Xusrav II Parviz
Xusrav II Parviz (aynan — muzaffar, gʻolib)(? — 628) — sosoniylar shahanshoxi (591 yildan). Hurmuzd IV ning oʻgʻli. Bahrom Choʻbin boshchiligidagi isyonkor zodagonlar 590 yil Hurmuzd IV ni taxtdan agʻdarishgan. Biroq zodagonlarning boshqa bir guruhi X. II ni shahanshoh deb eʼlon qilgan. X. II Bahromdan xavfsirab Vizantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochgan va 591 yil vizantiyalik va arman qoʻshinlari yordamida Baxromni yenggan va taxtga chiqqan. 7-asr boshida Eronga Vizantiya imperiyasining sharqiy va jan. viloyatlarini qoʻshib olgan. X. II ning harbiy yutuqlari bilan bir qatorda bosib olingan viloyatlar talontoroj etilgan, mamlakatda soliqdar miqsori koʻpaygan, podsho saroyi uchun sarfxarajatlar oshgan. Shu bilan birga yangi saroylar qad. koʻtargan.
X.P shoirlar, mashshoqlar, olimlarga homiylik qilgan. 7-asrning 20-yillarida Vizantiya xazarlar va turklar bilan ittifoq tuzib X. II ga qarshi chiqqan. Imperator Irakliyning Ktesifonga yurishidan soʻng X. II. zodagonlar tomonidan taxtdan tushirilib, qatl etilgan. Sharq xalklari ogʻzaki ijodi va yozma adabiyotida uning obrazi keng tarqalgan (qarang Xusrav).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |