Vladimir Visotskiy
Qiyofa
Vladimir Visotskiy | |
---|---|
Vladimir Visotskiy (1972) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
25-yanvar 1938-yil |
Vafoti |
25-iyul 1980-yil (42 yoshda) Moskva, SSRI |
Janrlar | Bard, shanson |
Fuqaroligi | SSRI |
Turmush oʻrtogʻi | Izolda Vysotskya, Marina Vlady va Lyudmila Abramova |
Amplua | qoʻshiqchi, shoir, aktyor, yozuvchi |
Vladimir Semyonovich Visotskiy (rus.: Владимир Семёнович Высоцкий; 25-yanvar, 1938 - 25-iyul, 1980) rus shoʻro shoiri, bardi, yozuvchisi va aktyori boʻlgan.Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964—1980). 30 ga yaqin filmlarda suratga tushgan. Visotskiy ijodida 400 dan ortiq qoʻshiqlar mavjud: kulgili va hajviy, lirik qoʻshiqlar, romantik balladalar va hokazo Ayniqsa, uning qudratli zavq va haqqoniyat tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan, kuchli ichki hissiyot va zoʻr ehtiros ila ijro etilgan fojiali asarlari mashhur. Visotskiy bir necha bor Oʻzbekistonda boʻlgan va Toshkent, Navoiy, Chirchiq kabi shaharlarda konsert bergan (1973, 1979).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |