Xolidjon Komilov
Xolidjon Komilov | |
---|---|
Tavalludi |
5-yanvar 1945-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Taʼlimi | Toshkent davlat meditsina instituti |
Dini | Islom |
Unvoni | Tibbiyot fanlari doktori, professor |
Mukofotlari |
![]() ![]() |
Xolidjon Komilov (1945-yil, 5-yanvar; Toshkent shahri) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xolidjon Komilov 1945-yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1968-yilda Toshkent davlat meditsina institutini bitirgan. 1988-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining oftalmologiya kafedrasi mudiri boʻlgan. 2015—2019-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlgan. 1972-yilda Xolidjon Komilov Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 800 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi: 2 ta monografiya, 8 ta uslubiy qoʻllanma muallifi. Bundan tashqari Komilov 8 ta fan doktori va 39 ta fan nomzodining ustozi hisoblanadi[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehnat shuhrati ordeni (2006-yil)
- Oʻzbekiston qahramoni (2012-yil)[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 166.
- ↑ „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.