Xubsugul
Qiyofa
Xubsugul, Kosogul — Mongoliyaning shim. qismidagi koʻl. Togʻ oraligʻidagi tektonik botiqsa, 1645 m balandlikda joylashgan. Maydoni 2620 km², uz. 134 km, eni 36 km gacha. Eng chuqur joyi 238 m. Suvi chuchuk. X.dan EginGoʻl daryosi oqib chiqib, Selenga daryosiga quyiladi. Qirgʻoqlari baland, tik. dekabrdan may oyigacha muzlaydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |