Kontent qismiga oʻtish

Geodeziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Geodeziya (geo-yer va yun. daio — boʻlaman) — Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash,Yer yuzasini plan va xaritalarda tasvirlash hamda muhandislik inshootlarini qurishdagi qidiruv ishlari, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda bajariladigan oʻlchash ishlari haqidagi fan.

Geodeziya,oliy geodeziya, geodeziya yoki topografiya, muhandislik geodeziyasi, xaritagrafiya va fototopografiya kabi mustaqil fanlarga boʻlinadi.Yer shakli va oʻlchamlarini aniqlash, mamlakat xaritalarini tuzish uchun kerakli bosh geodezik asosni barpo etish,uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada saqlab turish,katta maydonlarda olib boriladigan geodezik oʻlchash ishlari tashkil etish,ularni bajarish bilan oliy geodeziya shugʻullanadi.Yer yuzasining ayrim boʻlaklarini bosh reja,xarita va profillarda tasvirlashda bajariladigan geodezik oʻlchash ishlari bilan muhandislik geodeziyasi,Yer yuzasining katta boʻlagini tasvirlash usullari bilan xaritagrafiya, joyning bosh reja va xaritalarini fotosuratlardan foydalangan holda tuzish usullarini fototopografiya fani oʻrganadi.

Qadimda yer oʻlchash va xoʻjalik ishlari uchun plan hamda haritalar tuzishda geodeziyadan foydalanishgan. Mil. av. VII asrda Bobil va Ossuriyada loydan ishlangan taxtachalarga geografik haritalar tuzishgan. Mil. av. VI-IV asrlarda Yerning sharsimon ekanligini aytishgan. Mil. av. III asrda Misrda unumdor yerlarni boʻlish va oʻlchash bilan shugʻullanganlar. Keyinchalik joylarni oʻlchash va Yer oʻlchamlarini aniqlash, tarx tuzish, muhandislik inshootlarini qurishda geodeziya oʻlchashlar bajarilgan. Misrlik olim Eratosfen toʻgʻri geometrik prinsiplar asosida birinchi marta Yer sharining radiusini aniqlagan. Shu davrlarda Aristotel ishlarida "geodeziya" astronomiya, haritagrafiya va geogr. bilan bogʻliq boʻlgan bilimlar tarmogʻi sifatida namoyon boʻla boshladi. Mil. av. II asrda astronom va matematiklar joyning geografik kengligi va uzunligi hamda haritalardagi meridianlar va parallellar toʻgʻrisida tushunchalar kiritishgan. Yunoniston va Misr olimlari Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlaganlar. Geodeziya fani Arabiston, Xitoy, Hindiston va Oʻrta Osiyoda ham taraqqiy etgan.

IX asr boshlarida Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Xorazmiy, keyinchalik Abu Rayhon Beruniy Yerning oʻlchamlarini aniqlaganlar. Abu Rayhon Beruniyning geodeziyaga oid asari "Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniq-lash" — "Geodeziya" ilk asar boʻlib unda haritagrafiyaga doyr koʻp masalalar yechilgan va geodeziyaning fan sifatida shakllanishiga ana shu kitobi asos boʻlgan. Oʻsha davrda xalifa Maʼmunning topshirigʻiga binoan birinchi marta almavsil (Mosul) sh. yaqinida gradus oʻlchamlari bajarilib, Yer sharining radiusi aniq oʻlchab topilgan. Hoz. zamon geodeziya va geodezik ishlarning rivojlanishi XVII asrda qarash trubasining va triangulyatsiya usulining ixtiro kilinishidan boshlangan. Burchak oʻlchash asbobi — teodolitnint paydo boʻlishi hamda uning qarash trubasi bilan birlashtirilishi triangulyatsiyada burchak oʻlchashlarning aniqpigini oshiradi. Yer sirtidagi nuqta balandligini aniqlaydigan barometr ixtiro qilindi, topografik haritalar tuzishni soddalashtiruvchi topografik suratga olishning grafik usullari ishlab chiqildi. 18-asr oʻrtalarida fransuz olimi A. Klero Yer shaklining asosiy nazariyasini ishlab chiqdi va Yer sferoidida geografik kenglikka bogʻliq hodda ogʻirlik kuchining oʻzgarish qonunini asoslab berdi. Tortishish qonunining yaratilishi va geodezik ekspeditsiyalarning oʻtkazilganligi geodeziya Yer shakli va uni oʻrganish usullari haqidagi mustaqil fan sifatida namoyon boʻldi. Soʻnggi yillarda kosmik geodeziya rivojlangan fanlar qatoridan oʻrin oldi, chunki rivojlangan mamlakatlarda geodezik oʻlchash ishlarining asosiy qismi Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida bajarilmoqda. Ayni vaqtda Oʻzbekistonning davlat geodezik tarmogʻi yangi texnologiya — Yer sunʼiy yoʻldoshi texnologiyasi asosida qayta barpo etilmoqda. Oʻzbekistonda geodeziyaga doyr ilmiy tadqiqot ishlari Oʻzbekiston FA Astronomiya institutida, OʻzMU, Toshkent texnika untida, Toshkent va Samarkand arxitekturaqurilish institutlari va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash intida olib boriladi (yana q. Astronomiya). Asosiy geodezik ishlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya haritagrafiya va kadastr bosh boshqarmasi bajaradi.

Oliy geodeziya fanidan  yerning shakli va o‘lchamlari, uning gravitatsiya maydoni, geodezik va astronomik koordinatalar, Laplas azimutlari hamda reduksiya masalalari, davlat geodezik tarmoqlarini qurish pritsiplari va ularni qurish usullari, tarmoqlarni loyihalash, ularni joyda mahkamlash va tarmoq aniqligini old baholash masalalari, yuqori aniqlikdagi burchak o‘lchash asboblari, davlat nivelir tarmoqlarini qurishni nazariy masalalari, ularni loyihalash va aniqligini baholash, yuqori  aniqlikdagi nivelirlar, geodezik tarmoqlarda dastlabki hisoblashlarga va Gauss – Kryugerning tekislikdagi proeksiyasida geodezik tarmoqlarni parametrik va korellata usullarida tenglashtirishning nazariy masalalari, sun’iy yo‘ldosh geodezik tarmoqlarini rivojlantirish usullari va texnologiyalari, GPS  koordinatalari sistemasi, GPS priyomniklari va joy nuqtalari koordinatalarini aniqlash masalalari o'rganiladi.