Xadichai Kubro madrasasi
Madrasa | |
Xadichai Kubro madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Olmazor tumani |
Manzil | Olmazor dahasi Fayziobod koʻchasi 1-uy |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki |
Asoschi | Normuhamedova Malikaxon Nig’matovna |
Asosiy sana: | |
Holati | ayol-qizlar oʻrta-maxsus islom bilim yurti |
Sayt | Rasmiy sayt |
Xadichai Kubro madrasasi (1993—1998-yillarda Eshon Boboxon madrasasi) — Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi ayol-qizlar oʻrta-maxsus islom bilim yurti. Toshkent shahrida (Oʻzbekiston, Toshkent, Uchtepa tumani, Oʻrikzor dahasi, Zarafshon koʻchasi 15-uyda) joylashgan[1].
Madrasa oʻz faoliyatini 1993-yilda Eshon Boboxon nomi ostida boshlagan. 1998-yilda nomi Xadichai Kubroga oʻzgartirilgan[1].
Bilim yurtida Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi musulmonlari uchun oʻrta maʼlumotli dinshunos, odobnoma, boshlangʻich arab tili oʻqituvchisi tayyorlanadi. Oʻqish muddati 3 yil[2] (ilgari 4 yil boʻlgan[1]).
Hozirda talabalarga 30 ga yaqin oliy maʼlumotli mudarrislar dars berishmoqda. Bilim yurti ikki qavatli binoda joylashgan boʻlib, jami 7 ta oʻquv mashgʻulot xonalari mavjud[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Xadichai Kubro madrasasi“. Shosh.uz. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Taʼlim muassasasi“. Xadicha.uz. 2021-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2021-09-24 sanasida arxivlangan)