Kontent qismiga oʻtish

Xolmat Zokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xolmat Xurramovich Zokirov
Tavalludi 23-avgust 1954-yil (1954-08-23) (70 yosh)
Shoʻrchi tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi kimyogar olim
Sohasi qishloq xoʻjaligi
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Xolmat Xurramovich Zokirov (1954-yil 23-avgust, Shoʻrchi tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi (1984), professor.

Xolmat Zokirov 1954-yil 23-avgust Shoʻrchi tumanida tug‘ilgan[1]. 1971—1976-yillarda Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida tahsil olgan. 1989—1994-yillarda Termiz davlat universiteti umumiy kimyo va ekologiya kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 1994—2002-yillarda umumiy kimyo va ekologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi, 2002—2011-yillarda Termiz davlat universiteti ekologiya kafedrasi dotsenti, 2011—2018-yillarda ekologiya kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 2019-yildan Termiz davlat universiteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xolmat Zokirov 1984-yilda ruscha: „Разработка эффективных норм минеральных удобрений под тонковолокнистый хлопчатник в зависимости от режимов орошения на такырно-луговых почвах Сурхан-Шерабадской долины“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 180 ta ilmiy maqolalar muallifi[1].

  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil“ esdalik nishoni (2021);
  • „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni (2017)[1].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.