Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kitoblar)
Bu sahifa oʻzbekcha Vikipediya qoidalarining bir qismidir. Unga barcha ishtirokchilar amal qilishi lozim. Bu sahifaga oʻzgarishlar kiritishdan avval boshqa foydalanuvchilar bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. |
Qisqacha: Agar nufuzli manbalar yordamida biror kitob quyidagi mezonlarning birortasiga javob berishini tasdiqlash mumkin boʻlsa, bu kitob ensiklopedik ahamiyatga egaligini va, umuman olganda, u haqda alohida maqola yaratishga loyiq ekanligini xulosa qilish mumkin:
|
Ushbu qoʻllanma muayyan kitob haqida Vikipediyada maqola boʻlishi kerak yoki yoʻqligini aniqlashga koʻmaklashish uchun ayrim qoʻshimcha mezonlarni oʻzida jamlagan. Ushbu koʻrsatma mezonlarini qondirish, odatda, kitob ensiklopedik ahamiyatga egaligini koʻrsatadi.
Ensiklopedik ahamiyatning umumiy mezonlariga yoki ushbu yoki mavzular boʻyicha mezonlar talablariga javob beradigan, Vikipediya:Vikipediya nima emas sahifasida koʻrsatilgan holatlarga misol boʻla olmaydigan kitoblar ensiklopedik ahamiaytga ega deya prezumpsiya qilinadi.
Bu muayyan kitob haqida alohida maqola boʻlishi shart degani emas. Foydalanuvchilar oʻz tajriba va ixtiyorlaridan kelib chiqib, ikki yoki undan ortiq mavzularni bitta maqolada birlashtirishlari mumkin.
Ushbu yoʻriqnomadagi mezonlarni (yoki boshqa ensiklopedik ahamiyat mezonlarini) qoldirmaslik tezda oʻchirish uchun mezon boʻla olmaydi.
Ushbu yoʻriqnomada keltirilgan mezonlar umumiy boʻlib, tugal emas. Shuning uchun ushbu yoki boshqa ensiklopedik ahamiyat qoidalarida koʻrsatilmagan sabablarga boʻyicha ham ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi mumkin.
Ensiklopedik ahamiyatga egalik iddaolarini tasdiqlash imkoniyati mavjud boʻlishi kerak. Kitob mezonlarga javob berishini taʼkidlash yetarli emas. Iddaolarni tasdiqlovchi nufuzli manbalar mavjud boʻlishi shart.
„Ensiklopedik ahamiyat“ kitob mohiyati bilan bir emas. Muayyan asar mahorat bilan yozilgan, qiziqarli va dolzarb mavzuda boʻlishi mumkin, ammo kitob haqida yetarli darajada tasdiqlash mumkin boʻlgan material boʻlmagani uchun u haqda ensiklopedik maqola yozishning iloji boʻlmasligi mumkin.
Izohlar
[manbasini tahrirlash]- ↑ „Mustaqil“ soʻzi bilan noshirlik sanoati emas, balki tegishli asarga bevosita aloqador taraflar nazarda turiladi.
- ↑ „Arziydigan“ manbalarga shaxsiy veb-saytlar, bloglar, e’lonlar taxtalari, Usenet postlari, vikilar va oʻzi nufuzli boʻlmagan boshqa manbalar kirmaydi. Asar muallifi, noshiri, agenti, sotuvchisi va boshqa manfaatdor shaxslar uchlamchi manbalarga aloqador emasligini tekshirishga alohida eʼtibor qaratilishi kerak.
- ↑ Material „mavzusi“ deganda unda keng yoritilgan masala tushuniladi. Asar, uning muallifi, chop etilgani, narxi yoki boshqa mayda maʼlumotlar keltirilgan holatlarda bundan mustasno.
- ↑ Arziydigan yoritilishga misol boʻla olishi uchun roʻyxat nufuzli boʻlishi yoki nufuzli nashriyot tomonidan eʼlon qilingan boʻlishi, boshqa nufuzli manbalar roʻyxatni qayta ulashgan yoki tahlil qilgan boʻlishi kerak. Chakana sotuvchi yoki „Amazon“ kabi elektron tijorat manbalaridagi bestseller roʻyxatlari yoki shaxsiy veb-saytlar, bloglar, eʼlonlar taxtalari, vikilar va shunga oʻxshash muallif tomonidan mustaqil nashr etiladigan manbalar ishonchli hisoblanmaydi. „Goodreads“ va „LibraryThing“ kabi ijtimoiy tarmoqlar kabi yuritiladigan taqriz saytlar ham bu mezonga mos kelmaydi.
- ↑ Reklama va prodakt-pleysment orqali ensiklopediya maqolasi yaratish mumkin emas. Koʻrsatilgan manbalar boshqalar tomonidan yozilgan boʻlishi kerak. (Maqola mavzusi material manbasi boʻladigan holatlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni tasdiqlash va betaraflik masalalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Vikipediya:Avtobiografiya sahifasiga qarang.) Nufuzlilik koʻrsatkichi — mavzuning oʻzidan (yoki uning muallifi, noshiri, sotuvchisi yoki agentidan) mustaqil shaxslar kitobni yetarlicha eʼtiborga molik deb hisoblab, u haqda keng koʻlamli materiallarni yozishga qaror qilgani yoki yoʻqligi.
- ↑ Ham boshlangʻich, ham oʻrta maktablar hisobga olinadi
- ↑ Bu mezon taʼlim dasturlarida tahsil berish uchun maxsus yozilgan darsliklar yoki qoʻllanmalarni emas, balki faqat falsafa, adabiyot yoki ilm-fanning asosiy asarlari kabi yetarlicha muhim deb koʻrilgan mustaqil asarlarni o;z ichiga oladi.