Kontent qismiga oʻtish

Xumuliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xumuliy, Jumaquli ibn Soʻfiy Tagʻoyi turk Urgutiy Samarqandiy (19-asr) — Buxoro amirligida ijod qilgan oʻzbek shoiri va tarixchisi. Tillakori madrasasida tahsil olgan.

Buxoro amiri Nasrulla (1827—1860) davrida Urgutda qozilik qilgan. Oʻzbek va tojik tillarida nasr va nazmda ijod etgan, tarixiy asarlar ham yozgan. Zamondosh olim va shoirlarning tarjimai holini yozib qoldirgan. X.ning "Tarixi Xumuliy", "Manzumoti tarixiy", "Shoh va gado", "Devoni Xumuliy", "Shayx Musoxon adDahbidiyning tarjimai holi" kabi asarlari bor. "Tarixi Xumuliy"da baʼzi bir darvesh shayxlarning tarjimai holidan va mangʻitlar sulolasi tarixidan maʼlumotlar keltirilgan. "Manzumoti tarixiy" asarida esa 1870-yil sodir boʻlgan tarixiy voqealar sheʼr bilan bayon qilinadi.

  • Anke fon Kyugel'gen, Legitimizatsiya sredneaziatskoy dinastii mangitov v proizvedeniyakh ikh istorikov (XVIII-XIX vv.). Almaty: Dayk press, 2004