WikiOromgoh
Loyiha sahfasini koʻrish uchun Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh, Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 2-mavsum, Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 3-mavsum va Vikipediya:WikiStipendiya marafoni/WikiOromgoh 4-mavsum sahifalariga oʻting
WikiOromgoh | |
---|---|
WikiOromgoh Awards Ceremony.jpg | |
Oʻtkazilgan joyi | Yoshlar oromgohi |
Boshlanish sanasi | 1-avgust 2022-yil |
Davomiyligi | 7 kun |
Tugash sanasi | 7-avgust 2022-yil |
Tashkilotchi | YIA |
Tijoriy tadbir | yoʻq |
Qatnashuvchilar | 150 kishi |
WikiOromgoh Vikiomborda |
WikiOromgoh – Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan „WikiStipendiya“ marafoni[1] doirasida oʻtkazilgan tadbir boʻlib, u bir hafta davomida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Yoshlar ishlari agentligiga qarashli oromgohda oʻtkazilgan.
Eʼlon qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 19-iyul kuni Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev oʻzining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi kanalida «WikiStipendiya» marafoni[2] doirasida oʻtkaziladigan Wikioromgoh loyihasi haqida eʼlon qiladi va quyidagicha xabar qoldiradi:
“WikiOromgoh”ga start beramiz!
Bir hafta davom etadigan mazkur oromgohda ishtirokchilar Vikipediya administratorlari tomonidan mahorat darslari, taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar va boshqa qiziqarli mashgʻulotlarda qatnashish imkoniga ega boʻladilar.
“WikiOromgoh”da 19-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 00:00 ga qadar Vikipediyaga kamida 10 ta sifatli maqola joylagan ishtirokchilar qatnasha oladi. Eng muhimi esa yosh chegaralanmagan! Maqolalar ensiklopedik ahamiyatga ega va Vikipediya qonun-qoidalariga mos tarzda yaratilishi kerak.
Anketada foydalanuvchi sahifasining havolasini kiritmagan va notebook yoʻq, deb belgilagan ishtirokchilar saralashda qatnasha olmaydi. Batafsil ma’lumot (https://t.me/wikistipendiya). Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: WikiOromgoh Telegram mesenjerida
— @alisher_sadullaev, in
Saralash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuqorida keltirilgan shartlarni bajargan foydalanuvchilar saralab olindi va guruhlarga boʻlindi.
Tashkilotchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkilotchilar | |
---|---|
FIO | lavozim |
Mehrinoz Abbosova | YIA direktori
maslahatchisi |
Koordinatorlar | |
Shohrux Rahimboyev | Koordinator |
Gulbegim Xolmirzayeva | Koordinator |
Sadriddin Shamsiddinov | 1-guruh |
Murad Yuldashev | 2-guruh |
Shohista Qayumova | 3-guruh |
Shohrux Usmonov | 4-guruh |
Mohira Eshpoʻlatova | 5-guruh |
Asadbek Murtazaev | 6-guruh |
Otabek Rasulov | 7-guruh |
Hilola Joʻrakulova | 8-guruh |
Boshqa koordinatorlar | |
Sohibjamol Bozorova | |
Bekzod Toʻyqulov | |
Ilyos Shodiyev | |
Orifjon Olimjanov |
Ushbu loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi bosh tashkilotchi vazifasini bajardi. Shuningdek, unga hamkorlikda AOKA, RYIK va Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi koʻmaklashishdi.
Oromgoh haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlar oromgohi Toshkent shahridan 110 km uzoqlikda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan[4][5]. Oromgoh togʻ yonbagʻrida joylashgan boʻlib, maydoni 10 gektardan oshiq[6]. Oromgohda 10 dan oshiq yotoqxona, oshxona, yozgi basseyn, amfiteatr, basketbol, futbol maydonlari, trenajyor zallari mavjud.
Tadbirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]YIAdagi uchrashuv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ochilish marosimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahorat darslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbek tilidagi vikipediya administratorlari Nodir Atayev, Mirzoulugʻbek Karimov, Aziz Sharipov, Jamshid Nurqulov, Umar Rahimov, Nikolay Artemovlar guruhlarga boʻlingan holda vikipediyaning yangi foydalanuvchilariga mahorat darslari oʻtib berishdi.
Zakovat
[tahrir | manbasini tahrirlash]WikiMehmonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu loyiha doirasida oromgohga taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar tashrif buyurib, oromgoh ishtirokchilari bilan bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Ular quyidagilar:
- Ulugʻbek Ismatov – Loyihalar boshqaruvi markazi rahbari;
- Saida Rashidova – yozuvchi, Oʻzbek tili maktabi asoschisi;
- Shuhrat Daryo – xonanda, "Nihol" mukofoti sovrindori;
- Iroda Karimova – "Puma" shirkati xodimi (Zoom orqali);
- Shahnoza Soatova – Bloger, Adliya vazirining davlat tili va maʼnaviyat masalalari boʻyicha maslahatchisi.
Erishilgan natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonning turli burchagidan oromgohga kelgan 150 nafar foydalanuvchi qatnashdi. Ular Oʻzbekcha Vikipediyaga 2-avgust soat 00:00 dan 6-avgust 18:00 ga qadar jami 8726 ta yangi maqola yozib kiritishdi[7]. Shulardan 7509 tasi, yaʼni 87,3 foizi oromgoh ishtirokchilari tomonidan yozildi va oʻzbekcha Vikipediya barcha tillardagi Vikipediyalar orasida gruzin va norveg tillaridan oʻtib, 57-pogʻonadan 55-pogʻonaga koʻtarildi.
Yopilish marosimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yopilish marosimi oromgoh hududidagi amfiteatrda boʻlib oʻtdi. Unda guruhlar oʻz chiqishlari bilan qatnashishdi.
Gʻoliblarni taqdirlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yopilish marosimining soʻnggi qismida taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda har bir guruhdan eng koʻp maqola yozgan ishtirokchilarga sovgʻa sifatida notbuklar topshirildi[8].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Wikistipendiya marafoni eʼlon qilindi.“. sof.uz. 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ „“WikiStipendiya” marafonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi!“. yoshlar.gov.uz. 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.
- ↑ https://yandex.uz/maps/?l=sat&ll=70.022624%2C41.578579&mode=whatshere&whatshere%5Bpoint%5D=70.021900%2C41.578768&whatshere%5Bzoom%5D=17&z=17
- ↑ https://myday.uz/uz/sport/relax/kamolot-yoshlari-bolalar-soglomlashtirish-lage
- ↑ https://www.facebook.com/Chimyon. Yoshlar. Oromgohi/
- ↑ „Yoshlar oromgohi“. Qaraldi: 7-noyabr.
- ↑ [16495 „„WikiOromgoh“da bir haftada sakkiz mingdan ortiq maqola yaratildi“] 5-bet (7-noyabr). Qaraldi: 7-noyabr.
- ↑ „„WikiOromgoh“ loyihasi oʻz yakuniga yetdi“. Hudud — MY5 TV (7-noyabr). Qaraldi: 7-noyabr.