Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Administratorlikka soʻrovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Administratorlik statusi tajribali, jamoaning yetarlicha ishonchiga ega boʻlgan va loyihada tartibni saqlash, texnik yordam, konfliktlarni va xulosalar chiqarish boʻyicha xos vazifalarni bajarishda javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchilarga beriladi.

Ushbu sahifada administratorlikka nomzodingizni qoʻyishingiz mumkin. Nomzodingizni qoʻyishdan avval administrator boʻlish uchun qoʻyiladigan talablar bilan tanishib chiqing. Qoʻyilgan talablarga javob bera olsangizgina oʻzingizni nomzodlikka qoʻying. Oʻz nomzodingizni qoʻyganingizdan keyin foydalanuvchilar tomonidan rozilik yoki qarshilik ovozlari hamda ayrim savollar beriladi.


Administratorlarni saylash qoidalari

Administrator statusi rasmiyatchilardan biri tomonidan administratorlik majburiyatini oʻz zimmasiga olishga tayyor boʻlgan foydalanuvchi soʻrovi asosida beriladi. Bunda koʻp koʻrsatgichlar hisobga olinadi, jumladan, tajriba, tahrirlar soni, nomzodni boshqa foydalanuvchilar tomonidan muhokamasi va ularning ovozlari natijasi. Ovoz berish nomzodning nomzodligiga ovoz berish sahifasida uning aniq roziligi olinganidan keyin boshlanadi va 1 haftadan keyin (7 sutka) 15:00 UTC da tugaydi. Ovoz berishda nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha oʻzbekcha Vikipediyaning maqolalar nomfazosida 100 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan, kamida 2 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilguncha boʻlgan 30 va 60 kun ichida bittadan kam boʻlmagan va nomzodlik soʻrovga qoʻyilmasdan 15 kun oldingi davr ichida bitta dan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi kerak. Admininstrator statusiga daʼvogar oʻzbekcha Vikipediyada bir yil avval roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va 1 500 tadan kam boʻlmagan tahrir qilgan boʻlishi zarur. Agar foydalanuvchining administratorlik vazifasiga munosibligiga shubhangiz boʻlsa, dadil qarshi ovoz bering, agar u odam haqida hech narsa bilmasangiz — betaraflar boʻlimiga ovozingizni qoʻying.

Agar administratorlik statusi sizga berilmasa yoki siz hali bu statusga loyiq boʻlmasangiz yoki shunchaki administratorlik vazifalar qanday ishlashini bilishni xohlasangiz, bu roʻyxatdagi har qanday test vikilarga murojaat qilishingiz va u yerda barcha administratorlik ishlarni his qilishingiz mumkin.

Nomzodligingizni qoʻyish

Administratorlikka oʻz nomzodligingizni qoʻyishdan avval Vikipediya:Administratorlar sahifasi bilan tanishib chiqing.

Nomzod nomini „/“dan keyin kiriting va „Soʻrov ostsahifasini yaratish“ tugmasini bosing:


Yaqinda yopilgan soʻrovlar

Yaqinda yopilgan administratorlikka va rasmiyatchilikka soʻrovlar (yangilash)
Nomzod Turi Natijasi Yopilgan sanasi Ovozlar soni
R Q B %
Alpasli AS Muvaffaqiyatli 2024-yil 24-aprel 10 0 0 100


Joriy soʻrovlar

Joriy soʻrov yoʻq.

Oʻtgan soʻrovlar


Arxivlar

Status berilishi foydalanuvchilar huquqlari jurnalida koʻrsatiladi.

Yana qarang