Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Vandalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vandalizm Vikipediyada biron-bir maqolani olib tashlash yoki almashtirish, mavzusini tubdan oʻzgartirish, buzuq fikrlar qoʻshish, har xil haqoratli soʻzlar ishlatish va h.k. Odatda vandalizmga misollar qonunsizlikda sahifalar oʻzgartirib tashlash va bir sahifaga kirib yaqqol bemaʼni soʻzlar yozish. Umumiy maʼnoda vandalizm sahifasiga qarashingiz mumkin. Vikipediya vandalizm qoidalariga koʻra qoidabuzarlik aniqlanib, bartaraf etiladi. Agar bartaraf etolmasangiz, boshqalardan yoki foydalanuvchilardan yordam soʻrashingiz mumkin. Baʼzan vandalizm mavhum boʻlmaganligi kabi, katta va tortishuvli oʻzgarishlar vandalizm boʻlmaydi. Bunday hollarda ehtiyot boʻlish, harakatning sabablarini aniqlash va vandalizmni dalillar bilan isbotlash kerak boʻladi. Vandalizmni koʻrsangiz oʻzgartirishlarni ortga qaytaring. Shuningdek, vandal foydalanuvchiga ham xabar qoldiring. Xabaringizda imzo (~~~~) qoldirishni unutmang. Moderatorlar, vandalning erkin foydalanish vaqtini toʻxtatadi. 2002-yilda IBM tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot natijasida Inglizcha Vikipediyadagi koʻp vandalizmning besh daqiqada tiklanganini koʻrsatdi. Ammo vandalizm doimo foydalanuvchilarga muammo tugʻdirishda davom etmoqda. Bir sahifani oʻzgartirishdan oldin, tarixiga qarab, yaqin vaqtda vandalizmni fosh etishni nazorat qilmoq foydali boʻladi.

Vandalizm turlari

[manbasini tahrirlash]

Vikipediyada eng koʻp koʻrilgan vandalizm turlari quyidagilar:

  • Maqolani mutlaq oʻchirib tashlash

Qisman yoki umuman sahifalarni oʻchirish, mazmun mohiyatini tubdan oʻzgartirish.

  • Reklama

Reklama maqsadida boshqa belgilar qoʻyish. Shaxsiy reklamalar qoʻyish.

  • VandalBot

Koʻp sahifada reklama maqsadida, oʻchirish maqsadida bot yordamida vayron qilish. Atayin shunday bot dasturlar yasash.

  • Bolalarcha va telba vandalizm

Sahifalarga boʻlmagʻur xabarlar qoʻshish, hazillar qoʻyish, mazmunsiz gaplar qoʻshish.

  • Makkorona vandalizm

Sahifalarga notoʻgʻri axborot kiritish, tarixini oʻzgartirish, mantiqlidek koʻringan lekin xato yozilgan oʻzgartirishlar.

  • Qiziqish izlagan vandalizm

Harakatlar qoʻshib, hujum maqsadida foydalanuvchi ismlarini oʻzgartirish, sahifalarga qoʻpol hazil maqsadida matnlar qoʻshish.

  • Foydalanuvchi sahifasi vandalizmi

Foydalanuvchi sahifalariga gʻaraz maqsadda matnlar qoʻshish, soʻkinish va h.k.

  • Rasm vandalizmi

Ragʻbatlantiruvchi, siyosiy xabarlarni oʻz ichiga olgan, yomon niyatli va shunga oʻxshash rasmlarni yuklash. Mualliflik huquqlarini buzgan holda rasm yuklash.

  • Ogohlantirish andozasi vandalizmi

Yomon niyat bilan sahifalarga ogohlantirish andozasi qoʻshish yoki mavjud ogohlantirishni olib tashlash.

  • Sahifa nomini oʻzgartirish vandalizmi

Sahifalarning nomini xunuk yoki mavzuga aloqasi boʻlmagan biror nom bilan oʻzgartirish(Ayni vaqtda Vikipediya ilk 25 oʻzgarishdan soʻng sahifa nomini oʻzgartirishga ruxsat berdi).

  • Yoʻnaltirish vandalizmi

Sahifalari umuman aloqasi boʻlmagan sahifaga yoʻnaltirish yoki hujum maqsadli rasm yoki boshqa sahifalarga yoʻnaltirish.

  • Bogʻlanuvchi vandalizm

Sahifa ichidagi ulanishlar, tashqaridan qaraganda aniq boʻlmagan ammo boshqa bir aloqasiz, tegishli boʻlmagan yoki ahmoqona sahifaga ketish shaklida oʻzgartirish.

  • Foydalanuvchilarning izohlarini oʻzgartirish

Boshqalar tomonidan yozilgan izohni yoki fikrni, maʼnosini oʻzgartirish yoki atayin yoʻq qilish shaklda oʻzgartirish.

  • Tortishuv sahifasi vandalizmi

Tortishma sahifalaridan boshqalarining yozuvlarini oʻchirmoq. Shaxsiy yozuvlarini oʻchirib tashlash.