Kontent qismiga oʻtish

Xabibullo Abdusamatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xabibullo Ismoilovich Abdusamatov
Tavalludi 27-oktyabr 1940-yil
Samarqand Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, SSSR
Fuqaroligi Rossiya
Sohasi Astrofizik
Ish joylari Pulkovo rasadxonasi
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti

Xabibullo Ismoilovich Abdusamatov (ruscha: Хабибулло Исмаилович Абдусаматов; 1940-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) – rus astrofiziki. U Xalqaro kosmik stansiyaning rus boʻlimi Astrometriya loyihasining rahbari va Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Pulkovo observatoriyasida koinot tadqiqotlari laboratoriyasining rahbari[1][2][3]. Uning fikricha, global isish birinchi navbatda tabiiy jarayonlar tufayli yuzaga keladi.

Abdusamatov 1964-yildan Pulkovo rasadxonasida ilmiy xodim, stajyor, aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, soʻngra Koinot tadqiqotlari laboratoriyasining mudiri lavozimlarida ishlagan[4]. U Pulkovo rasadxonasining kosmik tadqiqotlar boʻlimi rahbari va Xalqaro kosmik stansiyaning Rossiya segmentidagi Selenometriya loyihasi rahbari boʻlgan.

Iqlim bilan bogʻliq qarashlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyosh sistemasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdusamatov Iqlim oʻzgarishi boʻyicha toʻrtinchi va toʻqqizinchi xalqaro konferensiyada hamda Heartland instituti homiyligida oʻtkazilgan tadbirlarda maʼruza qildi[5][6]. Abdusamatovning taʼkidlashicha, „global isish atmosferaga gazlarining chiqishi emas, balki quyosh radiatsiyasining gʻayrioddiy darajada yuqoriligi va uning intensivligining deyarli oʻtgan asr davomida uzoq davom etgan oʻsishi natijasida yuzaga keladi“. Bu fikr iqlim oʻzgarishi boʻyicha ilmiy konsensusga ziddir[7][8][9]. Uning taʼkidlashicha, „bir vaqtning oʻzida Marsda va Yerda kuzatilayotgan parallel global isish – faqat bitta omil taʼsirning natijasi boʻlishi mumkin: quyosh nurlanishining uzoq vaqt oʻzgarishi[10].“ Bu daʼvo kengroq ilmiy jamoatchilik tomonidan qabul qilinmagan. Baʼzi olimlar ushbu qarash nazariya yoki kuzatishlar bilan isbotlanmagan deb taʼkidladilar[11][12].

Abdusamatov Yer atmosferasi issiqxona effektini yaratmaydi deb hisoblaydi. Shuningdek, u "Yer atmosferasiga „issiqxona effekti“ xossalarini bogʻlash ilmiy asoslanmagan deb taʼkidlagan[13].

21-asrdagi kichik muzlik davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil boshida Abdusamatov 2014-yilda boshlanib 2055-yilgacha davom etadigan kichik muzlik davri boʻlishini bashorat qilgan edi[14][15].

  1. Pulkovo Observatory
  2. photo[sayt ishlamaydi]
  3. „Measure temporary variations of shape and diameter of the Sun, as well as fine structure and dynamics of the granulation on the Service module of the Russian segment of the International Space Station“. Pulkovo Observatory of Russian Academy of Sciences. 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.
  4. „HABIBULLO ABDUSSAMATOV“. International Conference on Climate Change The Heartland Institute.
  5. Habibullo Abdussamatov, ICCC Speakers
  6. „Media Advisory: Heartland Institute to Host 6th International Conference on Climate Change in Washington“. 2015-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-fevral.
  7. „Research | Research news | 2004 | How Strongly Does the Sun Influence the Global Climate?“. Mpg.de (2004-yil 2-avgust). Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.
  8. Sunʼs Activity Increased in Past Century, Study Confirms
  9. Lockwood, M.; Fröhlich, C. (2008). "Recent oppositely directed trends in solar climate forcings and the global mean surface air temperature. II. Different reconstructions of the total solar irradiance variation and dependence on response time scale". Proceedings of the Royal Society A: Mathematical, Physical and Engineering Sciences 464 (2094): 1367. doi:10.1098/rspa.2007.0347. 
  10. „Look to Mars for the truth on global warming“. National Post. 2007-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 2-mart.
  11. Ker Than. „Sun Blamed for Warming of Earth and Other Worlds“. Live Science (2007-yil 12-mart). Qaraldi: 2007-yil 6-sentyabr.
  12. Kate Ravilious. „Mars Melt Hints at Solar, Not Human, Cause for Warming, Scientist Says“. National Geographic Society. 2018-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  13. „Look to Mars for the truth on global warming“. Canada.com (2007-yil 2-fevral). 2007-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-iyun.
  14. „New Ice Age to Begin in 2014“. Russia InfoCentre. Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  15. Abdussamatov, Habibullo I. (February 2012). "Bicentennial Decrease of the Total Solar Irradiance Leads to Unbalanced Thermal Budget of the Earth and the Little Ice Age". Applied Physics Research 4 (1): 178–184. doi:10.5539/apr.v4n1p178. ISSN 1916-9639. 

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]