Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar/Alpasli
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Ovoz berish 2024-03-21 dan 2024-04-15, 15:00 UTC gacha gacha oʻtkazildi.
Nomzod
[manbasini tahrirlash]Salom, oʻzbekcha Vikipediya ahli! Bugungi qutlugʻ kunda, oʻz nomzodimni oʻzbekcha Vikipediya administratorligiga qoʻyishga jurʼat etdim. Niyatim, oʻzbekcha Vikipediya rivojiga baholi qudrat xizmat etishdan iboratdir. Bu niyatim yoʻlida, administrator bayrogʻiga ehtiyoj his etmoqdaman. Yuzaga kelgan ehtiyojlarim asli nimadan iborat ekanini quyida berilgan savollarga javob tarzida ham ifoda etdim. Pirovardida berilajak savollarga ochiqman. Hurmatli Nataev, Nataeva, Abdulla, Malikxan, Kagansky, Jamshid Nurqul, Umarjon Rahimov, Muxriddin Azimov, Mirzoulugʻbek Karimov, Laziz Baxtiyorov, Salazarov, Humoyun Qodirov, Asadbek Botirqulov, Muzaffar Murodovich, Husniddin Rasulov, ShohjahonSobirov, Oblakulova, Visola Tangirova, Diloromkhan, Axadjon1, AnvarxonM, Mirishkorlik, Mrshaxas, Abdufattohov Ibrohimjon, Anjaniy, Komilkhuja, Hasan Xamidovich, Doniyor Yóldoshev va boshqa foydalanuvchilar, sizlarni kamoli ehtirom ila, ovoz berishda ishtirok etishga chorlab qolaman! Alpasli (munozara)
Foydalanuvchi haqida maʼlumot
[manbasini tahrirlash]Alpasli (munozara · hissa · oʻchirilgan hissa · qaydlar · filtrlash qaydlari · chetlatish · chetlatish qaydlari · huquqlar)
Tahrirlar soni | 16,409 tahrir 14,596 (92.4%) tahrir maqola nomfazosida |
---|---|
Tahrirlar qisqa tavsifidan foydalanish | 2,672 kichik tahrir (16.9%) 20 baytdan katta tahrir, 1,457 (29.1%) katta tahrir 125 (2.5%). |
Ilk tahrir kuni | 2022-05-23 09:42 |
Kuniga tahrirlarning oʻrtacha soni | 24.564 |
Skype | |
Ovoz berish oʻtkaziladi | 2024-03-21 dan 2024-04-15, 15:00 UTC gacha |
Sharhlar
[manbasini tahrirlash]Ovoz beruvchilarga talablar
[manbasini tahrirlash]Ovoz berishda 2024-03-21 gacha boʻlgan ovoz beruvchiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan har bir roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchi ishtirok etishi mumkin. Bu talablar quyidagichadir:
- maqolalar nomfazosidagi tahrirlar soni 100 tadan kam boʻlmasligi kerak;
- 2 oydan kam boʻlmagan stajga ega boʻlishi kerak (yaʼni, 21-01-2024 dan oldin roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim);
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Roziman, munosib nomzod:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablarning barchasiga aʼlo darajada javob beradi.
Administratorlik majburiyatlaridan bajarishni koʻzlaganlari oʻzbekcha Vikipediya uchun hozirda, haqiqatda, zarur boʻlayotganlaridir. Yaʼni koʻp hollarda Vikipediya qoidalari roʻyhatdan oʻtmagan foydalanuvchilar tomonidan buzilganiga guvoh boʻlamiz. Va baʼzilar, vaholanki, oldin ham shu kabi vandal tahrir qilgan boʻlib chiqadi. Fikrimcha, bundaylarni bloklashdan boshqa yaxshiroq chora yoʻq. Uning ustiga, Alpasli, hozirda, roʻyhatdan oʻtmagan foydalanuvchilar tomonidan qilingan tahrirlarni qaytarish va yaratilgan sahifalarni oʻchirishda faol jonbozlik koʻrsatyabdi.ANJANIY!!#suhbat 04:41, 24-Mart 2024 (UTC) - Roziman — Munosib nomzod.
Foydalanuvchi Vikipediyada roʻyhatdan oʻtganiga koʻp boʻlmagan boʻlsada, yetarlicha tajriba yigʻa olgan foydalanuvchilardan biri. Umid qilamizki Alpasli administratorlikni olganidan soʻng, Oʻzbekcha Vikipediya rivoji uchun salmoqli hissa qoʻsha oladilar. Oʻzbekcha Vikipediya rivoji yoʻlida salmoqli hissa qoʻshishdan faolligingiz susaymasin, Yoqimli tahrirlar! — Axadjon1 (munozara) 07:27, 24-Mart 2024 (UTC) - Dastaklayman Men Alpaslini vikipediyadagi faoliyatini kuzatib boraman va faolligini hisobga olgan holda roziligimni beraman. Ushbu foydalanuvchini administratorlikka loyiq deb bilaman. Mirzoulugʻbek |@ 19:46, 26-Mart 2024 (UTC)
- oʻzbekcha Vikipediyaning „otaxon“ vakillaridan birining bildirgan fikrlaridan boshim koʻkka qadar yetdi… sogʻ boʻling! Alpasli (munozara) 06:01, 27-Mart 2024 (UTC)
- Sizdan boshqasi oʻlmasin! 😊Ishlarizga omad! Mirzoulugʻbek |@ 13:54, 27-Mart 2024 (UTC)
- oʻzbekcha Vikipediyaning „otaxon“ vakillaridan birining bildirgan fikrlaridan boshim koʻkka qadar yetdi… sogʻ boʻling! Alpasli (munozara) 06:01, 27-Mart 2024 (UTC)
- Roziman — Qadrli AlpAsli uzoq yillar davomida ushbu statusda, vijdonan samarli faoliyat olib borasiz degan umiddaman! Shuningdek Mirzo ogʻa bildirgan fikrlarni ham qoʻllab qoʻltiqlayman. Cheksiz hurmat bilan — Muxriddin Azimov (munozara) 14:16, 27-Mart 2024 (UTC)
- Roziman, munosib nomzod:
- Roziman, munosib nomzod: Mehnatlaringiz tahsinga loyiq! Ibrohimjon 18:10, 27-Mart 2024 (UTC)
- Roziman — Aslida sizning nomzodingizni hozirda nofaol adminlardan statuslar olingach qoʻllamoqchi edim. Sababi sizning bu statusga nomunosib deya bilish emas, balki hozirda bizda adminlar soni haddan ziyod oshib ketgani. Biroq, fikrimni oʻzgartirishga, nofaol administratorlardan statuslarini birgalikda olish gʻoyasi ortidan sizning nomzodingizga rozilik berishga qaror qildim. Faqat bir shart bilan: Vikipediyada oʻz qiziqish doirangizga kiruvchi mavzularda neytral (xolis), ular ustidan Vikipediya qoidalari ortidan qaror qabul qilishga hamda boshqa administratorlar bilan muhokama qilishga soʻz bersangiz men rozi. Salazarov 10:59, 31-Mart 2024 (UTC)
- hayotda oʻta realistman. qiziqishlarim va qarashlarim xolis boʻlishim uchun toʻsiq emas. shu sababli, xolislik borasida soʻz berishimga xojat yoʻq deb oʻylayman. demokratiyaga intilgan bir shaxs sifatida aytolishim mumkinki, fikr birligi (konsensus) bilan qabul qilingan qarorlar quvvatli/ahamiyatli/hurmatli. muhokamalarda fikr birligi ila qabul qilingan qoidalarga amal qilishim borasida hech ikkilanmay soʻz berolaman. va bildirilgan fikrlar uchun chin koʻngildan minnatdorman. Alpasli (munozara) 16:59, 31-Mart 2024 (UTC)
- Roziman Administratorlokka munosib nomzod. Anchadan beri juda ham faol ravishda tahrirlab keladi. Vikipediya matbuotida faolligi bilan ajralib turadigan foydalanuvchi. Nomzodni qoʻllayman. Mirishkorlik (munozara) 15:55, 4-Aprel 2024 (UTC)
- Roziman — Munosib nomzod. Alpasli yangi yaratilgan maqolalarni koʻrib chiqishda, kamchiliklarini toʻgʻirlashda ancha faol foydalanuvchi. Yangi foydalanuvchilarga oromgohlar davomida hamda keyin ham oʻz bilimlarini ulashgan. Divergent08 (munozara) 10:37, 13-Aprel 2024 (UTC)
- Roziman — Administratorlikka munosib nomzod deb bilaman. Diloromxon 11:18, 13-Aprel 2024 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Nomzodga savollar
[manbasini tahrirlash]- Standart savollar
- 1. Administratorlar majburiyatlaridan qaysi birini bajarmoqchisiz?
- Oʻchirilgan sahifalar tarkibini koʻrish hamda Vikipediya uchun zarur deb topilganlarni qayta tiklash;
- Sahifalarni himoya qilish holatini oʻzgartirish. Shuningdek, zarur vaziyatlarda himoya oʻrnatish va haqli deb topilgan talablarga koʻra, bekor qilish;
- Vikipediya qoidalarini buzgani aniqlangan anonim/roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarni bloklash;
- Tajribali administratorlar orasida ijtimoiy integratsiya jarayoniga qoʻshilish; Alpasli
- 2. Vikipediyaga qoʻshgan oʻz hissangizni qanday baholaysiz?
- Qoʻshgan hissamni oz deb bilaman, qoniqarsiz. Hanuz amalga oshirishim/qoʻshishim zarur boʻlgan muhim hissalarim bor. Alpasli
- 3. Sizda vikipediyaning boshqa foydalanuvchilari bilan qarama-qarshiliklar boʻlganmi? Agar boʻlgan boʻlsa, ularni qanday hal qilgan edingiz va kelajakda buni qanday hal qilmoqchisiz?
- Qarama-qarshiliklar „sogʻlom“ munozara/muhokama darajasida boʻlishi shart deb bilaman va bunga amal qilishga tirishaman. Fikriy kelishmovchiliklar ortidan qasd qilishga urinish holatlariga mutlaqo qarshiman. Ezgu maqsadni koʻzlab hissa qoʻshayotgan administrator va foydalanuvchilar qarama-qarshiliklarga borib oʻtirmaganiga/aralashmaganiga guvoh boʻldim. Bundan buyogʻiga ulardan oʻrnak olyapman. Alpasli
- 4. Siz biror marta blok qilinganmisiz? Agar ha, u holda qaysi sabab boʻyicha? ([Bloklash jurnali])
- Yoʻq. Alpasli
- 5. Vikipediyaning aktiv foydalanuvchilaridan birortasi bilan shaxsan tanishmisiz?
- Oʻzbekcha Vikipediya bilan bir qatorda, turk va ozarbayjoncha Vikipediya foydalanuvchilarining faollari bilan shaxsan tanishman. Tanishligimiz oʻzaro hamkorlik qilish kerakligi borasidagi fikrda mushtarak. Alpasli
- 6. Sizda boshqa manbalarda administratorlik tajriba bormi?
- Agar soʻralayotgan savolga oid/mos deb boʻlsa, soham (tarix)ga oid blog yuritishda tajribam bor. Alpasli
Qoʻshimcha savollar
[manbasini tahrirlash]Alpasli, Vikipediyada qanday holatlarda manfaatlar ziddiyati kelib chiqadi? Buning oldini olish uchun qanday muayyan choralarni koʻrish mumkin? Nataev munozara 14:26, 27-Mart 2024 (UTC)
- oʻzim tarjima qilgan qoidaning qisqa matnini misol oʻlaroq keltirmoqdaman: oʻzingiz, oilangiz, doʻstlaringiz, mijozlaringiz, ish beruvchilaringiz, xususan, moliyaviy yoki boshqa munosabatlarga dahldor boʻlgan mavzularda Vikipediyaga hissa qoʻshishni oʻz ichiga oladigan jarayondir. Har qanday turdagi tashqi munosabatlar manfaatlar toʻqnashuviga olib borishi mumkin. Biror kishining manfaatlar toʻqnashuvida ishtirok etishi, uning halol yoki emasligi borasidagi hukm emas, balki holatga berilgan tavsifdir.
- oʻzbekcha Vikipediyaga kirib kelgan ilk paytlarimda, qoidalarni bilmaganim bois, bu bilan bogʻliq baʼzi holatlarga aralashib qolganim rost. avval boshda bu qoidaning nega mavjudligini magʻzini chaqmaganim ham bor gap. yuzaga kelayotgan bunga bogʻliq holatlar, shuningdek, qoidalarning toʻliq shakli bilan tanishib chiqqanimdan soʻngra, qoidalar nechogʻliq haqligi/toʻplangan tajribalar mahsuli oʻlaroq shakllangan ekanligini ichdan anglab yetdim. Nataev, bu holatni savol sifatida berganingiz uchun sizdan minnatdorman. va siz, menga ishonch bildirayotgan foydalanuvchilar guvohligida soʻz beramanki, har qanday manfaatlarni, koʻnggilli ravishda boyitilayotgan oʻzbekcha Vikipediya qoidalaridan ustun qoʻymayman/ustun qoʻyilayotgan holatlarning qarshisida turaman. darvoqe, oʻzbekcha Vikipediya administratoriligi statusini olish yoki olmasligim bergan soʻzimning amal qilishi bilan bogʻliq emas. yaʼni vaʼdamga doim amal qilaman. hurmat ila Alpasli (munozara) 16:11, 27-Mart 2024 (UTC)
- manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish bilan bogʻliq bergan savolingizga tayinli javob yoʻq ekan yuqoridagi fikrlarimda. oʻzbekcha Vikipediya bilan, umuman, Vikipediya faoliyati bilan yaqindan tanish boʻlmagan jamiyatda yashaganimiz tufayli bu holat bilan bogʻliq holatlar bizda koʻpayib borishi tabiiy jarayon deb oʻylayman. oldini olish uchun esa, murojaat bilan chiqqan shaxs/tashkilot kim/qaysi ekanidan qatʼi nazar, qoidalar borasida tushuntirish ishlari amalga oshirish kerak deb oʻylayman. bundan tashqari, ommaviy axbarot vositalarining kuchidan foydalanish, xususan, oʻzbekcha Vikipediyaga tegishli boʻlgan ijtimoiy tarmoqlar orqali bunga oid postlar ulashib, keng omma orasida bu bilan bogʻliq tasavvur uygʻotilsa, foydadan xoli boʻlmaydi nazdimda. xullas, bunda asosan betaraf/ishonchli/reklamadan xoli icharik (kontent) yaratish maqsad qilinganini ommaga tushuntirish oson boʻlmasligi, ammo bu ilojsiz emasligiga ishongan qarashlarim/fikrlarim bor Alpasli (munozara) 17:17, 27-Mart 2024 (UTC)
- bundan tashqari, pulga tahrir qiluvchilarga doir amalda boʻlgan qoida bilan tanishib chiqqanman va yaqin kelajakda, ushbu qoidani toʻliq tarjima etishni niyat etganman. bu qoidalarni muhokamadan oʻtkazib, qabul qilib olsak, ancha foydali boʻladi deb oʻylayman. negaki, oʻzbekcha Vikipediyada bu jarayon bilan bogʻliq madaniyat shakllanishiga ehtiyoj yuzaga kelayotgani bor gap. Alpasli (munozara) 20:51, 27-Mart 2024 (UTC)
- manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish bilan bogʻliq bergan savolingizga tayinli javob yoʻq ekan yuqoridagi fikrlarimda. oʻzbekcha Vikipediya bilan, umuman, Vikipediya faoliyati bilan yaqindan tanish boʻlmagan jamiyatda yashaganimiz tufayli bu holat bilan bogʻliq holatlar bizda koʻpayib borishi tabiiy jarayon deb oʻylayman. oldini olish uchun esa, murojaat bilan chiqqan shaxs/tashkilot kim/qaysi ekanidan qatʼi nazar, qoidalar borasida tushuntirish ishlari amalga oshirish kerak deb oʻylayman. bundan tashqari, ommaviy axbarot vositalarining kuchidan foydalanish, xususan, oʻzbekcha Vikipediyaga tegishli boʻlgan ijtimoiy tarmoqlar orqali bunga oid postlar ulashib, keng omma orasida bu bilan bogʻliq tasavvur uygʻotilsa, foydadan xoli boʻlmaydi nazdimda. xullas, bunda asosan betaraf/ishonchli/reklamadan xoli icharik (kontent) yaratish maqsad qilinganini ommaga tushuntirish oson boʻlmasligi, ammo bu ilojsiz emasligiga ishongan qarashlarim/fikrlarim bor Alpasli (munozara) 17:17, 27-Mart 2024 (UTC)
- oʻzbekcha Vikipediyaga kirib kelgan ilk paytlarimda, qoidalarni bilmaganim bois, bu bilan bogʻliq baʼzi holatlarga aralashib qolganim rost. avval boshda bu qoidaning nega mavjudligini magʻzini chaqmaganim ham bor gap. yuzaga kelayotgan bunga bogʻliq holatlar, shuningdek, qoidalarning toʻliq shakli bilan tanishib chiqqanimdan soʻngra, qoidalar nechogʻliq haqligi/toʻplangan tajribalar mahsuli oʻlaroq shakllangan ekanligini ichdan anglab yetdim. Nataev, bu holatni savol sifatida berganingiz uchun sizdan minnatdorman. va siz, menga ishonch bildirayotgan foydalanuvchilar guvohligida soʻz beramanki, har qanday manfaatlarni, koʻnggilli ravishda boyitilayotgan oʻzbekcha Vikipediya qoidalaridan ustun qoʻymayman/ustun qoʻyilayotgan holatlarning qarshisida turaman. darvoqe, oʻzbekcha Vikipediya administratoriligi statusini olish yoki olmasligim bergan soʻzimning amal qilishi bilan bogʻliq emas. yaʼni vaʼdamga doim amal qilaman. hurmat ila Alpasli (munozara) 16:11, 27-Mart 2024 (UTC)
Hozirda 15 nafar administratorimiz bor (MediaWiki'ning Suiisteʼmollar filtridan tashqari). Bu kamsonli foydalanuvchilarimiz uchun haddan ziyod oshiq. Tepada "administratorlar majburiyatlari" boʻlimida yozganingiz 4 banddan (oʻchirilgan sahifalarni tiklash, sahifalarni himoyalash, foydalanuvchilarni chetlashtirish, administratorlar guruhiga qoʻshilish) birinchi 3 tasini mavjud 15 administratordan biriga soʻrov qilib bajarish mumkin. Soʻnggi, "Tajribali administratorlar orasida ijtimoiy integratsiya jarayoniga qoʻshilish" bandini esa majburiyat emas, balki istak deyish toʻgʻriroq. Shularni hisobga olib, nega administrator boʻlishingiz lozimligini izohlasangiz, iltimos. Abdulla munozara 20:09, 28-Mart 2024 (UTC)
- avvalo shuni alohida ta’kidlashim kerakki, men administratorlik statusini bir ma’suliyat sifatida boʻynimga olmoqchiman. fikrimcha, ma’suliyat yuki insonni doimiy oʻz ustida ishlash sari undab keluvchi asosiy faktorlardan biri. men shu yukning bir uchidan koʻtargan holda, oʻzbekcha Vikipediya rivojiga koʻproq xizmat qila olishimga ishonyapman Alpasli (munozara) 04:42, 29-Mart 2024 (UTC)
- shu bilan birga, mavjud vaziyatni hisobga olib aytadigan boʻlsam, „avlodlar almashinuvi“ yuz berishi qochib boʻlmas bir jarayondir. oʻzimni yangi avlod vakillaridan biri sifatida bilganim bois, oʻzbekcha Vikipediyaga yangicha „ob-havo“ olib kirish uchun, bor imkonim bilan harakat qilish niyatidaman Alpasli (munozara) 05:54, 29-Mart 2024 (UTC)
- Joriy yilning mart oyida trwikida 551 ming tahrir qilinibdi. Ulardagi adminlar soni 20 nafar. Bizda esa atigi 88 ming tahrir qilingan, ammo amaldagi adminlar soni 15 nafar.
- Ushbu muhokama natijasi qanday boʻlishidan qatʼi nazar, bundan nari katta ehtiyoj tugʻilmasa, administratorlar sonini keraksiz oshirmaslik siyosatiga amal qilishimiz kerak boʻladi. Yangi nomzodlar uchun talablarni bir mucha qaʼtiylashtirishni, shuningdek, admin amalini deyarli amalga oshirmagan foydalanuvchilar huquqlarini bekor qilish siyosatini ham ishlab chiqsak boʻladi. Nataev munozara 20:21, 7-Aprel 2024 (UTC)
- shu bilan birga, mavjud vaziyatni hisobga olib aytadigan boʻlsam, „avlodlar almashinuvi“ yuz berishi qochib boʻlmas bir jarayondir. oʻzimni yangi avlod vakillaridan biri sifatida bilganim bois, oʻzbekcha Vikipediyaga yangicha „ob-havo“ olib kirish uchun, bor imkonim bilan harakat qilish niyatidaman Alpasli (munozara) 05:54, 29-Mart 2024 (UTC)
Alpasli, administratorlar majburiyatlariga nimalar kiradi va birinchi standart savolga bergan javobingizda ulardan qaysilari koʻrsatilmagan? — Kagansky munozara 13:05, 13-Aprel 2024 (UTC)
- eng asosiy oʻlaroq qayd etilgan majburiyatlar quyidagilar:
- Biror sahifani himoyalash;
- Sahifani oʻchirish;
- Oʻchirilgan sahifani tiklash;
- Tahrirlar tarixidan biror versiyani yashirish;
- Biror foydalanuvchini chetlashtirish;
- shuningdek, quyida koʻrsatilgan vakolatlardan birini butun maʼsuliyatni oʻz boʻyniga olgan holda amalga oshirishlari ham mumkin:
- Tahrirlar yoki tahrirlar tarixiga biriktirilgan IP maʼlumotlarining toʻliq koʻrinishiga erishish (ipinfo-view-full);
- Shaxsiy tahrirlar va jurnal yozuvlariga ixtiyoriy teglarni qoʻshish va olib tashlash (changetags);
- Foydalanuvchining elektron pochta xabarlari yuborishni bloklash yoki blokdan chiqarish (blockemail);
- Boshqa foydalanuvchilarning tahrirlashini bloklash yoki blokdan chiqarish (block);
- Boshqa foydalanuvchilar JSON fayllarini tahrirlash (edituserjson);
- IP bloklarini, avtomatik bloklarni va diapazon bloklarini chetlab oʻtish (ipblock-exempt);
- Himoya sozlamalarini oʻzgartirish va himoyalangan sahifalarni tahrirlash (protect);
- Oxirgi qabul qilingan tahrir qanday tanlanishi va koʻrinishi qanday boʻlishi kerakligini sozlash (stablesettings);
- Mavjud foydalanuvchi nomlariga oʻxshash nomlar bilan hisoblar yaratish (override-antispoof)
- Teglarni yaratish va yoki oʻchirish (managechangetags)
- Qaysi tashqi domenlar bogʻlanishi taqiqlanganligini belgilash yoki oʻzgartirish (abusefilter-modify-blocked-external-domains);
- Teglarni maʼlumotlar bazasidan oʻchirish (deletechangetags);
- Muayyan tahrirlar tarixini oʻchirish va bekor qilish (deletelogentry);
- Sahifalarning muayyan tahrirlarini oʻchirish va bekor qilish (deleterevision);
- Mahalliy ravishda global bloklarni oʻchirib qoʻyish (globalblock-whitelist);
- „Faqat administratorlar“ nomi bilan himoyalangan sahifalarni tahrirlash (editprotected);
- „Faqat roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar“ sifatida himoyalangan sahifalarni tahrirlash (editsemiprotected);
- Himoyalangan andozalarni tahrirlash (templateeditor);
- Sayt boʻylab JSON-ni tahrirlash (editsitejson);
- Sahifaning kontent modelini tahrirlash (editcontentmodel);
- Fayl yuklash (upload);
- Fayllarni koʻchirish (movefile);
- Global hisob uchun mahalliy hisobni majburan yaratish (centralauth-createlocal);
- Foydalanuvchi interfeysini tahrirlash (editinterface);
- Oʻz tahrirlarini avtomatik ravishda „qabul qilingan“ deb belgilash (autoreview);
- Ikki faktorli autentifikatsiyani yoqish (oathauth-enable);
- Boshqa tildagi Vikipediya sahifalarini import qilib oʻtkazish (import);
- Tajribali foydalanuvchilar roʻyxatini boshqarish (managementors);
- Boshqalarning tahrirlarini patrul qilingan deb belgilash (patrol);
- Amalga oshirilgan tahrirlarni „qabul qilingan“ deb belgilash (review);
- Qaytarilgan tahrirlarni bot tahrirlari sifatida belgilash (markbotedits);
- Sahifalar tarixini birlashtirish (mergehistory);
- Cheklangan amallar bilan tahrirlash filtrlarini oʻzgartirish (abusefilter-modify-restricted);
- Kutilayotgan oʻzgarishlar ostidagi sahifalarni koʻchirish (movestable);
- Foydalanuvchilarning ildiz sahifalarini koʻchirish (move-rootuserpages);
- Umumiy media omboridagi fayllarni mahalliy sifatida bekor qilish (reupload-shared);
- Ruxsat berilmagan nomlar yoki foydalanuvchi nomlari roʻyxatini bekor qilish;
- Oʻchirilgan sahifalarni qidirish (browsearchive);
- CAPTCHA-dan oʻtmasdan CAPTCHA-ni ishga tushirish harakatlarini bajarish (skipcaptcha);
- Qisqa URL-manzillar yaratish (urlshortener-create-url);
- Muayyan sahifani tahrir qilgan soʻnggi foydalanuvchining tahrirlarini tezda qaytarib olish (rollback);
- Muvaffaqiyatsiz yoki transkodlangan videolarni asl holatiga qaytarish, shunda ular yana ish navbatiga kiritiladi (transcode-reset);
- Berilgan tahrirlash filtri boʻyicha barcha oʻzgarishlarni qaytarish (abusefilter-revert);
- Sahifalarni toʻliq oʻchirish (nuke);
- Sahifalarni koʻchirish (move);
- Sahifalarni ostsahifalari bilan birga koʻchirish (move-subpages);
- Sahifalarni oʻchirish (delete);
- Bir vaqtning oʻzida bir nechta foydalanuvchilarga xabar yuborish (massmessage);
- Turkum sahifalarini koʻchirish (move-categorypages);
- Sahifani bekor qilish (undelete);
- API soʻrovlarida yuqori chegaralardan foydalanish (apihighlimits);
- Joriy transkod faoliyati haqidagi maʼlumotlarni koʻrish (transcode-status);
- Koʻrilmayotgan sahifalar roʻyxatini koʻrish (unwatchedpages);
- Oʻchirilgan tarix yozuvlarini ular bilan bogʻlangan matnsiz koʻrish (deletedhistory);
- Oʻchirilgan matnni va oʻchirilgan tahrirlar orasidagi oʻzgarishlarni koʻrish (deletedtext);
- Batafsil tahrirlash filtri jurnali yozuvlarini koʻrish (abusefilter-log-detail);
- Shaxsiy sifatida belgilangan tahrirlash filtrlarini koʻrish (abusefilter-view-private);
- Maxfiy deb belgilangan tahrirlash tarixidagi yozuvlarini koʻrish (abusefilter-log-private);
- Ruxsat berilmagan sarlavhalar roʻyxati jurnalini koʻrish (titleblacklistlog);
- Koʻrib chiqilmagan sahifalar roʻyxatini koʻrish (unreviewedpages);
- Yangi foydalanuvchi hisobini yaratish (createaccount);
- Berish (koʻplab kichik imtiyozlarga tegishli qoidalar va nomlari hanuz tarjima qilingan emas): Suiisteʼmollar filtri muharrirlari, Hisob yozuvi yaratuvchilar, Avtopatrullar, Tasdiqlangan foydalanuvchilar, Event coordinators, Fayllarni nomlovchilar, Patrullashlar, Eski holiga qaytaruvchilar, Andoza muharrirlari, Mass message senders, Extended confirmed users, Page movers, Patrullovchilar va IP-chetlashtirishlardan mustasnolar.
- Olib tashlash: Eski holiga qaytaruvchilar, Hisob yozuvi yaratuvchilar, Suiisteʼmollar filtri muharrirlari, Avtopatrullar, Tasdiqlangan foydalanuvchilar, Patrullashlar, Fayllarni nomlovchilar, Andoza muharrirlari, Mass message senders, Extended confirmed users, Page movers, Patrullovchilar, Event coordinators va IP-chetlashtirishlardan mustasnolar
- Kagansky, avvalo savol uchun minnatdorman. standart savollar uchun bergan javobimda: Tahrirlar tarixidan biror versiyani yashirish bilan birga, yuqorida keltirilgan koʻplab majburiyatlar tilga olinmagan. Alpasli (munozara) 14:58, 13-Aprel 2024 (UTC)
- Sezgan boʻlsangiz Tajribali administratorlar orasida ijtimoiy integratsiya jarayoniga qoʻshilish degan admin majburiyati yoʻq. Bu bir istakka tortyapti. Batafsil javob berishga harakat qilib admin majburiyatlarini tarjima qilib yozganiz yaxshi ish boʻlibdi. Baraka toping! Kagansky munozara 15:07, 14-Aprel 2024 (UTC)
- Bilamizki sahifalarni Vikimezonlariga asosan oʻchirish oʻzbekcha Vikipediya admini oʻz faoliyati davomida eng koʻp amalga oshiradigan ishdir. Administratorlikka nomzod sifatida standart savollarning birinchisiga berilgan javobda bu haqida hech narsa deyilamagan ekan. Maqolalarni oʻchirishga hissa qoʻshib kelayotganingiz bor gap. Lekin, sizning tahrirlaringiz tarixidan avval ham, hozirgi nomzodlikda ham bu ishni majburiyat oʻlaroq bajarishingiz mumkinligini biror bir sahifada yozganingizga koʻzim tushmadi. Shunga izoh yozsangiz, iltimos. — Kagansky munozara 08:30, 15-Aprel 2024 (UTC)
- ochigʻini aytsam, oʻchirish bilan bogʻliq faoliyatni hozir ham amalga oshirayotganim bois, buni aytib oʻtishga ehtiyoj bor deb oʻylamapman. yanada kengroq aniqlik kiritadigan boʻlsam, oʻchirish bilan bogʻliq faoliyatlarni olib borishim mumkinligini aytganim taqdirda, savol teskari berilishi ehtimoli xayolimdan oʻtdi. yaʼni: „sen oʻchirish bilan bogʻliq faoliyatni zotan amalga oshirmoqdasan“, qabilidagi haqli savol beriladi deb oʻyladim. savol uchun minnatdorman. Alpasli (munozara) 10:18, 15-Aprel 2024 (UTC)
Shu paytgacha koʻplab ajoyib mavzularda maqolalar va roʻyxatlar yaratgansiz. Shulardan qaysilari Vikimezonlariga mos emas boʻlishi mumkin deb oʻylaysiz? — Kagansky munozara 08:39, 15-Aprel 2024 (UTC)
- xayolimga Choʻlpon sheʼrlarining roʻyxati maqolasi keldi. uni turkcha Vikipediyadagi Nâzım Hikmet şiirleri listesi roʻyxatini koʻrganimda yaratish fikri aqlimga kelgan. faqat boshqacha uslubda, oʻquvchiga oʻzgacha ahamiyatli boʻlishi uchun skrin qilingan sheʼrlari bilan birga ulashganman. maqolada umumiy sheʼrlarining joy olishi ensiklopedik uslub chegarasidan chiqishi oʻlaroq baholanishi mumkinligi xayolimga keldi/kelyapti. biror foydalanuvchi muhokamaga qoʻysa, munozarada hal qilib olamiz. Alpasli (munozara) 09:53, 15-Aprel 2024 (UTC)
Natija
[manbasini tahrirlash]Status berildi | ||
---|---|---|
Rozilar: | 10 | |
Qarshilar: | 0 | |
Betaraflar: | 0 | |
Rozilar ovozlari foizi: | 100% |
Bajarildi. Malikxan munozara 03:00, 24-Aprel 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.