Vikipediya:Modullar
Qiyofa
![]() | Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
![]() | Qisqacha: Patrul qilingan versiyalar sahifalarning dastlabki tekshiruvdan oʻtgan deb belgilangan versiyalari boʻlib, ularda aniq vandalizm va boshqa jiddiy qoidabuzarliklar mavjud emasligini bildiradi. |
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a0/Wikipedia_Reviewer.svg/150px-Wikipedia_Reviewer.svg.png)
Modullar — Vikipediyaning barcha sahifalarni muvofiqlashtirish uchun foydalaniladigan, Lua kodini oʻz ichiga olgan maxsus sahifalardir. Modullarning maqsadi foydalanuvchilar tomonidan yozilgan nisbatan murakkab funksiyalar orqali MediaWiki funksiyalarini kengaytirishdir. Modullar „Modul“ nomfazosiga joylanadi. Ularga qoʻshimcha ravishda, JSON maʼlumotlari sahifalari va modullar hujjatlari, andoza uslublari yozilgan Module:Misol/doc ostsahifalari yaratiladi. Ayni paytda Vikipediyaning barcha chetlashtirilmagan foydalanuvchilari modullarni yaratish va tahrirlash (himoyalanganlaridan) tashqari imkoniyatiga ega.
Texnik xususiyatlari
[manbasini tahrirlash]- Lua bajariladigan kodi boʻlgan sahifalar modul nomfazosidagi sahifalardir, nomi modul hujjatlari andozasiga mos keladiganlar bundan mustasno. Viki-kodni oʻz ichiga olgan sahifa nomini modulga oʻzgartirish texnik jihatdan mumkin emas va aksincha.
- Hech qanday kodlar (jumladan, turkumlash teglari, andoza qoʻshimchalari, sharhlar) modul sahifalarida ishlamaydi. Modul kodidan oldin barcha shu kabi elementlarni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan hujjatlar sahifasi avtomatik ravishda kiritiladi (agar mavjud boʻlmasa, yaratish taklifi koʻrsatiladi).
- Modulni boshqa sahifalardan chaqirish mumkin:
- Ushbu konstruksiyani andoza (qoʻshilgan har qanday sahifa) orqali kiritish, shu bilan birga
#invoke
toʻgʻridan-toʻgʻri chaqiruvchi andoza parametrlari modulda mavjud; - Boshqa modulda yozish (qarang Lua hujjatlari).
- Ushbu konstruksiyani andoza (qoʻshilgan har qanday sahifa) orqali kiritish, shu bilan birga
Tashkiliy xususiyatlar
[manbasini tahrirlash]- Modullar, ularning hujjatlari va muhokamalari bor. Ularda barcha qoidalariga (masalan, mualliflik huquqlari, betaraflik, zamondoshlar biografiyasi) rioya qilish kerak. Toʻgʻri foydalanilganda modulga bogʻliq sahifalar mazmuni barcha qoidalarga javob beradigan boʻlishi kerak (qarang: insofli foydalanish).
- Modullar koʻp jihatdan andozalarga oʻxshaydi va koʻp hollarda andozalar uchun chiqarilgan qoidalar ularga avtomatik ravishda tatbiq qilinadi (qarang patrullash, himoyalash).
- Asosiy nomfazo, turkumlar, loyihalar va boshqa sahifalarda #invoke kodidan foydalanmay, maxsus andozalar orqali ishlatilishi kerak.
- Modullar odatda Turkum:Vikipediya:Modullar yoki uning ostturkumlaridan biriga kiritilishi shart (aks holda modulni turkumlash mumkin emas). Shuningdek, modul va uning individual funksiyalari qayerda, qanday va nima uchun ishlatilishini tushuntirish maʼqul.
- Modulni birinchi navbatda konsolda moslashtirish tavsiya etiladi, saqlangandan keyin amaliy foydalanishdan oldin Modul:UnitTests yordamida tekshirish lozim. Ishlatilgan modullarda yangi funksiyalarni tuzatishda tajribalar uchun vaqtinchalik versiyani yaratish tavsiya etiladi (masalan, Module:Math/sandbox). Ushbu qoidalar faol foydalaniladigan modullarga nisbatan qoʻllaniladi.
- Modul nomfazosida kod bajarilishini talab qiluvchi foydalanuvchi sahifalari, loyihalar, portallar va boshqalar uchun sahifalar joylashgan. Bunday sahifalarning mazmuni berilgan nomfazo mezonlariga javob berishi kerak.
- Boshqa foydalanuvchilarga unga oʻzgartirishlar kiritish osonroq boʻlishi uchun modullar kodiga izoh berish tavsiya etiladi.