Kontent qismiga oʻtish

Vasudeva I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vasudeva I
Kushon podsholigi

Vasudeva I yoki II tomonidan zarb qildirilgan oltin tanga.[1]
Saltanat mil.avv 191-232
Oʻtmishdoshi Huvishka
Davomchisi Kanishka II
Sulola Kushon
Dini Hinduiylik

Vasudeva I (baqtriya tilida: Βαζοδηο Bazodeo; Middle brahmi yozuvida: Vā-su-de-va, xitoycha: 波調 Bodiao;) — kushon imperatori[2]. Kanishka I davrining 64—98-yillariga oid solnomalarida uning hukmronligi 191-yildan 232-yilgacha boʻlganligi qayd etilgan. U Shimoliy Hindiston va Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilgan, Balx (Baqtriya) shahrida tangalar zarb qildirgan. Uning hukmronligi sosoniylarning kuchayishi va kushon-sosoniylarning birinchi bosqinlari davriga toʻgʻri keladi[3].

Vasudeva Idan oldin hukmronlik qilgan Huvishka davri manbalarida uning hukmronlik yili Kanishka davrining 60-yilida (milodiy 187-yil) boshlangan. Xitoy manbalarida Vasudeva I hukmronligi milodiy 229 yilda yakunlangan.

Uning „Vasudeva“ ismi hind xudosi Vasudevaga atab qoʻyilgan (ushbu ism Krishnaga ham tegishli hisoblangan). Vasudeva hind xudosi sharafiga nomlangan birinchi kushon shohi edi. U hukmronligi davrida hinduizmni qabul qilgan[4]. Vasudeva I hukmronligi davrida mamlakat markazi Mathura shahri boʻlgan.

Xitoy bilan aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy tarixiy xronikasi hisoblangan Sanguojida Vasudeva I milodiy 229-yilda (Tayxe sulolasining 3-yili) Vey imperatori Kao Ruyga oʻlpon yuborganligi qayd etilgan:

Da Yuechji shohi Bodiao (波調) (Vāsudeva) oʻz elchisini soliq toʻlash uchun yubordi va Janobi Hazrati unga „Vey bilan yaqin boʻlgan Da Yuechji Podshohi“ unvonini berdi." (Sanguoji)

Vasudeva I xitoy manbalarida tilga olingan oxirgi Kushon hukmdoridir. Uning hukmronligi davrida Xitoyning Oʻrta Osiyoga tahdidi kamayadi[5]. Bu davrda Oʻrta Osiyoda Dxarmaguptaka buddist guruhining faoliyati kengayadi.

Vasudeva tangalari oltin dinor va chorak dinorlardan, shuningdek, mis tangalardan iborat edi. Vasudeva Kanishka va Huvishka tangalarida aks ettirilgan xudolar panteonini deyarli butunlay olib tashladi. Mao va Nana tasvirlari tushirilgan bir nechta tangalardan tashqari, Vasudevaning barcha tangalarining orqa tomonida Oesho tasvirlangan, u odatda Shiva deb nomlanadi. Old tomonda Vasudeva Kanishkaning qirollik qiyofasini tikladi, u tik turgan holda qurbongoh ustida qurbonlik qilmoqda. Baʼzan kichik qurbongohning ustiga boshqa trident ham qoʻshiladi. Hukmronligining oxirida Vasudeva tanga zarblariga nandipada belgisini () kiritdi[6][7].

Haykaltaroshlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vasudevaning nisbatan tinch hukmronligi davrida haykaltaroshlik sohasida muhim oʻzgarishlar boʻldi. Bir nechta buddist haykallari Vasudeva hukmronligi davriga oid boʻlib, buddist sanʼatining xronologiyasi uchun muhim manbalar hisoblanadi.

Mathurada topilgan Jain haykalida ham Vasudeva nomiga bagʻishlangan sanalar yozilgan[8][9].

Vasudeva I hukmronligi davriga oid haykallar
  1. Pal, Pratapaditya. Indian Sculpture: Circa 500 B.C.-A.D. 700 (en). University of California Press — 29-bet. ISBN 978-0-520-05991-7. 
  2. Sims-Williams, Nicholas. "Further notes on the Bactrian inscription of Rabatak, with an Appendix on the names of Kujula Kadphises and Vima Taktu in Chinese." Proceedings of the Third European Conference of Iranian Studies Part 1: Old and Middle Iranian Studies, Wiesbaden, 1998 — 202-bet. 
  3. Rezakhani, Khodadad. From the Kushans to the Western Turks — 202-bet. Qaraldi: 5-avgust 2023-yil. 
  4. Kumar, Raj. Early history of Jammu region. 2. Delhi: Kalpaz Publications. ISBN 9788178357706. 
  5. Rezakhani, Khodadad. From the Kushans to the Western Turks, 2017 — 202-bet. 
  6. Rosenfield, John M.. The Dynastic Arts of the Kushans (en). University of California Press, 1967 — 111-bet. 
  7. Shrava, Satya. The Kushāṇa Numismatics (en). Praṇava Prakāshan, 1985 — 11-bet. 
  8. Burgess, Jas. Epigraphia Indica Vol.-i — 392-bet. 
  9. Dowson, J.; Cunningham, A. (1871). "Ancient Inscriptions from Mathura". The Journal of the Royal Asiatic Society of Great Britain and Ireland 5 (1): 194. ISSN 0035-869X. https://www.jstor.org/stable/44012780. 
  10. 10,0 10,1 Rhi, Juhyung. Problems of Chronology in Gandharan. Positionning Gandharan Buddhas in Chronology. Oxford: Archaeopress Archaeology, 2017 — 35–51-bet. Andoza:Free access
  11. Problems of Chronology in Gandharan Art p.37
  12. Errington, Elizabeth. Numismatic evidence for dating the Buddhist remains of Gandhara (en) — 204-bet. 
  13. Indian Archaeology, 1994-1995 — 100, Plate XLVI-bet. 

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]