Kontent qismiga oʻtish

Vinegret ziravori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fransuzcha ziravorlangan salat

Vinegret ziravori, fransuzcha ziravor, vinegret sousi (fransuzcha: vinaigrette, sauce vinaigrette, fransuzcha: vinaigre — „sirka“) — asosiy tarkibiy qismlari sirka va oʻsimlik moyi boʻlgan salat ziravori. Ularning klassik nisbati 1:3 ni tashkil qiladi. Retseptga qarab, qoʻshimcha ingredientlar, masalan, koʻkatlar qoʻshiladi. Vinegret ziravori koʻpincha boshli salat barglari, qaynatilgan va qovurilgan baliq bilan tortiladi[1]. Sirka va oʻsimlik moyi aralashmasidan ziravor, hatto qadimgi misrliklar orasida mashxur boʻlgan deb hisoblanadi[2].

XIX-asrda „fransuzcha ziravor“ „vinegret ziravori“[3][4] bilan sinonim edi, ammo XX-asrning boshidan boshlab, Amerika retseptlariga koʻra, „Fransuzcha ziravor“ga Vustershir sousi, piyoz suvi, ketchup, shakar va tabasko sousi qoʻshila boshladi[5].

Fransuzcha ziravorni tayyorlash uchun shisha idishda tuz va qalampir sharob sirkasi bilan (ixtiyoriy ravishda limon yoki laym sharbati) eritiladi, soʻngra oʻsimlik moyining uch qismi qoʻshiladi va emulsiya hosil boʻlmaguncha koʻpirtiriladi. Kuchli xushboʻy hidli moydan foydalanganda, shunday kuchli hidli sirka ishlatmaslik kerak. Soʻngida koʻkatlardan maydanoz, yashil piyoz, chervil, sherolgʻin yoki arpabodiyon, shuningdek kapers, mayda toʻgʻralgan boshpiyoz yoki shalot piyoz va shakar qoʻshiladi. Emulsiya xantal yoki qattiq qaynatilgan tuxum sarigʻi qoʻshilishi bilan stabillashadi. Sous yarim soat davomida dam yediriladi. Tayyor boʻlgan sousni muddatli saqlash mumkin emas[6].

  1. В. В. Похлёбкин 2015.
  2. Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко „Заправка“, . Кулинарная энциклопедия. Litres, 2017. 
  3. Линн Олвер[en]. „French dressing & Vinaigrette“. The Food Timeline. 2020-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  4. The Good Housekeeping Illustrated Cookbook, ISBN 158816070X, 2001, p. 326
  5. "Heavy French Dressing", in Jeanette Young Norton, Mrs. Nortonʼs Cook-book: Selecting, Cooking, and Serving for the Home Table, 1917, p. 354
  6. Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко „Винегрет“, . Кулинарная энциклопедия. Litres, 2017. 


  • Poxlyobkin V. V. Zapravka // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 120. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
  • „Винегретная заправка“, Справочник шеф-повара / Кулинарный институт Америки, 2-е, перераб. и доп., М.: ЗАО «ББПГ» (Издательство BBPG), 2010 — 938-bet. ISBN 978-5-93679-116-1. 
  • Усов В. В. „Соус винегрет“, . Основы кулинарного мастерства: искусство приготовления закусок и основных блюд, Кулинарное искусство. От профессионалов. М.: Эксмо, 2017 — 69—70-bet. ISBN 978-5-699-80934-9. 
  • Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко „Винегрет“, . Кулинарная энциклопедия. Litres, 2017.