Vikipediya:Majlislar/Vikimajlis 2023-yil 5–7-noyabr, Samarqand
2023-yilning 5–7-noyabr kunlari Oʻzbek tilida soʻzlashuvchi vikimediachilar guruhi vakillari va ruscha vikisayohat guruhi aʼzolari Samarqand shahrida uchrashdilar. Manzil: Samarqand shahri, Registon koʻchasi.
Qatnashchilar
[manbasini tahrirlash]Muhokama qilingan mavzular
[manbasini tahrirlash]Ushbu uchrashuvda Oʻzbekiston tabiati va tarixiy meʼmoriy obidalarining tasvirlarini Vikiomborga yuklash, tasvirlar sifati boʻyicha treninglar oʻtishga oid masalalalar muhokama qilindi. 2024-yilda Oʻzbekistonda „Viki Yerni sevadi“, „Viki yodgorliklarni sevadi“ fototanlovlarini qayta tashkil etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Oʻzbekistonda dron yordamida tasvirga olish muammolari va ularga yechim izlash, Oʻzbekistonga dron olib kirish va undan foydalanish uchun tegishli vazirlik va idoralardan ruxsat olish masalalari ham kun tartibiga kiritildi.
Sayohat
[manbasini tahrirlash]Uchrashuvga kelgan ishtirokchilar Samarqand shahri, Kitob tumanidagi Qaynar qishlogʻi va Kitob, Shahrisabz shaharlari boʻylab sayohat uyushtirdilar, ush bu maskanlarda joylashgan tarixiy obyektlar va tabiat qoʻriqxonalaridan mingdan ortiq rasmlar oldilar.
Sayohat davomida tasvirga olingan joylar
[manbasini tahrirlash]Sayohat davomida Registon maydoni, Doʻsmatbay madrasasi, Sadriddin Ayniy uy-muzeyi, Sadriddin Ayniy haykali, Ulugʻbek rasadxonasi Qaynar qishlogʻidagi eski masjid binosi, Samarqand shahrining Mulloqandov koʻchasida joylashgan eski masjid binosi, Zarafshon qoʻriqxonasi, Koʻk gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Kitob shahrida joylashgan tarixiy masjidlar, Taxtaqoracha dovoni tabiat manzaralari, Ruhobod maqbarasi, Samarqand shahrining XIX asrga oid bir qator binolari tasvirga olindi.