Xrizantema
Xrizantema (Chrysanthenum) - murakkabguldoshlarTahrirlash oilasiga mansub, bir va koʻp yillik oʻt usimliklar turkumi; manzarali ekin. Vatani—Yevropa. 200 ga yaqin turi Hindiston va Afrikada tarqalgan. Hind Xrizantemasi (C.indicum) Gʻarbiy Yevropa, Yaponiya, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlar sanoat gulchiligida muhim ahamiyatga ega. Xrizantemaning mayda gulli va yirik gulli navlari issikxonalarda ustiriladi.
Mayda gulli Xrizantemaning bal. 50—60 sm, yon shoxlar soni kup, har bir shox gul bilan tugaydi. Gullari oq, qizil, och binafsha va hokazo. Yirik guli Xrizantemaning bal. 50—70 sm, 1 yoki 2 shoxli, gullari yirik, murakkab tupgulli, diametri 6—8 sm. Yirik gulli Xrizantema aksariyat uy sharoitida ustiriladi. Xrizantema toʻpgulining chiroyliligi, uzoq muddat gullay olishi tufayli uning bir yillik turlari gulchilikda ekiladi. Xrizantema urugʻidan va 8—10 sm uzunlikdagi kalamchasidan koʻpaytiriladi. May oyida tup oraligi 40—60 sm qoldirib ekiladi. Iyun oyida yon shoxlar chilpib shakl beriladi. Oktyabrnoyabrda gullaydi. Oʻzbekistonda Xrizantemaning Oʻzbekiston tuyonasi, Toshkent tuyonasi va boshqa navlari chiqarilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |