Xitoy meʼmorchilik sanʼati
O'rta asr san’ati taraqqiyotining dastiabki bosqichi ilk feodalizm davriga toʻgʻri keladi. Bu yerda feodal munosabatlar yangi eraning I asrlaridan boshlanib IV—VI asrlarda mustahkamlanib, XIX asrgacha davom etdi. Xitoy san’at va madaniyatining dastiabki yuksaklikka erishishi IV—VI asrlarga toʻgʻri keladi. IV asrdan boshlab, buddizmning Xitoyga kirib kelishi ham, bevosita me’morchilik va haykaltaroshlik san’ati turlarining kengayishi yangi janrlarning paydo boʻlishiga sabab boʻldi. Gʻorlarga monastirlar ishlash, yogʻochdan hashamatli ibodatxonalar qurish, buddizm avliyolari va tojilarga atab, oʻz xarakteri va mazmuni jihatdan hind stupalariga oʻxshash pagoda (ibodatxona)lar qurish keng yoyila boshladi (Yungan, Mayszishan, Syanfodun, Lunmin monastir va ibodatxonalari). Ilk feodalizm asrida (IV—VI asrlar) devoriy rang-tasvir va shoyiga rasm ishlash san’ati ham muhim oʻrinni egalladi, ayniqsa, dunyoviy rassomlik san’ati boshqa san’atlarga nisbatan o ʻzining yetuklik davrini boshidan kechirdi. Shoyi va qogʻozga rasm solish rivoj topdi. Ularda hayotiy mavzulardan tabiat manzaralari fonida aks ettiruvchi rasmlar paydo boʻldi. Gu Kaychji shunday rasmlar ishlagan rassomlardan biri hisoblanadi. Uning asarlari koʻchirmalarda yetib kelgan. Shu davrda san’atshunoslikka oid dastlabki risolalar ham paydo boʻldi. Se Xu (V asr)ning «Rassomlikning olti qonuni» risolasi san’atga oid toʻplangan tajribalarni o ʻzida mujassamlashtirdi. Kulolchilik san’atida ham katta yutuqlar qoʻlga kiritildi. Turli koʻza va xumlar shakli badiiy bezatilishi jihatidan avvalgi davrlarga nisbatan nafislashib bordi va asta-sekin chinni (farfor) buyumlar yasashga oʻtish jarayoni sezila boshladi. Xitoy oʻrta asr san’ati va madaniyatining eng gullagan davri rivojlangan feodalizm asri (VII—XIII asrlar)ga toʻgʻri keladi. Bu davrga kelib, Xitoyda oʻrta asrning eng katta davlatlari Tan (618—907) va Sun imperiyasi (960—1279) paydo boʻldi. Bu davlatlar oʻzga mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqani kuchaytirdiíar. Shaharlar rivojlanib, savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniyat markazlariga aylandi. Bu davrga kelib, xitoyliklar jahon aharniyatiga ega boʻlgan ixtirolar qildilar, ya’ni kompas, porox, gazeta kabilami yaratdilar. Bu davr san’ati oʻz xarakteri jihatidan dunyoviy boʻlib, ular ichida dastgoh rassomlik esa yetakchi oʻrinni egalladi. San’atdagi muhim oʻzgarishlar bu davrda yangi tur va janrlarning yuzaga kelishidagina emas, balki eng muhimi, inson ma’naviy dunyosiga boʻlgan qiziqishning yuksakligida, uning gumanistik zaminida yaqqol seziladi.
Me’morchilik sanʼati
[tahrir | manbasini tahrirlash]VII—XIII asrlar Xitoy me’morchiligi taraqqiyoti davrning umumiy sotsial-iqtisodiy shart-sharoiti bilan bogʻliqdir. Tan imperiyasi vaqtida yaratilgan me’morchilik yodgorliklari oʻzining aniq garmoniyasi, tantanavor me’morchilik shakllari, klassik soddaligi, vazmin, xotirjam koʻrinishi bilan xarakterlanadi. Shahar qurilishi ham aniq loyihaga ega boʻlib, umumiy koʻrinishi jihatidan tevarak-atrofi zovur va qalin devorlar bilan oʻraigan qo'rgʻonni eslatadi. Shahar esa qator kvartal (fani)larga ajratilib, alar devorlar bilan oʻralgan. «Berk shahar» deb nom oigan imperator saroyi ansambli harn minora va darvozasi boʻlgan pishiq devor bilan oʻrab chiqilgan. Tan asrida pagodalar qurilishi ham keng yoyilib, ular gʻisht va toshlardan qurilgan. Shunday pagodalardan eng mashhuri gʻishtdan qurilgan Dayanta pagodasidir. Bu pagoda 652-yilda qurila boshlangan, 704-yili esa 2 qavati qoʻshimcha qurilgan. Pagodaning umumiy balandligi 60 m, tag asosi esa kvadrat shaklida boʻlib, uning tomonlari 25 m. dan. U tepaga tomon torayib boradi. Pagoda yetti yarusga ajratilib, uning uch tomoni kichik stupa bilan tugallanadi. Har bir yarns gʻisht karnizlar bilan ajratilib, devor yuzasi plastrlar bilan boʻlib chiqilgan. Yuqoriga qarab kichrayib boruvchi yetti darcha binoning koʻrinishini yanada m onum ental, mustahkam va yuqorigaintiluvchi qilib koʻrsatadi. Sun davrida ham qator pagodalar qurildi. Ular endilikda faqat yogʻoch, gʻisht yoki toshdangina emas, balki temirdan ham qurilib, ularning shakllari ham oʻzgaradi. Endilikda pagodalar koʻproq olti, sakkiz qirrali qilib qurila boshlandi. Bundan tashqari, mayda detallarga e’tibor berish, haykal, naqsh va relyeflar bilan bezatishga e’tibor oitdi, Ular endilikda me’morchilik kompozitsiyasidan koʻra, koʻproq haykaltaroshlik yodgorligiga oʻxshab bordi. Tan asri pagodalariga xos vazminlik, soddaiik va ulugʻvorlik yoʻqola bordi[1].
Tasviriy san’at va haykaltaroshlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tan va San asri yutuqlari, ayniqsa, rassomlik san’atida kamolotga erishdi. Unda insonning tabiat goʻzalligiga boʻlgan cheksiz muhabbati oʻz ifodasini topdi. Bu davrda maishiy janrda shahar hayotiga bagʻishlangan rassomlik asarlari yuzaga keldi. Xitoy san’atida «Gul va qushlar» janri ham rnuhim oʻrinni egallaydi. Parda, yelpigʻich va shunga oʻxshash turmushda ishlatiladigan buyumlar yuzasiga qush, oʻsimliklar, hashorotlarning tasvirlari ishlandi. Tan asrida devoriy rassomlik san’ati ham muhim o'rinni egalladi. Budda monastirlar, saroylar devoriy suratlar bilan bezatildi. Dunxuan yaqinidagi Syanfodun ibodatxonasiga ishlangan suratlar bu davr devoriy rassomligi toʻgʻrisida tasavvur beradi. Bu suratlarda diniy mavzularda ishlangan kompozitsiyalardan tashqari, oddiy hayotni tasvirlovchi maishiy janrdagi kompozitsiyalar ham keng uchraydi.Tan asri rassomchiligining yutuqlari manzara janrida yaqqol namoyon boʻladi. Bu davrda koʻpgina manzarachi rassomlar yashab ijod etgan. Ularning asarlari koʻp hollarda boʻyiga oʻralgan matolarga ishlangan. Kompozitsiyani bunday boʻyiga ishlash dunyoning cheksiz va ulugʻvor ekanini koʻrsatishga imkon bergan. Rassomlar asarlarida baland, serviqor togʻ cho'qqilarini, sukunat ichiga choʻmgan oʻrmon, gʻorlarni tasvirlaydilar. Ularning tantanavor, sirli koʻrinishlari kishilami tabiat, hayot toʻgʻrisida fikr yuritishga davat etadi. Manzara san’atining ravnaqi Sun asrida yangi tamoyillar bilan boyidi, mazmunan yanada chuqurlashdi. Sun davri manzarachi rassomlaridan bin Go Si (1020—1090) oʻtmish manzara san’ati yutuqlarini chuqur oʻzlashtirib, uning hayotiy mazmunini yanada boyitdi. U oʻz risolalarida voqelikning tasviri real bo lishi kerakligini uqtirdi va tabiatni chuqur oʻrganish asosida asar yaratishni talab qildi. Tabiat goʻzalligi esa uning doimiy yangilanib borishida ekanligini ta’kidladi. Tabiat sirlarini chuqur oʻrganish, o'tmish an’analarini yaxshi bilish asosidagina rassom oʻz uslub va san’atini yaratishi mumkinligini koʻrsatdi. Go Si «Kuz tumani» asarida chiziqlar ritmi va havo perspektivasi imkoniyatlaridan foydalanib, turnan ichra choʻkkan cheksiz va ulugʻvor tabiat obrazini yaratadi. Go Si qora boʻyoq-tush imkoniyatlaridan oʻrinli foydalanadi. Birinchi planning toʻq boʻyoqlarda aniq qilib ishlanishi (daraxt va kulbalar), orqa planning yengil belgilab chiqilishi tabiat cheksizligi va ulugʻvorligini koʻrsatishga xizmat qiladi.Ijodkor tomonidan his etilgan kuz fasliga xos munglilik va sukunat turnan paytidagi biroz nam havo tasvirida aks ettirilgan. Sun asrining mashhur rassomlaridan biri Ma Yuan (1190— 1224) manzara asarlaming muallifidir. Uning manzaralari sodda, hayajonli boʻlgan. U oʻz asarlarida sanoqli obraz, predmetlardan foydalanadi. Lekin chiziq va shakllarning emotsional imkoniyatidan unumli foydalanish hisobiga oʻz asarlarining tugal va ta’sirchan bolishiga erishadi. Asarlari esa mungli va xavotirlanish kayfiyati bilan «sug'orilgan». «Qishki koʻldagi baliqchi» asari Ma Yuan ijodiga xos tomonlami namoyon qiladi. Rassom qayiqdagi tanho baíiqchini tasvirlaydi. Koʻlning qirgʻoqlari koʻrinmaydi. Ular yengil turnan ichida yoʻqolgan. Faqat baliqchi silueti shu suv to ʻlqinlarida tebranadi, atrofini oʻrab oigan chiziqlar shu harakatni kuchaytirib kompozitsiya dinamikasini oshiradi. Rassomning «Togʻdagi yomgʻirli kun», «Oydin kecha» asarlari ham o ʻzining shoirona yechimi bilan esda qoladi. Ma Yuan zamondoshi Sya Guy (1190—1225) an’anaviy manzara san’ati namunalari davom ettirib, uni yanada chuqurlashtirdi. Inson va tabiat orasidagi bogʻliqlikni Ma Yuanga nisbatan yaxshiroq koʻrsatishga harakat qildi. Insonning tabiat bilan kurashiga bagʻishlangan kompozitsiyalarni ishladi. Sun asrida maishiy janr ham rivojlandi. Shahar hayotiga bagʻishlangan lavhalar — xalq sayillari, zodagonlar hayotidan olingan syujetlarda koʻplab asarlar yaratildi. «Gullar va qushlar» janri ham Sun asrida rivojlandi. Moʻgul bosqinchilari Xitoyga bostirib kirib, uning madaniy hayotiga qattiq zarba berdi. Lekin moʻgʻullarga qarshi boʻlgan norozilik XIII asrning 40-yillarida monax Gju Yuan Chjan rahbarligidagi xalq qoʻzgʻolonida oʻz aksini topdi va moʻgʻullar uzil-kesil Xitoydan uloqtirib tashlandi. San’at va madaniyat yana oʻzining ravnaq yoʻliga qadam qoʻydi. XII—XIII asrlar san’atiga xos yuksaklik davri kishilarning orzusiga aylanib qoldi. Rassomlar ijodida individual xususiyatlar yoʻqola boshladi. O'tmish an’analariga taqlid qilish, koʻchirish ijodda passivlikni keltirib chiqardi. Lekin moʻgʻullar istibdodi tugagach, me’morchilikda birmuncha jonlanish sezildi. Ajoyib saroy va ibodatxonalar yuzaga keldi. Yangi shaharlar barpo boʻldi. Oʻtmish Xitoy me’morchilik an’analari yangi davr mazmuni bilan boyidi. Pekindagi «Berk shahar» deb nom olgan imperator saroyi Xitoy me’morchilik san’atining muhim nodir yodgorligi hisoblanadi. Qator me’morchilik komplekslaridan tashkil topgan bu saroy katta maydonni egallagan. Zinalar, yoʻllar, suhbat qurish uchun moʻljallab qurilgan shiyponlar maysa va daraxtlarga boy tabiat qoʻynida uning ajralmas qismiga aylangan. Binolar oʻyma va rang naqshlari bilan bezatilgan. Pekin ibodatxonalari ham katta komplekslardan iborat bolgan. Koʻmish marosimi bilan bogʻliq boʻlgan m e’morchilik kompleksi ichida Min sulolasi (1368—1644) maqbaralari majmuyi alohida oʻrinni egallaydi. Ibodatxona, minora, yer osti uy va saroylari koʻmish marosimi bilan bogʻliq boʻlgan me’morchilik kompleksini tashkil etadi. Unga boradigan yoʻl chekkasiga esa hayvon va odam larning haykallari qatori ishlangan. Me’morchilikda jimjimadorlik va serhashamlikka intilishning ortishi awalgi davr Xitoy me’morchiligiga xos sipolik, soddalik va ulugʻvorlikning yoʻqolib borishiga olib keldi. Qurilgan binolarda bezakka e’tibor berish uning emotsional kuchini soʻndira boshladi. Rassomlik san’atida shoyiga gul ishlash an’anaviy uslubda, avvalgi davr uslublarini qaytarish hisobiga bordi. Shu oʻrinda «Amaldor xotini xizmatkor bilan» (XVI asr) asari e’tiborli. XIX asrda Xitoyda oʻrta asr me’morchiligining soʻnggi namunalari yuzaga keldi[2].
Amaliy bezak san’ati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asr Xitoy amaliy san’ati ham mashhurdir. Chinni buyumlar, tosh, yogʻoch va suyak oʻymakorligi borasidagi bu davr yutuqlari qaytarilmasdir. Inkrustatsiya uslubida ishlangan tnebel, kashtachilik va to ʻqimachilik san’ati namunalari tashqi bozorlarda yuksak qadrlandi. Xitoy san’ati Sharqdagi koʻp xalqlar va elatlar san’ati va madaniyati bilan yaqin aloqada boʻldi, ulardan ta’sirlandi. Shu bilan birga, ularga ham oʻz ta’sirini oʻtkazdi. Qadimiy boy an’anaga ega bolgan Xitoy san’ati oʻziga nisbatan yangi shakllanayotgan davlatlar san’atining shakllanishida muhjm rol oʻynadi. Yaponiya, Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari san’atkorlari qadimiy Xitoy san’ati an’analaridan ozuqa oldi[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qadimgi Rim meʼmorchilik sanʼati
- Vizantiya meʼmorchilik sanʼati
- Qadimgi Hindiston meʼmorchilik sanʼati
- Qadimgi Sharq meʼmorchilik sanʼati
Galareya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Guilin_Pagodas
-
Wuta_Si_(Five_Pagoda_Temple)
-
Kōfuku-ji_pagoda
-
Buyuk Xitoy devori