻz foydasiga burib, akasiga isyon qildi. Onadoʻlidagi bir qancha beklarni oʻziga itoat ettirgan Rükneddin Kılıçarslan qoʻshini bilan Kastamonuga yurdi va Yavlak Arslandan oʻziga itoat qilishini talab etdi[9][10]. Ammo Yavlak Arslan bosh egmadi va ikki oʻrtada kichik urush boʻlib oʻtdi. Urushni Yavlak Arslan yutdi va Rükneddin Kılıçarslan Vizantiya imperiyasi hududiga qochib oʻtdi[11].

Shundan soʻng Rükneddin Kılıçarslanning yanada koʻp qoʻshin toʻplab, Kastamonuga qayta yurish qilishidan xavotirlangan Yavlak Arslan uning harbiy qarorgohiga boradi. Huzuriga Yavlak Arslanni qabul qilgan Rükneddin Kılıçarslan oʻziga qilingan muomilani Yavlak Arslanga eslatib, muhofizlariga oʻldirtiradi[12][13][14][15][16].

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiyaning atv kanali tomonidan sur'atga olingan Kuruluş: Osman teleserialida Umut Karadağ Yavlak Arslan rolini jonlantirgan[17]. Tarixchilar ushbu buyuk shaxsning serialda salbiy rolda jonlantirganidan xavotirda ekanliklarini bildirishgan edi. Keyinchalik serial prodyusseri Mehmet Bozdag bir necha epizoddan so'ngra Yavlak Arslanni haqiqiy qahramonga aylantirdi[18].

  1. Yücel, Yaşar. (1988). a.g.e, syf. 42.
  2. Yücel, Yaşar. (1988). a.g.e, syf. 43.
  3. Sümer. "Keykâvus II" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi (2002 nashri). Türkiye Diyanet Vakfı. 355-357 b. Archived from the original on 18-iyun 2020-yil. https://web.archive.org/web/20200718192748/https://islamansiklopedisi.org.tr/keykavus-ii. 
  4. Yücel, Yaşar. (1988). a.g.e, syf. 45.
  5. Sevim. "Keyhusrev III" (Türkçe). TDV İslâm Ansiklopedisi (2002 nashri). Türkiye Diyanet Vakfı. 351-352 b. Archived from the original on 18-iyun 2020-yil. https://web.archive.org/web/20200718192748/https://islamansiklopedisi.org.tr/keykavus-ii. 
  6. Yakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 120.
  7. Yakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 121.
  8. Yakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 122.
  9. Ersan, Mehmet; Alican, Mustafa. Türklerin kayıp yüzyılı: beylikler devri Türkiye tarihi (tr). Timaş, 2014. ISBN 978-605-08-1782-9. 
  10. Muhammet Berberoğlu.  (Wayback Machine saytida 2020-06-22 sanasida arxivlangan)
  11. Yakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 123.
  12. Yakupoğlu, Cevdet. (2020). a.g.m, syf. 124.
  13. İnalcık, Halil. (2010). a.g.e, syf. 34.
  14. Yakupoğlu, Cevdet. (2017). a.g.m, syf. 47.
  15. İnalcık, Halil. Kuruluş dönemi Osmanlı sultanları, 1302-1481 (tr). İslam Araştırmaları Merkezi, 2010. ISBN 978-605-5586-06-5. 
  16. Yakupoğlu, Cevdet (2017-05-01). „Kastamonu- Taşköprü'de Çobanoğlu Muzaffereddin Yavlak Arslan Medresesi ve Camii“. Tarih Araştırmaları Dergisi (turk). 36-jild, № 61. 41–74-bet. doi:10.1501/Tarar_0000000657. ISSN 1015-1826. 2020-12-19da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-05-22.
  17. „Kuruluş Osman'da 'Yavlak Arslan (Yavlak Hasan)' kim canlandırıyor? Muzaffereddin Yavlak Arslan kimdir? Tarihteki yeri nedir?“ (tr). Haberler.com. Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
  18. Duvar, Gazete „Kuruluş Osman'dan Kastamonululara Yavlak Arslan yanıtı: Bekleyin kahraman olacak“ (tr-TR) (2020-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Alp Yürek
Çobanoğulları beki
1280-1292
Vorisi:
Çobanoğlu Mahmud Bey