Kontent qismiga oʻtish

Walsenburg (Colorado)

Koordinatalari: 37°37′36″N 104°47′2″W / 37.62667°N 104.78389°W / 37.62667; -104.78389
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Walsenburg, Colorado

La Plaza de los Leones (Arslonlar Plazasi)
Qonuniy shahar[1]
Skyline of Walsenburg, Colorado
37°37′36″N 104°47′2″W / 37.62667°N 104.78389°W / 37.62667; -104.78389
Mamlakat AQSh
Maydon 2.99 km2 (1.15 kv mi)
Aholisi
 (2020-yil)
3 049
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCMountain (MST)
Walsenburg, Colorado xaritada
Walsenburg, Colorado
Walsenburg, Colorado

Walsenburg shahri — okrug markazi va Huerfano okrugi, Kolorado, Amerika Qoʻshma Shtatlari aholisining eng asosiy boʻlgan munitsipaliteti hisoblangan nizomli shahar[2][3]. 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahar aholisi 3049 kishini tashkil etdi, bu 2010-yildagi holatdan 3068 kishiga[4] kam edi..

Walsenburg dastlab 1859-yilda La Plaza de los Leones nomi ostida shakllangan. Aholi punkti New-Mexicodan boshqalar bilan birga kelgan koʻchmanchi Don Migel Antonio de Leon sharafiga nomlangan. Walsenburg nomli pochta boʻlimi 1870-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda[5]. Jamiyat ilk koʻchmanchi Fred Walsen sharafiga nomlangan[6]. Robert Ford, qonunbuzar Jesse Jamesning qotili, Walsenburgda salon va qimor uyini birlashtirgan; Gʻarbiy 7-koʻcha, 320-uydagi uning uyi hali ham saqlanib qolgan.  Shahar sport tarixidagi 1933-yil Indianapolis 500dan keyin mashhur gazeta gaffe („Will Overhead“) boʻlgani tufayli ham esga olinadi[7].

Kolorado koʻmir konlari urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walsenburg 1913-1914-yillardagi Amerika kon ishchilarining Rokfellerga tegishli Kolorado yoqilgʻisi va temiriga qarshi ish tashlash vaqtida asosiy rol oʻynadi, bu voqea Kolorado koʻmir konlari urushi deb nomlanadi. Bu shahar Kolorado va Janubiy temir yoʻl toʻxtash joyi hamda 1914-yil 20-apreldagi Ludlow qirgʻinidan oldin va keyin bir nechta qurolli janglar boʻlib oʻtgan joy hisoblanib, Kolorado Milliy gvardiyasi Walsenburgdan 22 mil janubdaLudlowdagi hujumchilar lageriga oʻt ochishi natijasida oʻndan ortiq ayollar va bolalar halok boʻlgan. Koʻmir ish tashlashlari paytida Walsenburgdagi zoʻravonliklarning birinchi holatlari „Yettinchi koʻcha qirgʻini“ deb nomlanadi, bu qirgʻinda uch konchi Walsenburgning yangi deputatlari tomonidan sodir etilgan otishmada halok boʻlgan[8].

Walsenburg jangi (1914-yil 28-29-aprel) Milliy gvardiya va militsiyaning 10 kunlik urushi qoʻzgʻolonchilarga qarshi qilingan eng oxirgi jangi edi[9]. Har ikki tomondan bir necha erkak, shuningdek, kamida bir nafar tinch fuqaro, hujumchilar chekinish vaqtida oldin halok boʻlgan.

Walsenburg Woody Guthriening „Ludlow Massacre“ nomli qoʻshigʻida tilga olingan[10].

2013-yil 19-iyun kuni Ispaniya cho‘qqilaridagi skautlar jamoasi Sharqiy Ispaniya cho‘qqisi yaqinida paydo boʻlgan yong‘inni payqab qolishdi, yongʻin keyingi bir necha kun ichida tez tarqalib, Sharqiy cho‘qqi oloviga aylanib ketdi. Butun Walsenburg evakuatsiya oldidan ogohlantirildi. Yongʻin natijasida 13,572 akr (54.92 km2) lik maydon yonib ketdi va 9-iyuldayongʻin batamom bartaraf etildi[11].

Geografiya va iqlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walsenburg Huerfano okrugining sharqiy-markaziy qismida, Kucharas daryosining shimoliy tomonida, Sangre de Kristo togʻlari etaklarining sharqiy chekkasida joylashgan. Davlatlararo 25-magistral shaharning sharqiy chekkasi boʻylab oʻtadi, 49, 50 va 52 magistrallarga ham shu yoʻl orqali kirish mumkin. I-25 magistrali shimolga 48 milya (77 km) Puebloga va janubga 36 milya (58 km) Trinidadgacha choʻzilgan. AQShning 160-yoʻnalishi Walsenburg markazidan oʻtadi va Shimoliy La Veta dovoni boʻylab gʻarbga 72 milya (116 km) masofaAlamosaga va janubga I-25 bilan Trinidadga qadar choʻzilgan. Kolorado shtati 10-avtomagistrali Walsenburgdan shimoli-sharqga 73 milya (117 km) yurib La Huntagacha boradi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosi maʼlumotlariga koʻra, Walsenburgning umumiy maydoni 3.2 kvadrat milya (8.2 km2) ni tashkil qiladi, mazkur maydonning barchasi quruqlik hududiga toʻgʻri keladi[4].

Ispaniya choʻqqilari mintaqaviy sogʻliqni saqlash markazi Walsenburgdan 2 milya (3 km) gʻarbda, AQSh 160 magistralida, Latrop davlat bogʻiga kirish roʻparasida joylashgan. Binoda davlat tasarrufidagi faxriy qariyalar uyi va hududga xizmat ko‘rsatuvchi jamoat shifoxonasi oʻrin egallagan.

Walsenburg nam subtropik iqlimga (Cfa) ega, yozi issiq, yomgʻirli kechalari salqin, qishi esa sovuq kechalari odatda qorli boʻladi.

Walsenburg, Colorado iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 9,4 10,3 14,1 18,8 23,5 28,6 30,9 29,5 26,2 20,6 13,7 8,4 19,5
Oʻrtacha minimal, °C −5,4 −5,1 −2,1 1,5 6,2 10,8 14,1 13,4 9,0 3,1 −1,8 −5,8 3,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 21 23 50 52 47 39 52 59 24 30 30 25 452
Manba: NOAA[12]

Mahalliy diqqatga sazovor joylar va dam olish maskanlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Latrop shtat bogʻi, Walsenburg shahar chegarasidan 2 milya (3 km) gʻarbda joylashgan boʻlib, Koloradoning birinchi davlat parki hisoblanadi. U 1,600 akr (6.5 km2) dan ortiq maydonni egallaydi. Martin koʻli va Horseshoe koʻli Kolorado yovvoyi tabiat boʻlimi tomonidan baliq ovlash, suv changʻisi, qayiqda suzish va reaktiv uchish singari xizmatlarni taklif qiladi. Piyoda sayr qilish, oromgohlar va bu bogʻdagi boshqa tadbirlar uchun eng yaxshi maskan hisoblanadi shuningdek bu Koloradodagi golf maydonchasi boʻlgan yagona davlat parki hisoblanadi.

Walsenburgning janubi-gʻarbida 10 milya (16 km) uzoqlikdagi qismi milliy diqqatga sazovor joyi Ispaniya choʻqqilari joylashgan boʻlib, The Denver Post nashri tomonidan Koloradoning yetti moʻjizasidan biri deb nomlangan. Walsenburgni La Veta, boshqa tarixiy togʻ-kon shaharlari va Trinidad bilan bogʻlaydigan 12-milliy avtomagistral milliy manzarali yoʻl sifatida tariflanadi.

Walsenburg golf maydoni yil davomida ochiq boʻlgan 9 teshikli umumiy golf maydonidir. Shahar sobiq meri Maurice Brau va shahar kengashining saʼy-harakatlaridan soʻng, 2007-yil 27-mayda „Walsenburg Wild Waters“ nomli 2 million dollarlik akvaparkni oʻz faoliyatini boshladi[13].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholi o‘sish tarixi
Yil Aholi
1880377
18909281 462%
19001 033113%
19102 4231 346%
19203 565471%
19305 503544%
19405 85564%
19505 596−44%
19605 071−94%
19704 329−146%
19803 945−89%
19903 300−163%
20004 182267%
20103 068−266%
20203 049−06%
AQSh aholisini roʻyxatga olish[14]

2000-yilgi aholini roʻyxatga olish[15] holatiga koʻra, shaharda 4182 kishi, 1497 xonadon va 881 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi 1,795.2 inhabitants per square mile (693.1/km2) ni tashkil etgan. Oʻrtacha zichligi 739,6 ga teng boʻlgan 1723 ta uy-joy mavjud. Shaharning irqiy tarkibi 74,99 % oq, 4,78 % afro-amerikalik, 3,35 % tubjoy amerikalik, 0,41 % osiyolik, 0,07 % Tinch okeani orollari, 12,46 % boshqa irqlardan va 3,95 % ikki yoki undan ortiq irqqa mansub ffuqarolardan tarkib topgan. Har qanday irqga mansub ispan yoki latinolar aholining 50,96 foizini tashkil etadi.

Hududda 1497 ta uy xoʻjaliklari boʻlib, ulardan 25,9 %i 18 yoshgacha boʻlgan bolalari, 41,1 %i er-xotinlar, 13,8 %i turmush oʻrtogʻi boʻlmagan bevalar va 41,1 %i oilasizlardan iborat. Barcha uy xoʻjaliklarining 37,3 foizi jismoniy shaxslardan iborat boʻlib, 19,4 foizi 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydiganqariyalardan tashkil topgan. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,25, oilaning oʻrtacha kattaligi 2,95 kishidan tarkib topgan.

Shaharda aholi yoshi xilma-xil boʻlib, 20,9 % 18 yoshgacha, 9,3 % 18 yoshdan 24 yoshgacha, 31,1 % 25 yoshdan 44 yoshgacha, 21,2 % 45 yoshdan 64 yoshgacha, 17,5 % 65 yosh yoki yoshi kattaroq boʻlganlardan iborat. Oʻrtacha yosh 38 ga teng. Har 100 ayolga 133,1 erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 nafar ayolga 141,1nafar erkak toʻgʻri keladi.

Jon Mall oʻrta maktabi mahalliy oʻrta maktab hisoblanadi. Bu Huerfano tumanidagi Re-1 hududidagi yagona oʻrta maktabdir. 2021-2022-oʻquv yilida[16] jami 137 oʻquvchi qabul qilindi. Qabul qilinganlarning 56 % oʻgʻil bolalar va 44 % qiz bolalar edi. Talaba-oʻqituvchi nisbati 27:1 tashkil etadi, bu Kolorado shtatidagi oʻrtacha holatdan (15:1) yuqoridir. Talabalar jamoasining 66 % ozchilik sifatida tanilgan, ularning aksariyati ispanlardir. Ozchilik aholini roʻyxatga olishning shtatdagi oʻrtacha darajasi 48 % ni tashkil qiladi. Bitiruv darajasi[16] 70-79 % oraligʻida, bu davlatning oʻrtacha 80 % natijasidan past koʻrsatkichga hisoblanadi.

Taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Walsenburgda tugʻilgan yoki yashagan taniqli shaxslarga quyidagilar kiradi:

  • Xavier Atencio (1919-2017), animator [17]
  • Robert Ford (1861-1892), qotil, salon egasi [18]
  • Debora Greger (1949 yilda tugʻilgan), shoir [19]
  • Matthew G. Martinez (1929-2011), AQShning Kaliforniya shtatidagi vakili [20]
  • Frenk Olmstead, Las-Vegas meri va Nyu-Meksikoning 18-auditori
  • John R. Petrus (1923-2013), Viskonsin shtati qonun chiqaruvchis [21]
  • Roy Porter (1923-1998), jazz barabanchisi[22]
  1. „Active Colorado Municipalities“. State of Colorado, Colorado Department of Local Affairs, Division of Local Government. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
  2. „Colorado County Seats“. State of Colorado, Department of Public Health and Environment. Qaraldi: 2007-yil 31-dekabr.
  3. „Find a County“. National Association of Counties. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Decennial Census P.L. 94-171 Redistricting Data“. United States Census Bureau, United States Department of Commerce (2021-yil 12-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  5. „Post offices“. Jim Forte Postal History. Qaraldi: 2016-yil 11-iyul.
  6. Dawson, John Frank. Place Names in Colorado: Why 700 Communities Were So Named, 150 of Spanish or Indian Origin. Denver, CO: J. Frank Dawson Publishing Co., 1954 — 51-bet. 
  7. „Will Overhead, a real no-name, once 'won' Indy 500 race“. Wilmington Morning Star (1983-yil 23-may). Qaraldi: 2015-yil 22-yanvar.
  8. McGovern, George; Guttridge, Leonard.
  9. McGovern & Guttridge, 266.
  10. Mintz. „"Ludlow Massacre" By Woody Guthrie“. Digital History (2018). Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.
  11. „East Peak Fire fully contained, but not fully controlled“. TheDenverChannel.com (2013-yil 9-iyul). 2013-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  12. „NOWData - NOAA Online Weather Data“. National Oceanic and Atmospheric Administration. 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-may.
  13. Ree, Dorothy Rose. Walsenburg, crossroads town: a history, 1st, Walsenburg, Colorado: Nocturn Independent Publishing, 2006. ISBN 9780984657216. 
  14. „Census of Population and Housing“. Census.gov. Qaraldi: 2019-yil 21-iyul.
  15. „U.S. Census website“. United States Census Bureau. Qaraldi: 2008-yil 31-yanvar.
  16. 16,0 16,1 „John Mall High School Profile | Walsenburg, Colorado (CO)“. www.publicschoolreview.com. Qaraldi: 2022-yil 30-iyul.
  17. Peri, Don. Working with Disney: Interviews with Animators, Producers, and Artists. Oxford, MS: University of Mississippi Press, 2011 — 86–98-bet. 
  18. Mestas, Anthony A.. „Man who shot Jesse James well-known in these parts“. The Pueblo Chieftain (2014-yil 26-noyabr). 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
  19. „Debora Greger“. Academy of American Poets. Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
  20. „Martinez, Matthew Gilbert, (1929-2011)“. Biographical Directory of the United States Congress. U.S. Congress. Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.
  21. Members of the Assembly. Wisconsin Blue Book, 1954. Qaraldi: 2014-yil 18-mart. 
  22. „Roy Porter“. The Last Post. Jazzhouse.org. Qaraldi: 2016-yil 17-iyun.