Xamidulla Akbarov
Xamidulla Akbarov | |
---|---|
Xamidulla Ilyasovich Akbarov | |
Tavalludi |
13-dekabr 1936-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent Davlat universiteti |
Kasbi | yozuvchi, jurnalist |
Unvoni | professor |
Xamidulla Ilyasovich Akbarov (1936-yil 13-dekabrda Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSRda tugʻilgan) – sovet va oʻzbek kinoshunosi, yozuvchi va jurnalist[1].
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yozuvchi 1936-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1960-yilda V. I. Lenin nomidagi Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti) filologiya fakultetini tamomlagan. 1962—1965-yillarda SSSR Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at tarixi institutining kinoshunoslik fakultetida aspiranturani tamomlagan. 1966-yilda „Oʻzbek dublyaj kinematografiyasining shakllanishi va rivojlanishi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, Oʻzbekiston SSR Madaniyat vazirligiga qarashli H. H. Niyoziy nomidagi sanʼatshunoslik institutida ishlagan, kino sektoriga rahbarlik qilgan[2].
Hamidulla Akbarov kinematografiyaga oid „Kamolot, oʻzbek kinosining 30 yillik yoʻli. 1935–1965“, „Estetika va zamonaviylik“, „Sehrli nur“ kitoblari muallifi hisoblanadi. Oʻzbekiston kinematograflari va milliy kinosi haqida ocherklar („Sovet kinosi tarixi“ning II va III jildlari, „20 rejissyor biografiyasi“, „Kinematografiya masalalari“, „Kino tarixidan“ toʻplamlarini yozgan. Toshkent televideniyesida „Kino olamida“ koʻrsatuvini ham olib borgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „АКБАРОВ Хамидулла Ильясович“. academic.ru. Qaraldi: 21-mart 2024-yil.
- ↑ „Хамидулла Акбаров“. uzbekkino-ussr.asia. Qaraldi: 21-mart 2024-yil.
- ↑ „Состоялась творческая встреча с Хамидуллой Акбаровым“. uza.uz. Qaraldi: 21-mart 2024-yil.