Vegetativ organlar
Vegetativ organlar (oʻsimliklarda) — yuksak oʻsimliklarning oziqlanishi va tashqi muhit bilan moddalar almashinuvini taʼminlaydigan qism. Vegetativ koʻpayish vazifasini bajaradi. Asosiy Vegetativ organlarga barg va poyali novda hamda ildiz kiradi. Barg fotosintez, ildiz suv va mineral moddalarni shimib olish vazifasini bajaradi. Evolyutsiya jarayonida V. o. oʻsimliklar quruqlikka chiqishi bilan tuzilishining mukammallashuvi tufayli paydo boʻlgan. Tuban koʻp hujayrali % Oʻsimliklar (suv oʻtla-ri) va zamburugʻlarning vegetativ tanasi (tallomi) birmuncha sodda va bir xilda tuzilgan boʻlib, organlarga boʻlinmaydi (ipsimon va ayrim plastinkasimon suv oʻtlari, zamburugʻlar mitselleysi). Koʻpchilik yirik yashil va qoʻngʻir suv oʻtlarining tashqi koʻrinishi yuksak oʻsimliklar organlariga oʻxshaydi, yaʼni bargsimon, poyasimon yoki iddizsimon boʻladi, lekin toʻqima tuzilishiga ega boʻlmagan qismlarga boʻlinadi. Hayvonlarda V. o. ga baʼzan nafas olish, hazm qilish, ayirish va b. organlar kiritiladi (yana q. Generativ organlar).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |