Kontent qismiga oʻtish

Vladimir Blum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Ivanovich Blum
Tavalludi 1877-yil
Vafoti 1941-yil
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiRSFSRSSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi teatr tanqidchisi, jurnalist

Vladimir Ivanovich Blum (1877-yil – 1941-yil) – rus va sovet teatr tanqidchisi, jurnalist[1].

Vladimir Blum 1877-yilda Odessada tugʻilgan[2]. 1907-yilda Moskva universitetining tarix va filologiya fakultetini tamomlagan. U Nijniy Novgorod gimnaziyasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1907-yilda „Rus fikri“ jurnalida jurnalist sifatida debyut qilgan[1].

Vladimir Blum 1917-yilda KPSS ga aʼzo boʻlgan[3]. 1917-yildan „Sotsial-demokrat“, „Izvestiya Moskva ishchilar deputatlari kengashi“, „Pravda“, „Umumrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining Izvestiya“ gazetalari va boshqa nashrlarning xodimi boʻlib ishlagan. 1919–1921-yillarda „Teatr xabarnomasi“ jurnalida, 1924–1926-yillarda „Yangi tomoshabin“ jurnalida bosh muharrir boʻlgan[1]. U Leningraddagi „Sanʼat hayoti“ jurnalining Moskva shahri vakili boʻlgan va Bosh repertuar qoʻmitasining musiqa va teatr boʻlimini boshqargan[3].

Vladimir Blum „Izvestiya“, „Pravda“ va boshqa markaziy gazetalarda maqolalar chop ettirgan[1]. Oʻz maqolalarida yangi sovet teatr repertuarini qoʻllab-quvvatlagan[3]. Shu bilan birga, teatr ensiklopediyasiga koʻra, u klassik merosning rolini va Moskva badiiy teatrining ahamiyatini kam baholagan. Sovet sanʼatida mafkuraviy „poklik“ ni himoya qilib, Bulgakov pyesasi asosida „Turbinlar kunlari“ va Korneychuk pyesi asosida „Bogdan Xmelnitskiy“ kabi spektakllar qoʻyilmasligi haqida yozgan[4][5]. U 1929-yilda „Satira jonlanadimi?“ maqolasida „satira ishchilar va dehqonlar davlatchiligiga zarar keltiradi“ degan fikrni bildirgan. Bu esa markaziy matbuotda bir qator eʼtirozlarga sabab boʻlgan[6].

Vladimir Blum 1941-yilda Toshkentda vafot etgan[7].

Xotini – Mariya Mixaylovna Blum[7].

Qizi – Balakina (Blum) Muza Vladimirovna.

Qizi – Blum Ariadna Vladimirovna.

Qizi – Blum Kira Vladimirovna.

Nabirasi – Blum Vadim Stepanovich.

Nevarasi – Blum Vladimir Vadimovich.

Nevarasi – Arendaruk (Blum) Aleksandra Vadimovna.

  • Dmitriev Yu. A. Ya jil togda… M., 1995. S. 30-32.
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Estrada Rossii. XX vek: Ensiklopediya Otv. red. Ye. D. Uvarova. M.: OLMA-PRYeSS, 2004. 863 s.
  2. Kamenniy A. E. Kto est kto. – Odessa : OKFA, 1999 . – 543 s.
  3. 3,0 3,1 3,2 Blyum Vladimir Ivanovich Teatralnaya ensiklopediya. Tom 1 / Glav. red. S. S. Mokulskiy – M.: Sovetskaya ensiklopediya, 1961. – 1214 stb. s ill., 12 l. ill.
  4. Кожевников А.Ю.. Русский патриотизм и советский социализм, 500 экз, М.: Прометей, 2017 — 310—314-bet. ISBN 978-5-906879-77-6. 
  5. Петелин В.В.. Жизнь Булгакова: Дописать раньше, чем умереть, Бессмертные имена. М.: Центрполиграф, 2001. ISBN 5-227-00584-2. 
  6. Луначарский А.В. О сатире. 1930; комментарий к изданию в собрании сочинений 1967 г.“. 2020-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-may.
  7. 7,0 7,1 Chukovskaya L. K. Zapiski ob Anne Axmatovoy