Vasiliy Kan
Vasiliy Aleksandrovich Kan | |
---|---|
Tavalludi |
1960-yil 13-dekabr |
Vafoti |
2020-yil 21-mart Sankt-Peterburg |
Janrlar | klassik musiqa |
Fuqaroligi | SSSR, Rossiya |
Vasiliy Aleksandrovich Kan (1960-yil 13-dekabr, Toshkent viloyati – 2020-yil 21-mart, Sankt-Peterburg) – sovet va rus karnaychisi, dirijyor va musiqa oʻqituvchisi, Marinskiy teatri simfonik orkestri solisti va dirijyori, Janubiy Koreya radioeshittirishlar orkestri solisti. Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Kan Rimskiy-Korsakov nomidagi Leningrad viloyati maxsus bolalar musiqa taʼlimi uyida Aleksey Petrovich Mitronov sinfida tahsil olgan va u yerni 1977-yilda bitirgan. 1983-yilda Leningrad konservatoriyasini professor Yuriy Bolshiyanov sinfida trubachi sifatida tamomlagan. 1981-yilda Kan Mariinskiy teatr orkestrining solisti boʻlgan. 1984-yildan Mussorgskiy nomidagi musiqa maktabida dars bergan. 1986-yildan 1992-yilgacha Vladimir Spivakov va uning Moskva virtuozi orkestri bilan hamkorlik qilgan. U koʻplab musiqiy konsertlarda qatnashib, u yerda Bax, Handel, Pursel va Skarlatti kabi barokko bastakorlarining asarlarini pikkolo truba va ushbu asbobning boshqa turlarida muvaffaqiyatli ijro etgan. Vasiliy Kanga 1996-yilda Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni berilgan[1].
Vasiliy Kan 1997-yildan 2006-yilgacha Janubiy Koreya radioeshittirish simfonik orkestrida ishlagan. Shu bilan birga, u Gnessin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasida Vladimir Zinovyev sinfida dirijyorlikdan tahsil olgan. Vasiliy Kan birinchi marta 2005-yilda Ulyanovsk filarmonik orkestri bilan dirijyor sifatida chiqish qilgan. U Evald guruhi tarkibida konsert namoyishlarida qatnashgan[2][3].
Vasiliy Kan Marinskiy teatrining truba solisti va dirijyori boʻlgan. Uning dirijyorlik repertuarida „La Silfid“, „Don Kixot“ va „Nazokatli“ baletlari bor.
Vasiliy Kan 2020-yilning 21-mart sanasidada Sankt-Peterburg shahrida vafot etgan[4].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vasiliy Kan II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni va Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Указ президента РФ от 22.10.1996 № 755“. 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ „Васнин П.А. Брасс-квинтет в контексте ансамблевого исполнительства на медных духовых инструментах, стр. 66“. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-may.
- ↑ „Васнин Петр Алексеевич. Брасс-квинтет в контексте ансамблевого исполнительства на медных духовых инструментах“. 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
- ↑ „Скончался заслуженный артист России, дирижёр Василий Кан“. 2020-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-mart.
- ↑ „Указ президента Российской Федерации от 22.10.1996 № 755“. 2017-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 25.01.2017 г. № 34“. 2023-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.