Kontent qismiga oʻtish

WikiRank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

WikiRank - bu Vikipediyaning turli tillardagi versiyalaridagi maqolalarni avtomatik nisbiy baholash va taqqoslash uchun onlayn xizmat hisoblanadi. 2015-yilda Belarus va Polshalik tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan[1].

WikiRank reytingi maʼlumotlar toʻplami 37 milliondan ortiq Vikipediya maqolalari uchun mavjud[2].

Vikipediya — koʻp tilli, erkin, onlayn ensiklopediya hisoblanadi va u koʻngillilar jamoasi tomonidan ochiq hamkorlik hamda vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladi. Ushbu loyiha 2001-yil 15-yanvarda mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga toʻldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp ko'zdan kechiriladigan maʼlumot manbasiga aylangan[3].

Ushbu tizim birinchi marta 2015-yilda ilmiy maqolada turli matnlarning sifatini baholash algoritmini amalga oshirishning alfa versiyasi sifatida tilga olingan[4]. WikiRank xizmatidan foydalangan holda sifatni baholash natijalarini tavsiflovchi ilmiy ishlardan biri 2017-2018-yillardagi Vikipediya va boshqa Vikimedia loyihalarining eng muhim kashfiyotlaridan biri sifatida tan olingan[5].

2018-yil noyabr oyida xizmat turli tematik reytinglardagi maʼlumotlarni koʻrsatish uchun DBpedia va Wikidata maʼlumotlaridan foydalanishni boshlagan. 2019-yil may oyida WikiRank mahalliy va global jihatdan ommabop bo`lgan maqola funksiyasini taqdim etdi va 39 milliondan ortiq Vikipediya maqolalari uchun sifat, ommaboplik va mualliflik qiziqishlari koʻrsatkichlariga ega ommaviy maʼlumotlar toʻplamini eʼlon qildi[6].

Kelajakda WikiRank sifatni baholashning yangi parametrlarini, jumladan Facebook, Twitter, Reddit, VKontakte, LinkedIn va boshqa ijtimoiy portallardan ijtimoiy signallarni, shuningdek Google, Bing, Yahoo!, Baidu, Yandex va boshqa qidiruv tizimlarini qo`llab-quvvatlashni nazarda tutgan[7][8][9].  

WikiRank turli oliy taʼlim muassasalarida masalan, Varshava universitetida didaktik maqsadlarda ham qoʻllanadi[10]. WikiRank tomonidan taqdim etilgan reytinglar kartalar sifatini aniqlash maqsadida foydalanadi[11].

  1. Илья Параскевич. „В Википедии про «Нашу Ниву» и Беларусь чаще всего читают на английском, русском и немецком языках“. m.nashaniva.by (2017-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
  2. „Quality scores for Wikipedia articles (July 2018)“ (2018). DOI:10.6084/m9.figshare.7272713.
  3. „Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha)“. Alexa Internet. 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 fevral, 2012. (Wayback Machine saytida 2018-12-25 sanasida arxivlangan)
  4. {{{заглавие}}}.
  5. Wikimania 2018 — the most important findings of the year (Wayback Machine saytida 2021-10-27 sanasida arxivlangan) — Department of Information Systems
  6. „WikiRank 05.2019 - quality, popularity and AI for Wikipedia articles“ (2019). DOI:10.6084/m9.figshare.8231273.v2.
  7. Lewoniewski, Włodzimierz; Härting, Ralf-Christian; Węcel, Krzysztof; Reichstein, Christopher; Abramowicz, Witold. Application of SEO Metrics to Determine the Quality of Wikipedia Articles and Their Sources(ingl.) // Information and Software Technologies. ICIST 2018. Communications in Computer and Information Science : journal. — 2018. — 29 August (vol. 920). — P. 139——152. — DOI:10.1007/978-3-319-99972-2_11.
  8. Judd, T., & Kennedy, G. (2011). Expediency‐based practice? Medical students' reliance on Google and Wikipedia for biomedical inquiries. British Journal of Educational Technology, 42(2), 351-360.
  9. Rechenberg, U.; Josten, Christoph H.; Klima, Stefan. Is It Possible to Enhance Our Expert Knowledge from Wikipedia?(ingl.) // Zeitschrift fur Orthopadie und Unfallchirurgie Volume 153, Issue 2, 1 April 2015 : journal. — 2015. — P. 171——176. — DOI:10.1055/s-0034-1396207.
  10. Wikipedia jako źródło informacji — USOSweb UW
  11. Infoboxes.net