Winny Puhh
Winny Puhh | |
---|---|
Winny Puhh guruhi Ringvaade televizion shousida | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | Põlva, Estoniya |
Faoliyat yillari | 1993—hozirgi kunga qadar |
Janr | Rok, metal |
Leybl | Legendaarne Records |
Tarkib |
Indrek Vaheoja Silver Lepaste Ove Musting Indrek Nõmm Kristjan Oden Olavi Sander |
Vebsayt | myspace.com/winnypuhh/ |
Winny Puhh — 1993-yilda Estoniyaning Põlva shahrida tashkil etilgan musiqiy guruh. Guruh taʼsischilar hisoblangan Ove, Indrek va Olavi bir-birlari bilan maktab paytlaridan beri tanish edilar. 2009-yilda barabanchi Olavi Sander (Olevik) guruhni vaqtincha tark etdi va uning oʻrniga Kristjan (Väikepax) keldi. Ammo keyinroq Olevik qaytib keldi va guruhda ikkita barabanchi boʻldi. Guruh aʼzolari koʻpincha oʻziga xos kostyumlarda chiqish qilishadi[1].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guruh mashhur personaj hisoblangan Winnie-the-Pooh sharafiga nomlangan. Oʻn uch yil birga ijod qilishganidan soʻng, ular 2006-yilda „Nuudlid ja hapupiim“ (inglizcha: Noodles and Sour Milk) qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlib ketdi. Ular ushbu qoʻshigʻi bilan Raadio 2 teleradiostansiyasining yillik xitlari orasidan oʻrin olishdi.
2008-yilda Winny Puhh guruhining „Vanamutt“ (inglizcha: The Old Lady) videoklipi Estoniyaning Eesti Muusikaauhinnad musiqa mukofotiga nomzod boʻldi. 2009-yilda G-Enka nomi bilan mashhur boʻlgan Henry Kõrvits „Peegelpõrand“ (inglizcha: Mirror Floor) qoʻshigʻini kuylash uchun Winny Puhh guruhiga qoʻshildi. Ushbu tarona 2009-yilgi Raadio 2 teleradiostansiyasining Top 40 reytingida 456 ta ovoz bilan oltinchi oʻrinni egalladi[2].
2013-yilda Winny Puhh guruhi Eurovision qoʻshiq tanlovi 2013 musobaqasining Estoniyadagi bosqichi finalida „Meiecundimees üks Korsakov läks eile Lätti“ (inglizcha: Korsakov, the guy around our area, went to Latvia yesterday) qoʻshigʻi bilan ishtirok etdi. Ular tanlovda Birgit Õigemeel va Grete Paialardan keyin uchinchi oʻrinni egalladi[3]. „Meiecundimees üks Korsakov läks eile Lätti“ (inglizcha: Korsakov, the guy around our area, went to Latvia yesterday) taronasining kengaytirilgan versiyasi Parijda Rick Owens moda koʻrgazmasida namoyish etildi[4].
Guruh aʼzolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Indrek Vaheoja (Korraldajaonu) — Vokal
- Silver Lepaste (Kartauto) — Gitara
- Ove Musting (Jürnas Farmer) — Gitara, Vokal
- Indrek Nõmm (Koeraonu) — Bass gitara
- Kristjan Oden (Väikepax) — Baraban
- Olavi Sander (Doktor O) — Baraban
Albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Täämba õdagu praadimi kunna (2006)
- Brääznik (2010)
- Kes küsib (2014)
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vidrik Võsoberg. Winny Puhh ajab udu ja teeb uut plaati. LõunaLeht, 7 July 2009
- Mari Leosk. Setod: Winny Puhh pole mingid setod. LõunaLeht, 28 January 2010
- Russell Smith. Who (or what) is Winny Puhh? You’d know if you saw the Eurovision Song Contest. The Globe and Mail, 3 April 2013
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Laupäevane kompott. 10. September 2006
- ↑ AASTAHITT 2009: Parim kodumaine lugu on Koit Toome „Kaugele siit“ 02. January 2010.
- ↑ Meiecundi Winny Puhh kogub fänne teispool ookeani 28. March 2013
- ↑ Eurovision Rejects Winny Puhh Perform Upside-Down at Rick Owens