Xarcho
Xarcho (gruzincha: ხარჩო, dzrohis khortsi kharshot — mol go'shtidan tayyorlangan sho'rva [1]) — guruch, yong'oq va tklapi[2] yoki tkemali nordon sousi bilan birga dasturxonga tortiluvchi gruzincha milliy mol go'shti sho'rvasi hisoblanadi.[3]
Sho'rva juda achchiq bo'lib, uning tarkibida juda ko'p miqdorda sarimsoq va ko'katlar (asosan, kinza) mavjud va boshqa sho'rvalarga qaraganda ancha quyuq, u "sho'rvada suyuqlik yarmigacha bo'lishi kerak" qoidasiga amal qiladi. Hattoki qarshi nazar ham mavjud: "haqiqiy xarcho — bu sho'rva emas, balki tuzilishga ko'ra karriga o'xshash to'laqonli issiq taomdir".[4]
Ushbu gruzincha milliy taomining boshqa go'shtli sho'rvalardan ajralib turuvchi o'ziga xos xususiyati — bu uning tayyorlanishida faqatgina mol go'shtidan (asosan, ko'krak qafasi yoki kamdan-kam hollarda rulka), tkemali olxo'risi va qirg'ichdan chiqarilgan yong'oqdan foydalanilgan. "Klassik" retseptga ko'ra, taomdan ushbu uchta tarkibni olib tashlash yoki boshqalariga almashtirish mumkin emas.[3] Xarcho retsepti orqali u Gruziyaning qaysi hududiga tegishli ekanligini bilish mumkin (gruzincha megrelcha va boshqalarda xarcho sho'rvalarining turlari mavjud), ammo uning tarkibi — tklapi va yong'oq bilan tayyorlangan achchiq mol go'shti sho'rvasi bo'lib, o'zgarishsiz qoladi.
Biroq, kundalik oshxonada tklapi (katta korjdan olingan katta bo'lak — lavash, xarcho qo'shib, botirilgan) yoki boshqa taomlar bilan o'rindosh bo'lishi mumkin; xarcho retseptlarida ko'pincha "tklapi, bir kaftdek bo'lak"ni topishingiz mumkin) yangi alichu, tkemali sousi, anor sharbati yoki pomidor va tomat pastasi bilan dasturxonga tortiladi.
Xarcho sho'rvasi Sovet oshxonalarida[2][5] va Kubandagi uy oshxonalarida mashhur taomga aylangan.[6]
Xarchoning nomini xazilkash Grigoriya Gorinning "Xarcho istayman!" yaratgan.[7]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Похлёбкин 1983.
- ↑ 2,0 2,1 Тихменева М. „Самый пряный суп. Как приготовить настоящий грузинский харчо“. aif.ru (2016-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ 3,0 3,1 В. В. Похлёбкин 2015.
- ↑ „10 ошибок, которые мы делаем в грузинских ресторанах в Москве“ (ru). Time Out. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ Жигунова М. Все мы в одном этническом котле // «Родина», № 9, 2014 — С. 16-19 — ISSN: 0235-7089
- ↑ Астапов М. Б., Абрамов В. П. Добро пожаловать на Кубань! // «Мир русского слова», 2009
- ↑ Григорий Горин ХОЧУ Харчо! (Монолог официанта)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Похлёбкин В. В. Харчо // Кулинарный словарь. — М.: Издательство «Э», 2015. — С. 381—382. — 456 с. — 4000 экз. — ISBN 978-5-699-75127-3.
- Похлёбкин В. В. „Харчо (грузинская кухня)“, . Национальные кухни наших народов. М.: Лёгкая и пищевая промышленность, 1983 — 124-bet.
- Харчо // Культура питания. Энциклопедический справочник / Под ред. И. А. Чаховского. — 3-е издание. — Мн.: «Белорусская энциклопедия имени Петруся Бровки», 1993. — С. 387. — 540 с. — ISBN 5-85700-122-6.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |