Vyetnam tadqiqotlari
Vyetnam tadqiqotlari (Việt Nam học) umuman Vyetnam va Vyetnam bilan bogʻliq narsalarni oʻrganishdir. Bu, ayniqsa, zamonaviy Vetnamning adabiyot, tarix, etnologiya va filologik yondashuvni oʻrganishga tegishli.
Bu sohadagi mutaxassis vyetnamlik deb ataladi.
Universitet dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshma Shtatlarga bir nechta yirik Universitetlar ham Vyetnam tilini oʻrganish boʻyicha mutaxassislik dasturlarini taklif qilishadilar, jumladan Kolumbiya Universiteti, Xyuston Universiteti, Kaliforniya Universiteti va Yel Universitetlaridir. Ushbu maktablar, shuningdek, boshqa koʻplab maktablar, jumladan Xobart va Uilyam Smit kollejlari, chet elda oʻqish almashinuvi uchun dasturlarini taklif qilidilar. Vyetnam Milliy Universiteti, Xanoyda Vyetnam tadqiqotlari va rivojlanish fanlari boʻyicha keng qamrovli institutlari ham mavjud boʻlgan. Tokioning Xorijiy tillar Universitetiga ham ushbu sohada turli hil dasturlarni taklif qilishadi. [1]
Markaziy Yeropadagi eng qadimgi Universitet bu Pragadagi Charlz Universiteti boʻlib, shuningdek, Vyetnamshunoslikka yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarini taklif etadilar, ilgari Vyetnam tilining etnologiyasi va 2019-yildan boshlab Osiyo tadqiqotlari: Vyetnam tiliga oʻzgartirilgan. [2] Brno shahridagi Masaryk Universiteti Vyetnam tadqiqotlari dastularini taklif etadi [3] va Palacky Universiteti Olomouc Vyetnamning filologiyasi, shuningdek, Vyetnamning tili va madaniyatlari boʻyicha ixtisoslashgan Osiyo tadqiqotlarini taklif qiladi. [4]
Germaniyada Vetnamshunoslik (Vietnamistik) 1982-yildan beri Gamburg Universitetining Osiyo-Afrika-Institutida oʻqitiladi 1970- yildan boshlab esa Berlindagi Gumboldt Universitetida boʻlib oʻtgan Vyetnam tadqiqotlari, Germaniya birlashganidan toʻrt yil oʻtgach tuzilgan, Janubi-Sharqiy Osiyodagi Sharqshunoslik va tadqiqotlar institutiga kiritilgan. [5] 1998-yilda Vetnamshunoslik professori lavozimi bekor qilingan. [6] 2002 yildan hozirgacha Yorg Tomas Engelbert Gamburg universitetida soha professori hisoblanadi. Bolgariyada 2013 yilda Sofiya universitetida „Janubiy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo“ bakalavriat dasturi joriy etilgan. Oʻquv dasturi Osiyo mintaqasiga qaratilgan va Vetnamshunoslik ixtisosligini oʻz ichiga oladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Tokyo University of Foreign Studies website Vietnamese studies page (Wayback Machine saytida 2018-01-11 sanasida arxivlangan). Retrieved June 21, 2011.
- ↑ Pullmann, Ph.D. „Rozhodnutí o ÚJCA a ÚDV na ÚAS“. Ústav asijských studií. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Vietnamistika“. Masarykova univerzita. 2022-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Studijní programy a obory pro akademický rok 2020/2021“. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
- ↑ Hochschulstrukturplan 1998 (Wayback Machine saytida 2014-06-02 sanasida arxivlangan)(PDF-Datei; 1,1 MB) Humboldt-Universität zu Berlin, retrieved November 18, 2013.
- ↑ Engelbert: Seite 16.
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ ↑
- ↑ Sofia University Archived 2019-09-06 at the Wayback Machine. Sofia University. Retrieved September 6, 2019.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vetnam tadqiqotlari jurnali
- Osiyo tadqiqotlari assotsiatsiyasi Janubi-Sharqiy Osiyo Kengashining Vetnam tadqiqotlari guruhi (Wayback Machine saytida 2019-06-27 sanasida arxivlangan)
- Vetnam tadqiqotlari sharhi
- Vetnam tadqiqotlari Internet-resurs markazi
- Xyuston universiteti (Texas)dagi Vetnam tadqiqotlari asosiy sahifasi
- UCLA veb-saytida Vetnam tadqiqotlari boʻyicha Osiyo fondi fakulteti tadqiqot granti dasturi