Kontent qismiga oʻtish

Xojaniyaz biy tas madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Xojaniyaz biy tas madrasasi
qoraqalpoqcha: Xojaniyaz biy tas medresesi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qoraqalpogʻiston
Tuman Amudaryo tumani
Manzil Qipchoq OFY
Maktab yoʻnalishi Sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi operativ boshqaruv huquqi asosida
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida


Xojaniyaz biy tas madrasasi (Tas madrasa; qoraqalpoqcha: Xojaniyaz biy tas medresesi; qoraqalpoqcha: Tas medrese) — arxitektura yodgorligi. Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumani Qipchoq OFYda joylashgan.

Madrasa oʻzbek hukmdori Olloqulixon davrida (1825—1842) Qipchoq shahri hokimi Xojaniyaz biy mablagʻlari evaziga eski masjid-madrasa oʻrnida pishiq gʻishtdan 40 kishiga moʻljallab 1841-yili bunyod etilgan. Unda 1 ta mudarris ilm bergan. Turkiston general-gubernatorligi davrida unda 20—30 nafar talaba taʼlim olgani haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Bu davrda madrasadan xalq qozilari va koʻpgina bilimli kishilar yetishib chiqishgan[1].

Madrasa hozirda davlat muhofazasiga olingan — Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan[2].

  • Карлыбаев М.. Медресе в Каракалпакии XIX — начала XX вв.. Нукус: Билим, 2002 — 84-bet.