Kontent qismiga oʻtish

Vilgelm I (german imperatori)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vilgelm I
German Imperiyasi imperatori
Hukmronligining boshlanishi: 18-yanvar 1871
Hukmronligining tugashi: 9-mart 1888
Oʻtmishdosh: Lavozim mavjud bo'lmagan
Voris:Fridrix III
Tugʻilgan sanasi: 22-mart 1797-yil
Tugʻilgan joyi:Berlin
Vafot sanasi:9-mart 1888-yil(1888-03-09)
(90 yoshda)
Vafot joyi:Berlin
Turmush oʻrtogʻi:Veymarlik Avgusta

Vilgelm I (nemischa: Wilhelm I. Friedrich Ludwig ), (22-mart 1797 — 9-mart 1888) — 18-yanvar, 1871-yildan german imperatori (kayzer), 7-oktabr, 1858-yildan Prussiya qirolligining regenti, 2-yanvar, 1861-yildan Prussiya qiroli. Pruss general-feldmarshali. Germaniya birlashtirilgandan soʻng German Imperiyasining birinchi hukmdori.

Taxtgacha boʻlgan hayoti va harbiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fridrix Vilgelm IIIning ikkinchi oʻgʻli boʻlganligi sababli taxtning vorisi sanalgan Vilgelm cheklangan taʼlim olgan. U armiyada 1814-yildan boshlab xizmat qilgan, Napoleonga qarshi kurashgan va raportlarga qaraganda juda jasur jangchi boʻlgan; 1814-yil 3-avgustda 4-darajali Avliyo Georg Ordeni bilan mukofotlangan. U 1815-yildan keyingi diplomatik missiyalarda qatnashib, kuchli diplomatga aylangan. 1848-yilda u akasi qirol Fridrix Vilgelm IVga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolonni bostirgan.

Regent shaxzoda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1857-yilda Fridrix Vilgelm IV insult sababli umrining ohirigacha aqliy nosogʻlom boʻlib qoladi. Vilgelm akasining regentiga aylandi.

Qirol va Kayzer

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1861-yil 2-yanvarda Fridrix Vilgelm IV vafot etgach, Vilgelmga Kenigsbergda Vilgelm I Pruss sifatida toj kiydirildi.

Unga toj bilan birga qirol va liberal parlament oʻrtasidagi nizo ham qoldirildi. U siyosatga akasidan qaraganda kamroq aralashganligi sababli neytral shaxs deb hisoblashgan. Lekin u muammoning konservativ yoʻlini topdi: Otto fon Bismarkni bosh vazir etib tayinladi. Pruss konstitutsiyasiga koʻra bosh vazir parlamentga emas, balki, faqatgina qirolga boʻysungan. Bismark bu lavozimni senyorga nisbatan vassallik majburiyati deb atagan. Ammo aynan Bismark ham tashqi, ham ichki siyosatni boshqargan; u bir necha marta Vilgelmning roziligini isteʼfoga chiqish tahdidi bilan olgan.

Versal qasrida Vilgelm Ining imperator deb eʼlon qilinishi, Anton Vernerning moʻyqalamiga mansub

Fransiya-Prussiya urushidan soʻng Vilgelm Lyudovik XIVning qasri Versalda 1871-yilning 18-yanvarida german imperatori deb eʼlon qilindi. Bu marosimdan soʻng Shimoliy Germaniya ittifoqi German Imperiyasiga aylantirilgan (nemischa: Deutsches Reich .

Bu imperiya federativ boʻlgan; imperator davlat boshligʻi va federal monarxlar(Bavariya, Vyurtemberg, Saksoniya qirollari, Baden, Gessen buyuk gersoglari va boshqalar, shu jumladan, erkin shaharlar senatlari) prezidenti(tenglar orasida birinchi) sanalgan. Vilgelm “German imperatori” unvonini oʻz xohishiga qarshi ravishda olgan, u koʻproq “Germaniya imperatori” unvonini xohlagan. Ammo, feodal monarxlarni bu qoniqtirmagan.

1829-yilda Vilgelm buyuk gersog Saksen-Veymar-Eyzenaxlik Karl Fridrixning qizi Avgustaga uylandi. Bu turmushda ikki farzand tugʻilgan:

  • Fridrix III (1831-1888), keyingi Prussiya qiroli;
  • Luiza (1838-1923), 1856-yilda badenlik buyuk gersog Fridrix Iga turmushga chiqgan.

Vilgelm Iga oʻrnatilgan yodgorliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hech qaysi monarxga atab Vilgelm Iga oʻxshab koʻp yodgorliklar oʻrnatilmagan. Pruss yodgorliklar instituti tomonidan Vilgelm Ining 450dan ortiq haykali roʻyxatga olingan.