Kontent qismiga oʻtish

Xurram Tangirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xurram Tangirov
Tavalludi 16-oktyabr 1980-yil (1980-10-16) (44 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Jizzax davlat pedagogika instituti
Kasbi Oʻqituvchi
Dini Islom
Unvoni Dotsent
Mukofotlari

Tangirov Xurram Ergashevich (1980-yil, 16-oktyabr; Jizzax viloyati, Forish tumani) – pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (dotsent), „Shuhrat“ medali sohibi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xurram Tangirov 1980-yil 16-oktyabrda Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan[1][2].

2004-yilda Jizzax davlat pedagogika institutining bakalavr, 2007-yilda magistratura bosqichini tamomlagan[1].

2022-yilda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasini olish uchun „Interaktiv elektron axborot-taʼlim muhitida umumtaʼlim fanlarini o‘qitishni individuallashtirish metodikasi“ mavzusida dissertatsiya himoya qilgan[3].

  • 1997—1999-yillarda Jizzax Industrial Texnikumi talabasi (Buxgalterlik hisobi);
  • 1999—2000-yillarda Forish tumani „Sharq“ MChJ kinobirlashmasida bosh hisobchi;
  • 2000—2004-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti matematika-informatika yoʻnalishi talabasi (bakalavr);
  • 2004—2006-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Taʼlim tizimini axborotlashtirish va multimedia“ ilmiy-uslubiy markazida muhandis-dasturchi;
  • 2006—2009-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Axborot texnologiyalari markazi“da tarmoq boshqaruvchisi;
  • 2005—2007-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti;
  • 2007—2018-yillarda Jizzax davlat pedagogika instituti „Informatika va axborot texnologiyalari“ (keyin „Informatika oʻqitish metodikasi“) kafedrasi oʻqituvchisi;
  • 2018—2022-yillarda. Jizzax davlat pedagogika instituti „Informatika va uni oʻqitish metodikasi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi;
  • 2022—2023-yillarda Jizzax davlat pedagogika universiteti „Informatika va raqamli taʼlim texnologiyalari“ kafedrasi katta oʻqituvchisi;
  • 2023-yil 24-martdan Jizzax davlat pedagogika universiteti „Informatika va raqamli taʼlim texnologiyalari“ kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Respublika va xalqaro darajadagi ilmi-uslubiy jurnallarda 140 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlari eʼlon qilingan. 10 ta o‘quv, o‘quv-uslubiy va uslubiy qo‘llanmalar, 4 ta metodik-tavsiyanomalar hammoliflik asosida chop etilgan. Tadqiqot ishi doirasida 2 ta monografiya chop etgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „TANGIROV XURRAM ERGASHEVICH“. edarslik.uz. Qaraldi: 29-sentyabr 2024-yil.
  2. „TANGIROV XURRAM ERGASHEVISH“. jspi.narod.ru. Qaraldi: 29-sentyabr 2024-yil.
  3. „Tangirov Xurram Ergashevich“. jdpu.uz (23-aprel 2022-yil). Qaraldi: 29-sentyabr 2024-yil.
  4. „O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. uza.uz (27-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.
  5. „O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. president.uz (27-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2024-yil.
  6. „Prezident bir guruh o‘qituvchi va murabbiylarni mukofotladi (ro‘yxat)“. Daryo.uz (27-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 29-sentyabr 2024-yil.
  7. „MUKOFOT MUBORAK!“. jizzax.saylov.uz (28-sentyabr 2024-yil). Qaraldi: 29-sentyabr 2024-yil.