Kontent qismiga oʻtish

Vosiljon Nazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vosiljon Nazarov
Nazarov Vosiljon Shuhratovich
 Bagʻdod tumani hokimi
Mansab davri
2021-yil 6-fevral – 2022-yil 24-yanvar
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Xayrullo Bozorov
Oʻtmishdoshi Alibek Tursunov
Vorisi Yusufjon Husayinov
 Fargʻona shahri hokimi
Mansab davri
2022-yil 24-yanvar – hozirgi vaqtgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Xayrullo Bozorov
Oʻtmishdoshi Mirzohid Ubaydullayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-sentyabr 1984-yil (1984-09-17) (40 yosh)
Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi
Taʼlim 2002–2006-yillar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Nazarov Vosiljon Shuhratovich (1984-yil 17-sentyabr; Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – moliyachi, 2021–2022-yillar Bagʻdod tumani hokimi[1], 2022-yildan Fargʻona shahri hokimi[2].

Nazarov Vosiljon 1984-yil 17-sentyabrda Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida tavallud topgan. 2002–2006-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida moliya sohasi boʻyicha tahsil olgan[3].

Dastlab, 2006–2007-yillarda Fargʻona viloyati monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmasi, Monopolist korxonalarning tarkibiy jihatdan oʻzgartirish boʻlimi bosh mutaxassisi; 2007–2008-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish boʻyicha moliyalashtirish boʻlimi yetakchi iqtisodchisi va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi bosh iqtisodchi; 2008–2009-yillarda Fargʻona viloyati moliya boshqarmasining Byudjetni jamlama boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari va Fargʻona viloyati moliya boshqarmasi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2009–2011-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori mudiri; 2011–2012-yilllarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani Moliya boʻlimi Sogʻliqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish sektori bosh iqtisodchisi; 2012–2014-yillarda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Buvayda tumani boʻlimi rahbari; 2014–2016-yillarda Fargʻona viloyati xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati Buvayda tumani hokimligi Moliya boʻlimi mudiri va Buvayda tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari; 2018–2019-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan[3].

Vosiljon Nazarov 2021-yil 6-fevralda Bagʻdod tumani hokimi lavozimida tayinlangan[1][4][5]. 2022-yil 24-yanvardan esa Fargʻona shahri hokimi lavozimiga oʻtib, oʻz faoliyati yuritmoqda[2][6][7][8].

  1. 1,0 1,1 „ВОСИЛЖОН НАЗАРОВ БАҒДОД ТУМАНИ ҲОКИМИ ЭТИБ ТАЙИНЛАНДИ“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 Daryo.uz. „Farg‘ona shahriga yangi hokim tayinlandi“ (24-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 „Nazarov Vosiljon Shuhratovich“. Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  4. Daryo.uz. „Farg‘ona viloyatining Bag‘dod, Yozyovon hamda O‘zbekiston tumani hokimlari o‘zgardi“ (6-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  5. Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida bir kunda to‘rt tumanda rahbarlar o‘zgardi“ (7-fevral 2021-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  6. Gazeta.uz. „Farg‘ona shahri va Bag‘dod tumaniga hokimlar tayinlandi“ (24-yanvar 2022-yillar). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  7. Sunnatilla Abdullaev. „Farg‘ona shahri hokimi ham o‘zgardi“. Qalampir.uz (24-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.
  8. Kun.uz. „Farg‘ona shahriga yangi hokim tayinlandi“ (24-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 30-may 2024-yil.