Kontent qismiga oʻtish

Veniamin Akudin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veniamin Georgiyevich Akudin (1936.3.1, Mirzachoʻl, hozirgi Guliston sh.) 279 — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1974). Respublika rassomlik bilim yurtida (1951-56), Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida (1957-62) taʼlim olgan, shu institutda oʻqituvchilik qilgan (1962-72); 1961-yildan Respublika qoʻgʻirchoq teatrida ras-som. Dekoratsiya eskizlari, qoʻgʻirchoqlari asar mazmuniga mosligi bilan diqqatga sazovor. Veniamin Akudin yaratgan koʻpgina qoʻgʻirchoqlar (Kachal polvon, Oygul, Baxtiyor va boshqalar) bolalarning sevimli ovunchoqlariga aylandi. Qoʻgʻirchoq teatri jamoasi bilan birga koʻpgina mamlakatlarda boʻlib, safar taassurotlari asosida akvarel rasmlar turkumini yaratdi („Birma-72“, „Hindiston-77“, „Kobul-80“, „Bolga-riya-82“; „Chimyon“, 1995)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil