Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesueladagi inqiroz — Ugo Chavesning oʻlimidan keyin Venesueladagi voqealar. 2013-yilda uning hamkasbi Nikolas Maduro oʻzidan oldingi prezident siyosatini davom ettirgan holda mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi. 2014-yil boshiga kelib mamlakatda iqtisodiy muammolar ogʻirlasha boshladi, bu hukmron tuzumning keskin tanqid qilinishiga va siyosiy inqirozga olib keldi.
Iqtisodiy inqiroz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Venesuela iqtisodiyoti koʻp jihatdan neftning jahon narxlariga bogʻlanib qolgan iqtisodiyot hisoblanadi: xom neftdan tushgan daromad mamlakat eksport daromadining qariyb 95 foizini tashkil etadi. 2014-yil iyun oyida neft narxi keskin tushib ketishi: bir barrel uchun 100-115 dollardan 45-50 dollargacha (2014-yil dekabr), bu Venesuelaning iqtisodiy muammolarini yanada kuchaytirdi. N. Maduro hokimiyatga kelishi arafasida (2013-yil boshi) Venesuelaning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 70 foizini , budjet taqchilligi esa 13 foizni tashkil etdi[1]. 2013-yil oxirida mamlakat YaIM 1,6 % ga oʻsgan boʻlsa-da, inflyatsiya juda yuqori darajada saqlanib qoldi — 56,3 %[2].
Maduro olti oy davomida parlamentdan favqulodda vakolatlar olgan holda, „iqtisodiy hujum“ haqida eʼlon qildi va xususan, xususiy kompaniyalar uchun foydaning 30 foizini joriy qildi. Maduroning ushbu harakatlari natijasida shakar va oʻsimlik moyi kabi asosiy mahsulotlar tanqisligi yuzaga keldi[3].
Eksport tushumlarining keskin kamayishi ham ijtimoiy dasturlarning qisqarishiga olib keldi, bu esa oʻz navbatida Prezident Maduro ning siyosiy mashhurligi darajasiga taʼsir koʻrsatdi.
Inqiroz Venesuela xalqining katta qismi qashshoqlashishiga olib keldi. Oziq-ovqat izlab, mamlakat aholisi hatto hayvonot bogʻlari, axlatxonalar va shahar axlatxonalaridan ham oziq ovqat qidira boshladi[4].
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hukumat versiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hukumat inqiroz sababi korrupsiya va Amerika Qoʻshma Shtatlar tomonidan mamlakatga qarshi olib borilgan iqtisodiy urush ekanligini eʼlon qildi.
Muxolifat versiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muxolifat hukumat va prezident Maduroni iqtisodiyotni notoʻgʻri boshqarishda va demokratik institutlarni yoʻq qilishda ayblab chiqdi.
Konstitutsiyaviy inqiroz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Parlament va sud oʻrtasidagi ziddiyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilgi parlament saylovlarida muxolifat 16 yil ichida ilk bor parlamentda koʻp oʻrinni qoʻlga kiritdi. Biroq, hukumat hali ham Oliy sudni nazorat qilar edi, natijada sud va parlament oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keldi.
- Sud harakati
- 2017-yilning aprel oyida sud muxolifat yetakchisi Enrike Kaprilesni 15-yil muddatga davlat lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qildi.
- Parlamentning harakatlari
- 18-aprelda parlament Oliy sud sudyalarini almashtirish uchun maxsus komissiya tuzdi.
Ommaviy norozilik namoyishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ommaviy namoyishlar 2014-yil 4-fevralda Tachira shtatining poytaxti San-Kristobalda talabalarning norozilik namoyishlari bilan boshlandi va keyin boshqa shaharlarga, jumladan Merida[5] shahriga tarqaldi. Ishtirokchi talabalar universitet auditoriyalarida xavfsizlik choralari yetarli emasligidan shikoyat qildilar, shuningdek, hukumat siyosati sabab boʻlgan iqtisodiy inqirozga qarshi norozilik bildirdilar[6]. Keyinroq namoyishlar mamlakat poytaxti Karakas shahriga ham yoyildi. Ushbu harakatlarning baʼzi ishtirokchilari xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olindi, bu politsiya bilan toʻqnashuvlar va inson qurbonlari bilan yakunlangan yangi noroziliklarga sabab boʻldi.
Noroziliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Prokuratura
Hukumatning harakatiga bosh prokuror Luis Ortega Diaz qarshi chiqdi; u Milliy gvardiyaning sobiq rahbari Antonio Benavidez Torresni namoyishchilarni tarqatib yuborishga buyruq berganlikda aybladi, bunda asosan haddan tashqari kuch ishlatish tufayli oʻlim va jarohatlar sabab qilib koʻrsatildi[7]. Prokuror, shuningdek, Torresni inson huquqlarini buzish, mansab vakolatlarini suisteʼmol qilish va mahbuslarni qiynoqqa solishda aybladi[7]. Dias, shuningdek, Maduroning Taʼsis Assambleyasini chaqirish haqidagi farmoniga eʼtiroz bildirgan holda bir necha bor sudlarga murojaat qilgan[7]. Uning noroziliklariga javoban, 2017-yil iyun oyi oxirida Venesuela Oliy sudi Diazni lavozimidan chetlashtirdi, uning chet elga chiqishini taqiqladi va bank hisoblarini muzlatib qoʻydi[7].
- Harbiy va razvedka xodimlari
2017-yil 28-iyun kuni jinoiy va sud-tibbiy tadqiqotlar korpusining sobiq inspektori Oskar Peres boshchiligidagi bir guruh razvedka xodimlari politsiya vertolyotini oʻgʻirlab ketishdi, shundan soʻng ular Venesuela Oliy sudi binosiga bir nechta granatalarni otishdi[8][7][9].
6-avgust kuni harbiy guruh prezident Maduroga qarshi qoʻzgʻolon eʼlon qildi (Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan harbiy videoga tayanib, El Nacional xabar berdi).
2017-yil dekabrida Oskar Peres Miranda shtatidagi Venesuela armiyasi bazasini egallab olish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.
2018-yilgi prezidentlik saylovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Navbatdagi prezidentlik saylovi 2018-yilning mayiga belgilandi.
Demokratik birlik davra suhbati (MUD) prezidentlik saylovlarini boykot qilishini aytdi[10].
Saylovlar 2018-yil 20-may kuni boʻlib oʻtdi va Nikolas Maduro 67,79 foiz ovoz olib, yangi muddatga qayta saylandi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, saylovchilarning ishtiroki 45,99 % ni, mustaqil kuzatuvchilarning ma;lumotlariga koʻra 17,32-25,8 %ni tashkil etgan[11][12][13].
Saylovlar natijalaridan asosan Gʻarb davlatlari, shuningdek Lotin Amerikasi davlatlarining noroziliklariga sabab boʻldi. 14 davlat, jumladan Argentina, Braziliya va Kanada saylov natijalariga norozilik bildirish uchun Karakasdagi elchilarini chaqirib oldi. Xuddi shu sababga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlar Venesuelaga nisbatan qoʻshimcha iqtisodiy sanksiyalar kiritdi. AQSh prezidenti Donald Tramp yangi saylovlar oʻtkazish va Venesueladagi repressiyalarni toʻxtatishga chaqirdi. Rossiya prezidenti V. Putin N. Maduroni qayta saylanishi munosabati bilan unga mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etishda muvaffaqiyatlar tiladi. Rossiyadan tashqari Salvador, Kuba va Xitoy ham saylov natijalarini tan oldi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ivanovskiy Z. V. Vnutrennyaya i vneshnyaya politika Venesueli v usloviyax krizisa // Latinoamerikanskiy istoricheskiy almanax. — 2014. — T. 14. — № 14. — S. 224
- ↑ Ivanovskiy Z. V. Vnutrennyaya i vneshnyaya politika Venesueli v usloviyax krizisa // Latinoamerikanskiy istoricheskiy almanax. — 2014. — T. 14. — № 14. — S. 224—225
- ↑ „Venezuela Economy: Population, GDP, Inflation, Business, Trade, FDI, Corruption“. 2017-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
- ↑ „Голод в Венесуэле: политические причины и социальные последствия“. 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-avgust.
- ↑ „Lenta.ru: Мир: Политика: На подавление протестов в Венесуэле бросят десантников“. 2014-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
- ↑ „Студенческие протесты в Венесуэле: двое погибших — BBC Russian — В мире“. 2014-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 „Несмотря на массовые протесты в стране, президент Мадуро остается у власти“. 2017-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
- ↑ „Угонщика вертолета в Венесуэле заподозрили в связях с ЦРУ“. 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-avgust.
- ↑ „Мадуро: группа Оскара Переса собиралась устроить теракт у иностранного посольства“. 2018-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-yanvar.
- ↑ „Venezuela Opposition Will Boycott Election, and Maduro Tightens His Hold“ (en). The New York Times (2018-yil 21-fevral). 2018-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-fevral.
- ↑ „Venezuela election: Maduro on course for re-election amid low turnout“. 2018-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
- ↑ „Venezuela vota entre colegios y calles vacíos, puntos de control del voto y bonos por meter la papeleta“. 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
- ↑ „En cifras: Dejan al descubierto la mentira de «participación masiva» en comicios“. 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.
- ↑ „«Venezuela election: Fourteen ambassadors recalled after Maduro win»“. 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-yanvar.